Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Birlashtirish andozasi almashtirildi
Qator 41:
Boshqa masalalar boʻyicha qarorlar, odatdagidek, koʻpchilik ovoz bilan qabul etilaveradi. Keyingi yillarda Assambleya qarorlari rasmiy ovoz berish yoʻli bilan emas, balki, konsesus asosida qabul etilishi uchun maxsus saʼy-harakatlar olib borilmoqda. 1999/2000 yilgi sessiyalarda yadroviy qurolsizlanish, taraqqiyot, atrof muhitni muhofaza etish va yangicha demokratiyani mustahkamlash singari kun tartibidagi turli-tuman 173 masala koʻrib chiqilishi kerak edi. Oʻz qarorlari gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlsa ham, ular jahon jamoatchiligi fikrlarini ifodalasa va xalqaro jamoatchilikning axloqiy talabi hisoblansa ham Assambleya oʻz qarorlarini majburan qabul qildirmaydi.
 
Assambleyaning har yilgi navbatdagi sessiyasi sentabrdan dekabrga qadar boʻlgan muddat davomida oʻtkaziladi. Assambleya zarurat tugʻilganda oʻz ishini qayta chaqirilgan sessiyada davom ettirishi yoki jiddiy tashvish tugʻdirgan masalalar boʻyicha maxsus yoki favqulodda sessiyalar oʻtkazishi mumkin. Assambleyalar orasidagi muddat davomida uning ishlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining oltita bosh qoʻmitalarida, boshqa organlarida va Kotibiyatda davom etadi. bosh assambleya
 
=== Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash ===