Dushanbe: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ko'rimsiz tasvirlar
Qator 62:
 
== Geografiyasi ==
[[File:Зима в Душанбе.jpg|thumb|left|183px|Dushnabe shahrida qish fasli. Negmat qoraboyev koʻchasi]]
[[File:Проспект Рудаки. Душанбе. 2008.jpg|thumb|left|183px|Dushnabe shahrida yoz fasli. Rudakiy prospekti]]
Dushanbe [[Hisor vodiysi]]da, [[Varzob]] daryosining dengiz sathidan 750-930 metr balandlikdagi keng [[terrasa]]larida joylashgan. Dushanbeni Varzob daryosi shimoldan janubga, [[Kofarnihon]] daryosi sharqdan gʻarbga kesib oʻtgan. Dushanbening [[iqlim]]i kontinental. Yanvarning oʻrtacha hararoti −0,6-9 °C, iyulniki 19.4-35.6 °C. Dushanbeda yiliga 625-630 mm yogʻin yogʻadi.
 
Qator 83 ⟶ 81:
 
== Madaniyati ==
Keyingi yillarda Dushanbeda koʻplab chiroyli maʼmuriy, oʻquv, madaniy va maishiy binolar (Hukumat uyi, Majlisi Oliy, Sadriddin Ayniy nomidagi opera va balet teatri, Firdavsiy nomidagi respublika millim kutubxonasi, „Tojikkonsert“, Borbad nomidagi kinokonsert zali, „Dushanba“, „Tojikiston“ mehmonxonalari, Tojikiston davlat milliy universiteti, aerovokzal, „Rohat“, „Saodat“ choyxonalari, „Sadbarg“ maishiy xizmat uyi, Kasaba uyushmalari Saroyi, yozuvchilar uyi) va koʻp qavatli turar joy binolari qurilgan.
 
Dushanbeda yetti [[teatr]] (Sadriddin Ayniy nomli Akademik opera va balet teatri, A. Lohutiy nomli Tojikiston akademik drama teatri va boshqalar), [[filarmoniya]], [[sirk]], bir necha kinoteatr, „Tojikfilm“ kinostudiyasi, Firdavsiy nomli Milliy kutubxona, fanlar akdemiyasining Markaziy ilmiy kutubxonasi, A. Lohutiy nomli shahar Markaziy kutubxonasi, qariyb 180 jamoat kutubxonasi, 7 muzey, Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi, [[radio]], telemarkaz, respublika [[telegraf]] agentligi va boshqalar bor.

Dushanbeda poligrafiya kombinati, „Irfon“, „Adib“, „Maorif“, „Donish“, „Sharqi ozod“ nashriyotlari, Tojikiston ensiklopediyasi Bosh ilmiy tahririyati mavjud. Oʻttizga yaqin nomda [[tojik tili|tojik]], [[oʻzbek tili|oʻzbek]], [[rus tili|rus]], [[ingliz tili|ingliz]] va boshqa tillarda [[gazeta]], oʻndan oshiq nomda [[jurnal]] nashr etiladi.

Shaharda 27 [[kasalxona]], 60 vrachlik ambulatoriya-poliklinika muassasasi (shu jumladan 10 ta maxsus dispanser), 8 sanitariya-epidemiologiya stansiyasi, 5 [[stadion]], sport saroyi, 7 suzish havzasi mavjud. Dushanbe atrofidagi ([[Hisor-olay togʻlari|Hisor]] togʻlarining janubiy yon bagʻirlarida) manzarali togʻ daralarida dam olish uylari va sanatoriylar bor.
 
Shaharda Vaxdat, Gʻalaba, maydonlari, Ayniy nomidagi bogʻ bor. Tojik mumtoz adabiyoti aseoschisi [[Abu Abdullo Rudakiy]]ga, [[Abu Ali ibn Sino]] va [[Sadriddin Ayniy]]ga haykal oʻrnatilgan, Ayniy va [[Mirzo Tursunzoda]]ga maqbara barpo qilingan. Dushanbeda yana botanika bogʻi, [[mineralogiya]] [[muzeyi]] va boshqalar bor.
 
== Hududiy boʻlinishi ==
[[File:Административное деление Душанбе.png|thumb|150px120px|Dushanbe shahrining hududiy boʻlinishi]]
[[2013-yil]] 18-iyulda Dushnabe shahrining maydonini uch baravarga kattalashtirish qarori qabul qilindi<ref>[http://www.riarealty.ru/news/20130718/400919364.html Территория столицы Таджикистана расширится втрое за счет прилегающих районов]</ref>.