Sulukta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Imlo
Qator 60:
'''Sulukta''' ({{lang-ky|Сүлүктү}}; {{lang-ru|Сулюкта}}) — [[Qirgʻiziston]]ning [[Botken viloyati]] gʻarbiy chekkasida joylashgan [[shahar]]. Sulukta [[Fargʻona vodiysi]]ning gʻarbiy chekkasida, uch tomondan [[Tojikiston]] bilan chegaradosh hudud ichida joylashgan.
 
„Sulukta“ soʻzi „[[zuluk]]“ degan [[Turkiy tillar|turkiy]] soʻzdan kelib chiqqan degan fikr mavjud. Bu qarashga koʻra, Sulukta suvlarida zuluk koʻp boʻlgan, shuning uchun Sulukta haqida „bu joyning suvi zulukli“ deb yuritilgan va shu asnoda „sulukta“ soʻzi kelib chiqqan. Sulukta [[Oʻrta Osiyo]]ning [[koʻmir]] qazib chiqariladigan eng qadimgi markazlaridan biridir. Suluktada birinchi idustrialindustrial [[koʻmir koni]] 1868-yilda ochilgan. 1940-yil Suluktaga shahar maqomi berilgan. Suluktada Qirgʻizstonda birinchi boʻlib [[Sovet Ittifoqi|Sovet]] hokimiyati oʻrnatilgan.
 
Sulukta viloyatga boʻysunuvchi shahardir. Yaʼni, shahar hech bir tumanga kirmaydi. Qoʻshbuloq (eski nomi VostochnyiVostochniy) shahar tipidagi posyelkasi va Kolso qishloqlari ham Sulukta shahar boshqarmasiga qaraydi. 2009-yilgi aholi sanogʻiga koʻra, Suluktaning aholisi oʻsha yili 13 378 kishi, Sulukta va unga qarashli qishloqlarning umumiy aholisi boʻlsa 20 725 kishi boʻlgan.
 
Suluktada Sovet Ittifoqi davrida koʻpgina yirik koʻmir konlari, [[zavod]] va [[fabrika]]lar faoliyat yuritgan. Ittifoq parchalanganidan keyin zavod va fabrikalarning koʻpchiligi yopildi. Bunga texnika va mutaxassislar yetishmovchiligikamayishi, samarasiz boshqarish hamda daromad ozligi sabab boʻldi. Bir paytlar muhim industrial markaz boʻlgan Sulukta hozirgi kunda tashqaridan qarovsiz qolgan shaharga oʻxshaydi.
 
== Tarixi ==
Sulukta Oʻrta Osiyoning koʻmir qazib chiqariladigan eng qadimgi markazlaridan biridir. Suluktada birinchi industrial koʻmir koni 1868-yilda ochilgan. 1940-yil Suluktaga shahar maqomi berilgan. Suluktada Qirgʻizstonda birinchi boʻlib Sovet hokimiyati oʻrnatilgan.
 
Sovet davrida Sulukta muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shaharda [[goʻsht]] kombinati, [[yogʻ]], [[gʻisht]] zavodlari, [[tikuvchilik sanoati]] korxonalari boʻlgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Suluktada istiqomat qilayotgan [[ruslar]] va [[tatarlar]]ning aksari shaharni tark etishdi. Ketganlar orasida yetuk mutaxassislar koʻp boʻlgan. 1990-yillarda mutaxassis ozligi, sovet davrida mavjud boʻlgan savdo tarmoqlarining yoʻq boʻlishi, texnikaningtexnika eskirishi va boshqaruvdagi muammolar sabab Suluktadagi deyarli barcha zavod-fabrikalar yopildi.
 
== Geografiyasi ==
Qator 147:
Suluktada koʻp millat vakillari yashaydi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, [[qirgʻizlar]] eng katta etnik guruhdir. 2009-yilgi aholi sanogʻiga koʻra, Sulukta va unga qarashli qishloqlarda aholining etnik tarkibi quyidagichadir: 73.2 % qirgʻiz, 19.5 % oʻzbek, 3.6 % [[tatarlar|tatar]], 2.6 % [[ruslar|russ]], 0.7 % [[tojiklar|tojik]] va qolgan 0.4 % i boshqa millat vakillaridir.<ref name="2009 census"/>
 
Sulukta aholisi asosan [[Islom]] diniga sigʻinadi. Dindorlar islom dinining [[Ahl as-Sunna val-Jamoa|sunna]] mazhabida. Suluktada oʻn besh [[masjid]], bir pravoslav [[cherkov]]i bor.
 
2009-yilgi aholi sanogʻiga koʻra, Sulukta va unga qarashli qishloqlarning aholsi quyidagichadir:<ref name="2009 census"/>
 
{| class="wikitable sortable"
Qator 159:
|align="center"|13 378
|-
|Qoʻshbuloq <br/> (eski nomi VostochnyiVostochniy)
|align="center"|6 632
|-
Qator 205:
|quote=
|ref=
}}</ref> Sulukta koʻmir konining geologik tuzilishi 1903-yildan boshlab oʻrganilgan. Sovet [[Geologiya|geologlariga]] koʻra, Suluktada [[paleozoy]], [[mezozoy]] va [[kaynazoy]] eralarida hosil boʻlgan yotqiziqlar mavjud.
 
Asosiy koʻmirli qatlamlarning umumiy qalinligi 35-120 mmetr. Baʼzi yerlarda 600-750 mmetr chuqurlikda sanoat ahamiyatiga ega koʻmir qatlamlari bor. Asosiy koʻmir olinadigan qatlamning uzunligi 22 kmkilometr, qalinligi 0,1-18,0 m gametrga yetadi.<ref name="OʻzSE"/>
 
Sulukta koʻmir konida asosan [[qoʻngʻir koʻmir]] bor. Bu koʻmir [[Petrografiya|petrografik]] jihatdan ''fuzen-ksilen'' va ''klaren'' koʻmir turlariga mansub. Suluktada koʻmir ochiq va [[shaxta]] usulida qazib olinadi. Hozirgi kunda Sovet davrida faoliyat yuritgan yirik shaxtalardavlat shaxtalari oʻrnini xususiy shaxtalar egallagan.
 
== Hukumati ==
Suluktada [[mer]] va shahar [[kengash]]i shaharni boshqaradi. Mer ochiq saylovlarda saylanadi. Shahar Kengashida 19 aʼzo bor. Qoʻshbuloq (eski nomi Vostochniy) shahar tipidagi posyelkasi va Kolso qishloqlari ham Sulukta shahar boshqarmasiga qaraydi. Suluktaning hozirgi meri Abduzakir Ibragimovdir.
 
Sulukta viloyat miqyosidagi shahardir. Yaʼni, shahar toʻgʻridan-toʻgʻri [[Botken Viloyati]] qaramogʻidqaramogʻida boʻlib, hech bir tumanga kirmaydi. Koʻp millatli boshqa Qirgʻiziston aholi punktlaridagidek Suluktada ham deyarli barcha davlat ishlarida qirgʻiz millatiga mansub kishilar ishlaydi.<ref>{{Cite news|title=Uzbeks of Kyrgyzstan complain of discrimination and corruption |url=http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1138598280|accessdate=12 November 2013|newspaper=Eurasianet|date=30 January 2006|language=Russian}}</ref> Hukumat ishchilari orasida boshqa millat vakillari juda ham oz.
 
== Taʼlimi ==
=== Maktablar ===
Suluktada bir qancha taʼlim mahkamalarimahkamasi bor. Shaharda toʻqqizta oʻrta [[maktab]] bor. Bulardan biri texnik [[litsey]], yana bitibiri maktab-[[gimnaziya]]dir.
 
Maktablarda darslar [[qirgʻiz tili|qirgʻiz]], [[oʻzbek tili|oʻzbek]] va [[rus tili|rus]] tillarida olib boriladi. Barcha oʻquvchilar qirgʻiz va rus tillarini oʻrganishadi. Bu ikki til Qirgʻizistonda rasmiy tildir. Maktablarda yana [[ingliz tili]] chet tili sifatida oʻqitiladi, ammo ingliz tili oʻqitish darajasining sifati yuqori emas. Umuman olganda Suluktada oʻzbek sinflardagi oʻquvchilar toʻrt, qirgʻiz sinflardagi oʻquvchilar uch tilni oʻrganishadi.
 
=== Kollej va litseyllar ===
Suluktada bir necha [[oliy oʻquv yurti]] bor. Sulukta Gumanitar-Iqtisodiy Instituti yoki SGII ({{lang-ru|Сулюктинский гуманитарно-экономический институт, СГЭИ}}) shahardagi eng yirik oʻliyoliy oʻquv mahkamasidir.<ref>{{cite web|title=Official Website|url=http://sgeibatgu.kg/|publisher=Sulukta Institute of Humanities and Economics|accessdate=13 November 2013|language=Russian}}</ref> Bu institut Botken Davlat Universitetiga yoki BatDU ga ({{lang-ru|Баткенский Государственный Университет, БатГУ}}) qaraydi. Bundan tashqari, Suluktada BatDU ning Muhandislik va Iqtisod Markazi ({{lang-ru|Сулюктинский инженерно-экономический центр Баткенского Государственного Университета}}) hamda Pedagogik Bilim Yurti ({{lang-ru|Сулюктинское педагогическое училище Баткенского Государственного Университета}}) ham bor.
 
Suluktada yana № 73-kasb-hunar litseyi bor. Litsey [[Tikuvchilik|tikuvchilarni]], [[Duradgorlik|duradgorlarni]], [[elektr toki]] ishchilarini va [[Haydovchilik|haydovchilarni]] tayyorlaydi.
 
== Madaniyati ==
Suluktada ikki [[kutubxona]] bor: umumiy kutubxona va bollar kutubxonasi. Bu kutubxonalarning ikkisi ham davlatga qarashlidir. Bolalar kutubxonasining ikki filiali bor. Biri shaharning oʻzida, ikkinchisidaikkinchisi Qoʻshbuloq shahar tipidagi posyelkasida joylashgan. Umumiy kutubxonada 55 138 ta, bollar kutubxonasida boʻlsa jami 88 016 ta nusxa bor.<ref name="AMKR">{{cite web|first=|title=City Profile: Isfana|url=http://www.citykr.kg/en/sylykta.php|work=The Association of Municipalities of the Kyrgyz Republic|accessdate=12 November 2013}}</ref>
 
Suluktada 1936-yil ochilgan bollar [[musiqa maktabi]] ham bor. U yerda oʻquvchilar qoʻshiq kuylashni, raqsga tushishni va turli xil [[musiqa asbobi|musiqa asboblarini]] chalishni oʻrganishadi. Qoʻshbuloq qishlogʻida musiqa maktabining filiali faoliyat koʻrsatadi.
 
Suluktada faqat bitta [[park]] bor. Park yaqinida 5 000 gachatagacha tomoshabin sigʻadigan futbol stadioni mavjud. Suluktada yana madaniyat uyi faoliyat koʻrsatadi. Madaniyat uyining hozirgi binosi 1932-yil qurilgan.
 
Shahardan 35 km masofada Beles togʻ massivining tabiiy chegarasida „Togʻ Burguti“ [[bollarbolalar lageri]] bor. Lager 1965-yil qurilgan. 2004-yil qayta taʼmirlangan. Lager bir potokda 500 bolaga xizmat koʻrsata oladi.
 
== Transporti ==