Arthur Schopenhauer: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 78 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q38193 (translate me)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 14:
| mashhur_fikrlari = [[Iroda (falsafa)|Iroda]], [[pessimizm]]
}}
'''Arthur Schopenhauer''' ({{uzb-kirill|Артур Шопенгауэр}}; [[22 fevral]], [[1788]] – [[21 sentabr]], [[1860]]) [[Olmoniya|olmon]] [[faylasuf]]i boʻlgan. Falsafiy [[pessimizm]] asoschisi hisoblanadi. [[Gyottingen]] universitetida [[tabiatshunoslik]] va falsafani oʻrgangan. [[Berlin]] universitetida privatdotsent (1820—31). Schopenhauer oʻzini Gaitning shogirdi, izdoshi hisoblagan. Ayni paytda falsafiy qarashlari noratsional tafakkur tarziga moyil. Schopenhauer nazdida [[olam]] ixtiyor va tasavvur sifatida namoyon boʻladi. [[Ixtiyor]] — mutlaq [[ibtido]], butun mavjudlikning asosi, narsa oʻzida; [[tasavvur]] — voqelik, his etish, tafakkur, hayolot, nihoyat, butun olamning oʻzi; uni subʼyekt hissiy aʼzolari va ongi bilan koʻz oʻngida gavdalantirishi mumkin. "Olam — mening tasavvurim", deydi u; inson koʻz ochishi bilan duch kelgan hidlaru ranglarga, tovushlaru sukunatga, issigʻu sovuqqa toʻla olam faqat tasavvurdan iborat. Ixtiyor tasavvurga oʻxshamaydi, u sirli, hali kashf etilmagan, ehtimol, umuman kashf etib boʻlmaydigan narsa. U makon va zamonda yashaydigan mavjudotlarning paydo boʻlishini taʼminlaydigan kuch, lekin oʻzi makon va zamonga boʻysunmaydi. Inson eng avvalo, ixtiyor etguvchi, istaguvchi, hirs qoʻyguvchi va shundan keyingina bilguvchi, fikrlovchi mavjudot. Insonning yashashga boʻlgan ixtiyori, istagi gʻoyatda kuchli, u yashash istagida yangidanyangi ixtiyor iskanjasiga tushaveradi. Ixtiyor changalidan qutulish uchun odam barcha xohishistaklardan yuz oʻgirmogʻi kerak. Shunda u haqiqiy xotirjamlikka, istaksiz umrga erishadi. Buni Schopenhauer [[budda dini]] bilan bogʻliq holda izohlaydi. Bu dinning baʼzi gʻoyalarini Schopenhauer Gʻarb uchun boʻlajak model sifatida olib qaraydi. Chunonchi [[nirvana]]ga yetishish gʻoyasiga ixtiyor va tasavvurlar nuqtai nazaridan yondashadi. Schopenhauer olamni [[Budda]] kabi [[Tush|roʻyo]] deb biladi. Schopenhauer fikricha, insondagi xudbinlikni ijtimoiy tuzilmalarning oʻzi yenga olmaydi, bu illatdan sanʼat yordamida qutulish mumkin. Schopenhauer shafqat hissini axloqning asosi deb biladi. Schopenhauer gʻoyalari 20-asr falsafasidagi turli oqimlar — hayot falsafasi, [[psixoanaliz]], [[intuitivizm]] va boshqalarga asos boʻldi. Asosiy asarlari: "Olam — ixtiyor va tasavvur sifatida" (1819—44), "Axloqshunoslikning ikki asosiy muammosi" (1837—39), "Hayot maktabining hikmatlari" (1851).
'''Arthur Schopenhauer''' ([[22 fevral]], [[1788]] – [[21 sentabr]], [[1860]]) [[Olmoniya|olmon]] [[faylasuf]]i boʻlgan. Falsafiy [[pessimizm]] asoschisi hisoblanadi.
 
==Adabiyotlar==
* Abdulla Sher. [[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi]].
== Havolalar ==
* [http://en.wikisource.org/wiki/Author:Arthur_Schopenhauer Schopenhauer asarlari] {{ref-en}}