Tabiat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 7:
T. obʼyekti fazo va vaqtda mavjud modda, materiyadir. Ular cheksiz maʼlum narsalarning (elementar zarralar, antizarralar, qum, tosh, tuproq, suv, havo, jonsiz va jonli mavjudot, planetalar, yulduzlar, galaktikalar va b. samoviy jismlar, fizik maydonlar) majmuidan iboratdir. Bir vaqtlar (fanning soʻnggi maʼlumotlari boʻyicha bundan 20 mlrd. yil avval) bu jismlar boshqa koʻrinishda boʻlgan. Boʻlajak mlrd. yillarda u yana oʻzgarib boradi. T. odamning , jamiyatning vatani. Odamning hayoti T.ning , biosferaning uygʻun sharoitiga bogʻliq. Bu sharoit salbiy tomonga oʻzgartirilsa, odamning normal yashashiga putur yetkaziladi, ekologik muammolar paydo boʻladi. Ilmiy-texnika yutuqlaridan notoʻgʻri foydalanish — biosferaning buzilishiga olib keladi. Binobarin T.ni puxta bilib, undan samarali foydalanish, unga toʻgʻri va oqilona munosabatda boʻlish lozim (q. [[Tabiatni muhofaza qilish]]). Insonning T.ga bunday munosabatda boʻlishida fan asosiy omil boʻlib kelmoqda. Yer va koinotda insonning faoliyati faollashmoqda. Koinotning uzoquzoq joylari (mas., metagalaktikalari)da ,t yuz berayotgan hodisalarni kengroq va chuqurroq bilish T. haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi. Omonulpa Fayzullayev.
 
== Shuningdek qarang ==
* [[Ekologiya]]