Yaponiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Yaponiya''' (yaponcha Nippon, NixonNihon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim.sharqdan jan.gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu. Shim.dan Oxota dengizi, sharq va jan.sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. 377,8 ming km2. Aholisi 127,8 mln. kishi (2004). Poytaxti — Tokio shahri Ya. maʼmuriy jihatdan 47 prefekturaga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. Ya. — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1947 yil 3 mayda kuchga kirgan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — imperator (1989 yildan AkixitoAkihito). Konstitutsiyaning 1-moddasiga koʻra, u "davlat va xalq birligi ramzi"dir. Imperator oilasining er aʼzolari imperatorlik taxti uchun merosxoʻr hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq, imperator mustaqil hokimiyatga ega emas. Imperatorning davlat ishlariga aloqador boʻlgan har qanday faoliyati Vazirlar mahkamasi maslahati va maʼqullashi bilan amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyatni 2 palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya hokimiyatni Bosh vazir boshchiligidagi hukumat (Vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi.
 
Tabiati. Ya. moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirgʻoq chizigʻining umumiy uz. 30 ming km ga yaqin. Honshu o.ning jan. sohili, Sekoku va Kyushu o.larining qirgʻoqlarida qoʻltiq koʻp; bu yerda murakkab qirgʻoq chizigʻiga ega boʻlgan Ichki Yapon dengizi joylashgan. Ryukyuning jan. orollari marjon riflari bilan oʻralgan.
 
YA. hududining 3/4 qismi qir va togʻlardan iborat; pasttekisliklar sohil boʻylab ayrimayrim joylashgan. Hokkaydo o.dagi tizmalarning baʼzi choʻqqilari 2000 m dan oshadi (AsaxiAsahi choʻqqisi — 2290 m). Honshu o.ning shim. qismida 3 ta boʻylama togʻ tizmalari boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan boʻlingan; orolda bir qancha vulkan, jumladan, Ya.dagi eng baland vulkan — FudziyamaFujiyama (bal. 3776 m) qad koʻtargan. Honshu o.ning markaziy qismidagi tizmalarning choʻqqilari alp selyefli va yilning koʻp qismida qor bilan qoplanib turadi. Sekoku o.ning eng baland joyi 1981 m (Isidzuti choʻqqisi), Kyushu o.niki 1788 m (Kuzyu vulkani). Ya. hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855, 1891, 1897, 1923, 1995 yillarda falokatli zilzilalar boʻlgan). Ya.dagi 150 vulkandan 40 tachasi soʻnmagan. Vulkanli r-nlarda mineral va termal buloklar koʻp. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor. Foydali qazilmalardan koʻmir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganets, qoʻrgʻoshinrux, mis rudalari neft, xromit, oltin, kumush, pirit, kaolin, talk va simob konlari mavjud.
 
Iqlimi mussonli, shim.da moʻʼtadil, jan.da subtropik, Ryukyu o.larida asosan tropik ikdim. Hokkaydo o.da, Sapporoda yanv.ning oʻrtacha t-rasi —5°, iyulniki 22°, Okinavada yanv.ning oʻrtacha t-rasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qishki musson Ya. hududiga sovuq havo olib keladi va koʻp yogʻin keltiradi. Yiliga 30 martagacha tayfun boʻladi; bu vaqtda kuchli shamol esib, jala quyadi, oʻrtacha yillik yogʻin 1800 mm; Hokkaydo o.ning sharqida yillik yogʻin 800—1200 mm, Sekoku va Kyushu o.larida 3000 mm, baʼzi joylarda 4000 mm gacha.
Qator 18:
YA.da sut emizuvchi hayvonlarning 132 turi, qushlarning 490 turi, sudralib yuruvchilarning 110 turi mavjud. Ya. qirgʻoqlariga tutash dengiz suvlarida baliqlarning 3000 ga yaqin turi, mollyuskalarning 1200 dan ortiq turi yashaydi.
 
Aholisining 99% dan koʻpi yaponlar. XokkaydoHokkaydo o.da mamlakatning eng qadimiy aholisi — aynlar (50 ming kishi atrofida) saqlanib qolgan. Shuningdek, koreys, xitoy va boshqalar yashaydi. Rasmiy til — yapon tili. Asosiy dinlari — sintoizm va buddizm; konfutsiylik va daosizm aqidalari katta taʼsirga ega. Xristianlik, islom va hinduizmga eʼtiqod qiluvchilar ham mavjud. Xristianlik 16-asr oʻrtalaridan, islom 19-asr oxiridan kirib borgan; xristianlar 1,5 mln.ga yaqin, musulmonlar 100 ming kishi chamasida. 1935 yil Tokio va Kobe shahrilarida dastlabki masjidlar qurilgan. 1956 yildan Ya. musulmonlar uyushmasi va 1966 yildan Ya. islom markazi mavjud. Aholining 77% shaharlarda yashaydi (2002). Yirik shaharlari: Tokio, Yokohama, Osaka, Nagoya, Sapporo, Kobe, Kioto.
 
Tarixi. Ya. hududida qadimiy odam izlari paleolit davriga oid. Taxm. mil. av. 8000—300 yillarda neolit davri madaniyati — dzyomon (idishlarga bitilgan ipsimon naqshlarga qarab nomlangan) mavjud boʻlgan. Oʻsha davr moddiy yodgorliklarini oʻrganish Ya.ning qadimiy aholisi, asosan, Janubiy Sharqiy Osiyodan kirib borganini koʻrsatadi. Mil.av. 2-ming yillik mobaynida jan. moʻgʻul tipidagi qabilalar kelgan. Mil.av. 1 ming yillik arafasida Ya.da asosiy qismini aynlar tashkil etgan etnik aholi tarkib topdi. Mil.
Qator 54:
Tibbiy xizmati. Aholi salomatligining koʻrsatkichlari boʻyicha Ya. jahonda yetakchi oʻrinda turadi. 2001 yil 1,85 mln. oʻrinli 167,5 ming shifoxona va poliklinika boʻlgan (har 100 ming aholiga 1458 oʻrin). Ya.da 255,7 ming vrach, 90,8 ming tish vrachi, 217,4 ming farmatsevt faoliyat olib boradi. Har 100 ming kishiga 201,5 vrach toʻgʻri keladi. Ya.da oʻz issiq suv manbalariga ega boʻlgan 3023 kurort bor.
 
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Ya.da maorif tizimi Maorif, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muvofiklashtirib turiladi. Maktabgacha tarbiya bolalar bogʻchalarida (8389 xususiy bogʻchada 1,4 mln., 5785 davlat bogʻchasida 367,8 ming tarbiyalanuvchi) amalga oshiriladi. 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻqish majburiy va bepul. Taʼlimning birinchi bosqichi 6 yillik boshlangʻich maktab (2003 yil 23,6 ming maktabda 7,2 mln. oʻquvchi). Ikkinchi bosqich 3 yilliq kichik oʻrta maktab (2003 yil 11,1 ming maktabda 3,74 mln. oʻquvchi). 16—18 yoshli bolalar 3 yillik katta oʻrta maktab (2003 yil 5,4 ming maktabda 3,8 mln. oʻquvchi)da taʼlim oladi. Oliy taʼlim unt, professional kollej va texnika intlaridan iborat. 2004 yil mamlakatdagi 709 untda 2,8 mln. talaba oʻqidi, 84,2 ming oʻqituvchi ishladi. Untlarning 542 tasi xususiy. Yirik untlari: Tokio universiteti, Kioto universiteti, Osaka un-ti (1886 yil tashkil etilgan) va boshqalar Ya.da ilmiy tekshirish ishlariga yiliga qariyb 100 mlrd. AQSH dollari hajmida mablagʻ sarflanadi va bunda xususiy sektor yetakchi mavqega ega. I.t. sohasida 756,3 ming kishi band. Ulardan 430,6 ming kishi i.t.larni xususiy kompaniyalar, 280,7 ming kishi untlar, 44,9 ming kishi ijtimoiy tashkilotlarda olib boradilar. Yirik ilmiy tekshirish institutlari: aviakosmik texnika, metallar, elektronika boʻyicha kompleks tadqiqotlar, kosmos va astronavtika, elektr energetikasi, avtomobilsozlik, ixtiro va yangiliklar, Nomura kompleks, Mitsubisi kompleks intlari. Ya.da 2711 ommaviy kutubxona, 3599 muzey, 79 hayvonot bogʻi, 79 akvarium, 90 botanika bogʻi bor. Yirik kutubxonalari: Milliy parlament kutubxonasi (7,9 mln. asar), Tokio un-ti kutubxonasi. Yirik muzeylari: Tokiodagi milliy muzey(1871 yil tashkil etilgan), Milliy ilmiy muzey, Imperator saroyi, Kiotodagi milliy muzey (1889) va Milliy hoz. zamon sanʼat muzeyi (1963), Nagoyadagi Tokugava badiiy muzeyi va boshqalarMatbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ya.da 70,8 mln. nusxada 166 milliy va mahalliy kundalik gaz. chiqadi. Yiriklari: "Iomiuri" ("Reportyor", 1874 yildan) "Asaxi" ("Chiqayotgan quyosh", 1879 yildan), "Mayniti" ("Kundalik gazeta", 1872 yildan), "Nixon keydzay simbun" ("Yaponiya iqtisodiy gazetasi", 1876 yildan), "Sankey simbun" ("Sanoatiqtisodiy gazetasi", 1950 yildan). Shuningdek, 4178 oylik va haftalik jur., byulleten chiqadi. Yiriklari: "Bungey syudzyu" ("Adabiybadiiy almanax", 1923 yildan), "Dziyu minsyu" ("Liberaldemokratiya", 1955 yildan), "Kurasi to seydziseyji" ("Hayot va siyosat"), "Sekay" ("Koinot", 1946 yildan), "Tyuo koron" ("Markaziy sharh", 1886 yildan), "Ekonomisuto" ("Iqtisodchi", 1923 yildan), "Bunka xyoron" ("Madaniy sharh"), "Gekkan syakayto" ("Sotsialdemokratik partiya oynomasi", 1957 yildan). Umummilliy axborot agentliklari: Kiodo Susin (1945 yildan) va Jiji Sushin (1945 yildan). Radioeshittirish 1925 yildan va telekoʻrsatuvlar 1953 yildan olib boriladi. Ya. radiotelevideniye korporatsiyasi yarim hukumat tashkiloti hisoblanadi. 1925 yil tashkil etilgan. 222 xususiy aʼzoni birlashtirgan Tijorat eshittirishlar milliy assotsiatsiyasi 6900 teleradiostyani boshqaradi (1996).
 
Adabiyoti qadimdan mavjud boʻlgan xalq ogʻzaki ijodi (qoʻshiq, afsona va boshqalar) zaminida vujudga kelgan. Afsona, ertak, tarixiy rivoyat va qoʻshiqlardan iborat "Kojiki" ("Qadimgi hodisalar yilnomasi", sintoizmning muqaddas kitobi hisoblanadi) toʻplami ilk marta 712 yilda tuzilgan. Bu asar yapon tilida bitilgan birinchi manba hisoblanadi. 759 yil 4516 folklor va 500 ga yaqin muallifning asarlaridan iborat yapon sheʼriyati antologiyasi — "Manʼyosyu" ("Koʻp asrlik qoʻshiqlar toʻplami") yaratildi. 9-asrning oʻrtalarida birinchi adabiy nasriy asar — "Taketorimonogatari" yaratiddi. 10-asr oxiri — 11 a. boshlarida adiba Murasaki Sekibu (978—1016) yaratgan "Gendzimonogatari" ("Shahzoda Gendzi haqida qissa") asari Ya. mumtoz adabiyotining choʻqqisi boʻldi. 12—16-asrlarda harbiy epopeyalar yaratildi, badiiy kundaliklar keng tarqaldi, sheʼriyat antologiyalari tuzildi. 14— 15-asrlar xalq ijodiyoti va Budda rivoyatlari asosida bir .pardali dramalar (niqob teatrlari uchun) yozildi. 16-asrdan shahar adabiyoti paydo boʻldi. Hunarmandlar, savdo ahliga mansub shoirlarning toʻplamlari tuzildi. 17—19-asrning 60-y.larida adabiyotda demokratik gʻoyalar avj oldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida yirik dramaturg Takamatsu Mondzaemon samarali ijod qildi. Matsuo Basyo (17-asr), Kobayasi Issa (18-asr oxiri — 19-asr boshi) sheʼriyatning xokku janrida asarlar yaratdilar. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida nasr yanada yuksaldi. 19-asrning oʻrtalaridan yapon adabiyotida sentimental roman janri vujudga keldi, yevropalik mualliflarning asarlari tarjima qilina boshlandi. Simey Ftabatey (1864—1909) "Suzuvchi bulutlar" romani bilan yapon adabiyotida tanqidiy realizmga asos soldi. Roka Tokutomi, Soseki Natsume va boshqalarning asarlarida ham tanqidiy realizm gʻoyalari oʻz aksini topdi. 20-asrning boshlaridan sheʼriyatda Yevropa sheʼriyatining taʼsiri va romantik gʻoyalar koʻzga tashlandi. Realist yozuvchilar asarlarida ijtimoiy tanqid asosiy oʻrin oldi. E.Zolya ijodi taʼsirida naturalizm uchun kurash harakati boshlandi. 1930—40 yillar adabiyotida "muqaddas urush"ni yoqlovchi apologetik gʻoya hukmron boʻddi. 2-jahon urushidan keyingi davrda bir qancha yapon yozuvchilari oʻz asarlarida "barqaror qadriyatlarni" izlash maqsadida milliy adabiyotning koʻp asrlik anʼanalariga murojaat qildilar. Dzyunʼitiro Tanidzakining "Mayda qor" (1943—48), Yasunari Kavabataning "Mingta turna" (1951), "Eski poytaxt" (1961—62) romanlari shu toifadagi asarlar boʻlib, ularda kuchli ichki lirizm va goʻzallikning mumtoz talqini aks etdi. Shu bilan birga 1967 yil Yukio Misimaning goʻyoki yapon madaniyatiga xos boʻlgan jangovarlik anʼanalarni tiklashga chorlovchi trilogiyasi ("Vatanparvar", "Xrizantema" va "Shahid boʻlgan qahramon ovozi") yaratildi. Adabiyotda sengoxa oqimi qaror topgach, shu oqim vakillari boʻlgan turli goyaviyestetik yoʻnalishdagi yozuvchilar oʻz ijodlarida inson shaxsiyatini qaror toptirish manfaatlari yoʻlida militarizm va anʼanaviylikni inkor etdilar. Shu oqim vakillarining urush mavzuiga oid asarlari, jumladan, Syoxey Ookaning "Daladagi olovlar" (1951), Xirosi Nomaning "Boʻshliq mintaqasi" (1952), Shusaku Endoning "Dengiz va zahar" (1957) romanlari yaratildi. Yosie Xottaning "Yolgʻizlik maydoni" asarida (1951) urushdan keyingi yapon ziyolilari haqida hikoya qilinadi. 1950— 60 yillar yapon adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri Yasusi Inouedir. Uning "Tempyoning cherepitsali tomi" (1957) va "Samarqandga sayohat" (1969) tarixiy asarlari Buyuk ipak yoʻlida amalga oshirilgan maʼnaviy muloqot va Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlariga bagʻishlangan. 1960—70 yillarda ilmiy fantastika va detektiv roman janri rivojlandi. 1960—80 yillar yapon adabiyoti realistik va modernistik gʻoyalarning oʻzaro harakat va kurashlarida rivojlandi. Bu davrda adiblardan Gomikava DzyumpeyJumpey, Isikava TakudzoTakuzo, Kayko TakesiTakeshi, Oe KendzaburoKenzaburo oʻz roman va qissalarida ijtimoiy va axloqiy muammolarni koʻtardilar. Ya. adabiyotida Xirosima fojiasi mavzusi keng oʻrin oldi (Hotta Yoshiyo, Ibuse Masuji, Oda Makoto). Kobo Abe asarlarida realizm va fantastika uygʻunlashgan holda falsafiy masalalar bayon etildi. Ya.da xitoy madaniyati taʼsirida xitoy tilida ham adabiyot rivoj topgan. 14— 15-asr va 17—19-asr boshlarida yuksalgan. Ya. adabiyotning yirik vakillari boʻlgan Ryunoske Akutagava, Kobo Abe, Yasunari Kavabata (1968 yil Nobel mukofoti sohibi), Kendzaburo Oe (1994 yil Nobel mukofoti sohibi) Murakami Haruki, B.Yosimoto kabi yozuvchilarning asarlari jahonda mashhur.
 
Meʼmorligi. Qadimiy yaponlarning turar joylari yarim yertoʻlalar boʻlgan va uning tomi yogʻoch va qamish bilan yopilgan. Mil. boshlarida yogʻoch sinchli uylar qurila boshladi. (Ise shahridagi sintoistlar ibodatxonasi, 3—7-asrlar). 3—6-asrlarda podsholar uchun aylana va taqa shaklida ulkan qoʻrgʻon (kafun)lar bunyod etilgan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan xitoy va koreys meʼmorligi uslubida monastir, pagoda, ibodatxona va saroylar bunyod etilgan (Nara shahridagi Xoryudzi monastiri, 7-asr; Kito shahri yaqinidagi Byodoin saroyi, 11-asr). 8-asrda Xitoy shaharsozligi uslubida XeydzyokyoHeyjokyo (hoz. Nara) va XeyanHeyan (hoz. Kito) shahrilariga asos solindi. 14—16-asrlarda landshaft meʼmorligi, xitoycha bogʻparklar bunyod etish sanʼati, qalʼa va saroy devorlariga rasm chizish rivojlandi. 16-asrdan shahar mudofaa inshootlari xandaq va gʻisht devorlar bilan oʻraldi. Shu davrda hoz.gacha saqlanib qolgan anʼanaviy yapon turar joyi shakllandi. 16-asrdan Edo (hoz. Tokio) shahrida qurilish avj oldi. 19-asr oxiridan shaharsozlik rivojlandi, sanoat korxonalari qurish koʻpaydi, qurilishda gʻisht, keyinchalik temirbeton va metall ishlatila boshlandi. Yapon meʼmorlari (Tatsuno Kingo, Katayama Otokuma) binokorlikda Yevropa uslubidan foydalandilar yoki anʼanaviy yapon uysozligi shakllarini Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi shakllari bilan uygʻunlashtirdilar. 20-asrning 20-asrlari oxiri Le Korbyuzye taʼsirida funksionalizm uslubi yoyila boshladi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) Ya. shaharlari vayron boʻldi; 50-y.lardan qurilish keng koʻlamda avj oldi. Milliy meʼmorlik shakllarini zamonaviy konstruksiyalar bilan uygʻunlashtirish natijasida yapon meʼmorligi jahonda mashhur boʻldi (XirosimadagiHiroshimadagi Tinchlik memorial parki, 1949—56; Okayama shahridagi KurasikiKurashiki shahar zali, 1960; Kofudagi Yamanasi binosi, 1966; hammasining meʼmori Tange Kenzo; Tokiodagi Metropoliten festival xoll, 1960—61, meʼmor Mayokava Kunio; Tokioning Shinzyuku r-nidagi maydon ansambli va transportyoʻlovchilar tuguni, 1960—67, meʼmor Sakakura JundzoJundo; Kioto shahridagi Xalqaro konferensiyalar markazi saroyi, 1966—70 yillar boshi, meʼmor Satio Otani). 18yozgi olimpiada oʻyinlari (1964) va "EKSPO70" koʻrgazmasining oʻtkazilishi munosabati bilan yirik shaharlar, jumladan, Tokio va Osaka markazlari rekonstruksiya qilindi, Tokioda ikki olimpiada majmuasi (Yoyogi, meʼmor Tange Kendzo; Komadzava, meʼmorlar Murata Masasiko va AshixaraAshihara I.), Osakada bosh pavilon koʻrgazmasi (meʼmor Tange Kendzo) qurildi. 1960-y.lar oxirida yuksak seysmik hududligiga qaramay, osmonoʻpar binolar bunyod etildi (Tokio, Osaka va boshqalar shaharlarda). Ya.da milliy meʼmorlik anʼanalarining rivojlanishi K.Maekava, Yo.Taniguti, K. Tange, K. Kurokava va boshqalar mashhur meʼmorlar faoliyati bilan bogʻliq.
 
Tasviriy sanʼati. Ya. sanʼatining qadimiy yodgorliklari dzyomon madaniyati davri (mil.av. 8—1-ming yilliklar oʻrtalari)ga mansub. Mil.av. 1-asrda tayyorlangan bronza buyumlar, sopol idish namunalari saqlangan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan ibodatxonalar yaratildi va ular budda dinidagi mashhur personajlar tasvirlangan haykalchalar bilan bezatildi (Nara shahridagi Xoryudzi, Yakusidzi monastirlaridagi haykallar). Ilk oʻrta asrlarda rang-tasvir va haykaltaroshlikda portret janri shuningdek, teatr niqoblari sanʼati rivojlandi. Ya. rang-tasviri buddizm hamda Xitoy sanʼati taʼsirida taraqqiy etdi. 11—12-asrlarda oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻldi.
 
Bu davrda Fujivara Takayoshi, Fujivara Nobudzane va Toba Sojo kabi rassomlar mashhur boʻldilar. 12—13-asrlar rang-tasviridagi portretlar oddiyligi va ifodaliligi bilan ajralib turadi (Fujivara Takanobuning "Minamoto Yoritoma portreti"). 14—15-asrlarda budda sektasining dzen maktablarida tush rang-tasviri rivoj topdi [Josetsu, Shubun, Toy Oda (Sessyu taxallusi bilan mashhur) manzaralari]. 15-asrda dunyoviy professional rang-tasvir shakllandi. Kano maktabi (asoschisi Kano Masanobu) va Tosa maktabi (asoschisi Tosa Matsunobu) asarlarida xitoy mumtoz rang-tasviri oʻz aksini topdi. 15—17-asrlarda bezak yozuvi sanʼati yuqori darajaga erishdi (Sotatsu Tavaraya, Ogata Korin). Bu davrda choy tarqalishi munosabati bilan kulollik va chinni buyumlar tayyorlash avj oldi. 17-asr boshlarida yogʻochga rangli gravyura ishlash sanʼati — ukiyyoe yapon sanʼatining yetakchi turiga aylandi (Moronobu Hishikava, Harinobu Suzuki, Utamaro Kitagava, Hokusay Katsushika, Hiroshige Ando kabi ustalar). 17—19-asrlarda miniatyura haykaltaroshligining oʻziga xos turi hamda kiyimlar uchun tugmailgak bezaklar yasash rivojlandi. Yapon amaliy bezak sanʼati (kashtadoʻzlik, mato toʻqish, loklangan buyumlar tayyorlash. toʻr toʻqish) buyumlari katga mahorat bilan tayyorlandi. 19-asr oxirlaridan Yevropa sanʼati taʼsirida moyboʻyoq rang-tasvir — "yoga" rivojlana boshladi (Asai Tyu, Kuroda Seyki va boshqalar). Bu sohalagi rassomlar ijodida impressionizm, fovizm taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanadi (Umexara Ryudzaburo, Yasun Sotaro.). 20-asr 1-yarmida abstrakt sanʼat, ekspressionizm, syurrealizm taʼsiri seziladi. "Nixonga" rang-tasvir ustalari Tomioka Tessey, Yokoyama Taykon, Takuechi Seyho kabilar milliy anʼanalar ruhida asarlar yaratdilar. 1920—30 yillarda Okamoto Toki, Otsuki Genji, Yorimoto Shirin, Yanase Masamu, Suzuki Kenji kabi rassomlar samarali ijod qildilar. 2-jahon urushidan keyin rassomlar ijodidan ijtimoiy muammolar keng oʻrin oldi; koʻp asarlar XirosimaHiroshima va Nagasakidagi atom bombasidan halok boʻlganlar fojiasiga bagʻishlandi (Maruki Iri va Toshiko, Mita Genjiro, Sakurai Makoto, Fukuda Shinsey, Ono Tadashige, Ueno Makoto). Zamonaviy yapon tasviriy sanʼatida grafika demokratik va ommaviy sanʼat turi sifatida mashhur. Taniqli rassom N.XirayamaHirayama ijodida Buyuk ipak yoʻli manzaralari muhim oʻrin tutadi. Tasviriy sanʼatda turli oqim va yoʻnalishlarning koʻpligi koʻzga tashlanib turadi.
 
Musiqasi qadimiy anʼanalarga boy boʻlib, oʻz taraqqiyoti jarayonida xitoy va koreys, hind va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari xalqlari musiqa madaniyati taʼsirida boyigan; u mehnat, turmush, diniy marosimlar bilan bogʻlangan. Qoʻshiqlar bir ovozli, qoʻsh metrlar ustun. Musiqiy cholgʻu asboblari xilmaxil: chertib chalinadigan — syamisen (lyutnya), koto (13 torli sitra); puflama — nokan, syakuxati (fleytalar), soo (lab organi), xitiriki (goboy turi); zarbli — tayko, kotsudzumi, otsulzumi (barabanlar), syoko (gong). Professional musiqa diniy harakatlar va teatr bilan bogʻliq boʻlgan; uning sarchashmalari 6—7-asrlarga borib taqaladi. 14-asrda teatrning noo sanʼati (qoʻshiq, raqs, cholgʻu asboblar joʻrligida ijro etiladigan deklamatsiya), 16— 17-asrlarda dzyoruri qoʻgʻirchoq teatri musiqasi va kabuki (mumtoz yapon teatri turlaridan biri) musiqasi shakllandi. Ya.da musiqa sanʼatini rivojlantirishda Musiqa tadqiqotlari instituti (1879 yil tashkil etilgan, 1886 yildan Tokio musiqa maktabi) muhim rol oʻynadi. 1897 yil yapon simfonik orkestrining birinchi konserti boʻlib oʻtdi. Yevropada musiqa taʼlimini olgan Yamada Kosaku, Nobutoki Kiyosi, Kiyose Yasudzi, Matsudayra Yoritsune kabi kompozitorlar kompozitorlarning yangi federatsiyasi (1930 yildan Ya. zamonaviy musiqa uyushmasi)ni tuzdilar. Oʻz ijodlarida milliy anʼanalarga suyangan holda,Yevropaning kompozitsion usullariga ham murojaat etdilar. 1960—80 yillarda Mamiya Mitio va Akutagava Yasusi kabi kompozitorlar folklor va yapon mumtoz musiqasidan keng foydatandilar. 1940-y.larning oxiridan Seki Akiko rahbarligida antiimperialistik xarakterdagi "Yaponiyaning kuylovchi ovozlari" ommaviy xor harakati keng yoyildi. 1950-y.larning oxiridan avangardizm taʼsiri koʻzga tashlana boshladi, eksperimental musiqa turlari tarqaddi. Hoz. davrda ommaviy va mumtoz musiqa bilan birga milliy musiqa turlari yoyilgan. Folklor musiqasini yigʻish, oʻrganish va tarqatishga alohida eʼtibor beriladi. 1970-y.larda karaoke (boʻsh orkestr) havaskorlar ijrochiligi paydo boʻlib, u aholi orasida juda ommalashdi. Kompozitorlardan Noda Teruyaki, XatimuraXachimura YosioYoshio, Ikebe SinitiroShinitiro, ijrochi dirijyorlardan Abe Komei, Masasi Ueda, Vatanabe Akeo, Ivaki Hiroyuki, Moro Takashi, pianinochi Tanaka Keyko, skripkachi Kubo Yoko mashhur. Ya.da 20 dan ortiq simfonik orkestr, kamer cholgʻu ansambli, xor jamoalari va boshqalar bor. Tokioda Davlat musiqa akademiyasi (1887 yildan), 20-asr musiqasi instituti (1957 yildan), Milliy nafis sanʼat va musiqa unti, Toxo oliy musiqa maktabi faoliyat koʻrsatadi.
 
Teatr sarchashmalari qadimiy xalq dehqonchilik bayramlarida koʻrsatilgan tomoshalardan boshlanadi. 7—8-asrlarda gigaku va bugaku deb nomlangan musiqali raqs tomoshalari paydo boʻldi; ular yapon mumtoz teatrining shakllanishiga yordam berdi. 8—12-asrlarda sangaku musiqali raqs tomoshalari keng yoyildi. 12-asr boshlarida musiqali tomoshalarning yangi turlari’— dengaku va sarugaku rivojlandi. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida yapon teatrining yangi turi — noo teatri (musiqa, raqs va dramatik harakatlardan iborat) vujudga keldi. 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida Kiotoda dzyoruri qoʻgʻirchoq teatri va kabuki teatri, 19-asr oxiri — 20-asr boshlari teatrning yangi turlari — simpa va sinkokugeki paydo boʻldi. 20-asr boshlarida Yevropa teatri taʼsirida singeki teatr yoʻnalishi (hoz. drama teatri) shakllandi. 20-asrning 1-choragida Tokioda "Rodo gekidan" nomidagi birinchi ishchi teatri faoliyat koʻrsatdi. Keyinchalik Tokioda "Sukizi syogekidzyo" va "Hayuza" teatrlari vujudga keldi; ularning repertuaridan milliy dramaturglar Kobo Abe, Koyama Yushi pyesalari oʻrin oldi. 1947 yil "Mingey" teatri oʻz faoliyatini boshladi. Teatr qoshida "Mingey" kinostudiyasi ishladi. 1966 yil Tokioda "Kokuritsu gekijo" milliy teatr markazi tashkil etildi va u anʼanaviy janrlarni saqlash va rivojlantirishda muhim rol oʻynadi. Ya.ning zamonaviy teatr sanʼati anʼanaviy teatr (bugaku, noo, kabuki, dzyoruri) va Yevropa tipidagi teatr (drama, opera, balet)ga boʻlinadi. Bugaku teatrining anʼanalari mumtoz musiqa va raqsning rivojlanishida asos boʻldi. Teatr artistlaridan Kita Minoru, XosyoHosho Motomasa Kuro, Itimura Manzeamon, Nakamura Kanzaburo, Nakamura Utaemon, Nakamura Bungori, Matsumoto Koshiro, Mizutani Yaeko, Shimada Shogo, Tatsumi Ryutaro va boshqalar mashhur. Kinoshi. Ya.da birinchi badiiy film 1899 yilsuratga olingan. 1903 yil Tokioda birinchi doimiy kinoteatr, 1908 yil birinchi kinostudiya tuzildi. 1923 yildan Kioto shahri kino markaziga aylandi. 1931 yil birinchi ovozli film ("Qoʻshni ayol va xotinim", rej. Gosho Heynosku) yaratildi. 1936 yil MidzogutiMizoguti Kenji "Elegiya Naniva" va "Gionlik opasingillar" filmlarini yaratdi. 1930-y.larda "YA. filmlar ishlab chiqarish boʻyicha jahonda 2-oʻrinni egallab turdi. Urushgacha boʻlgan kinofirmalar ("ToxoToho", "SinkoShinko" va boshqalar)ning asosiy filmlari militaristik mazmunda boʻlgan. Urushdan keyingi yillarda yapon kinosidakinoshida Imai TadasiTadashi, Yamomoto Satsuo, Kinosita Keysuke va boshqalar rej.lar ijodi bilan bogʻliq boʻlgan ilgʻor gʻoyalar oʻz aksini topdi. Ular oʻz filmlarida Xirosima fojiasi, mehnatkashlarning ogʻir hayoti haqida hikoya qildilar. 1950—60 yillardagi eng yaxshi filmlar: "Rashomon" (1950), "Qizil soqol" (1964; ikkalasining rej. Kurasava Akira), "Har qalay biz yashayapmiz" (1951, rej. Imai Tadashi), "Hiroshima bolalari" (1952) va "Yalang orol" (1960; ikkalasining rej. Sindo Kaneto). 1960-y.lardagi mashhur rej.lar: Yamamoto Satsuo, Koboyasi Masaki, Imai Tadasi. 1960—70-y.larda koʻproq hujjatli filmlar shuhrat qozondi. S.Ogava, N. Sutimoto, M.Miyagi kabi ijodkorlar oʻz filmlarida zamonning nizoli muammolarini koʻtarib chikdilar. 1958 yildan boshlab "Toey" kinokompaniyasi ishlab chiqara boshlagan multiplikatsion filmlar butun jahonga tarqaldi. 1970—80 yillarda yapon kinosi televideniye bilan raqobat natijasida inqirozli holatda boʻlsada, "19 yoshli yalangʻochlar" (1970, rej. Shindo Kaneto), "Jangchi sharpasi" (1982, rej. Kurosava Akira), "Loyqa daryo" (1981, rej. Kohay Oguri), "Narayama haqida afsona" (1983, rej. Imamura SoxeySohey) kabi filmlar yaratildi. Keyingi yillarda T. Kitano, M.Syou, S.Ivai, N.Takenaka kabi mashhur kino ijodkorlari yetishib chiqdi. 1969—96 yillar davomida namoyish etilgan "Janob Tora" seriali yaponlar orasida mashhur. Yapon kinoshida Yamada Isuzu, Mifune Toshiro kabi aktyorlar shuhrat qozongan. "Nikkatsu", "Shotiku", "Toho", "Toey" va boshqalar kinokompaniyalar faoliyat yuritadi.
 
Oʻzbekiston — Ya. munosabatlari. Ikki davlatning oʻzaro munosabatlari tarixi qadimiy asrlarga borib taqaladi. Buyuk ipak yoʻli orqali oʻzbek va yapon xalqlari oʻrtasida savdoiqtisodiy va madaniy aloqalar boʻlganligi i.t.larda ham oʻz tasdigʻini topmoqda. Olimlarning tadqiqoti va oʻzbekyapon arxeologik ekspeditsiyalari natijasiga koʻra, Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan Kushon podsholigining asosiy dinlaridan biri boʻlgan buddizm Oʻrta Osiyo xalqlari milliy qadriyatlari va anʼanalari bilan boyigan holda 6-asrda Xitoy va Koreya orqali Ya. orollarida tarqalgan. Oʻzbekistonda topilgan qadimiy budda ibodatxonalarining hoz. Ya.dagi ibodatxonalar bilan mushtarakligi namoyon boʻlmoqda.
Qator 74:
Oʻzbekiston Milliy un-tining Ilmiy kutubxonasida 1927—41 yillarda Ya.da chop etilgan kitob va jur.larning katta fondi mavjud. 1930-y.larda Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasida pillachilik va tutchilik sohasida hamkorlik oʻrnatilgach, Ya.ga borgan bir guruh oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan bu sohadagi ilgʻor yapon tajribasi atroflicha oʻrganilgan va respublikada joriy qilingan. Ya.dan oʻnlab madaniylashtirilgan serbargli tut navlari va mahsuldor pilla qurtining urugʻlari keltirilib mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan. Bundan tashqari, ipakchilik sanoati ehtiyojlari uchun yapon mashina va uskunalari xarid qilingan. 1929 yil Oʻrta Osiyo un-ti prof. E.F.Poyarkov Ya.da pillachilar anjumanida maʼruza qilgan.
 
Maʼlumotlarga koʻra, 1920-y.larda Ya.ga borib qolgan Volgaboʻyi tatarlari orasida oʻzbeklar ham boʻlgan. Ular Tokio shahrida masjid qurilishi va islom dinini yoyilishida oʻz hissalarini qoʻshishgan. 1945 yildagi sovetyapon urushi natijasida asir olingan 24 mingga yaqin yapon 1945—50 yillarda Oʻzbekistonning Andijon, Buxoro, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida ushlab turildi. Ular koʻplab sanoat korxonalari, q.x., qurilish va boshqalar sohalarda mehnat qildilar. Jumladan, Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatr binosi qurilishida 600 ga yaqin yapon ishtirok etgan. Oʻzbekistonda vafot etgan 812 yapon fuqarosi respublikamiz hududidagi 13 qabristonda dafn etilgan. 1990 yil may oyida Toshkentning[[Toshkent]]ning Yakkasaroy qabristonida 2-jahon urushi (1939—45)dan keyin Toshkentda vafot etgan 79 ta yapon harbiy asiri xotirasiga memorial oʻrnatildi.
 
1960—80 yillarda Ya. Oʻzbekistondan paxta tolasi, chigit, shirinmiya ildizi, asal, ipak va boshqalar mahsulotlar xarid qilgan. 1970-y.lar boshidan Ya. yiliga 190 mln. AQSH dollari hajmida paxta tolasi sotib olgan. Xususan, Sumitomo kompaniyasi 1971—93 yillar 547,3 mln. AQSH dollariga paxta tolasi xarid qilgan. Shu yillar Ya.ning qator kompaniyalari Oʻzbekistonning yengil, kimyo va neft sanoatini modernizatsiya qilishga jalb etildi. Fargʻona va Chirchiq shahrilarida ammiak ishlab chiqarish uchun yapon texnologiyalari oʻrnatildi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Margʻilon, Namangan, Shahrisabz va Urganchdagi ipakchilik fkalarida Yamato firmasining pilla quritish mashinalari qoʻllandi. 1989 yil Oʻzbekistonda xorijiy firmalar orasida birinchi boʻlib Ya.ning "Chori" kompaniyasi oʻz vakolatxonasini ochdi.
Qator 107:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Yaponiya''' ({{lang-ja|日本}}<ref>Mamlakatning nomidagi ierogliflar „quyosh“ va „manbaa“ maʼnolarini anglatadi, va aynan shuning uchun Yaponiyani koʻpincha „kun chiqar mamlakati“ deb ataydilar. U ushbu nomga Xitoyga nisbatan sharqda joylashganligi sababli sazovor boʻlgan. </ref> ''Nippon, NixonNihon'', rasmiy. {{lang-ja|日本国}}<ref>国 (''koku'') — mamlakat</ref> ''Nippon-kóku, Nixon-koku'') — [[Sharqiy Osiyo]]daga [[orol]] [[mamlakat]]. Yaponiya [[Birlashgan Millatlar Tashkiloti|BMT]], [[Katta sakkizlik]] va [[Osiyo-Tinch Okeani iqtisodiy hamkorligi|OTIHning]] aʼzosi hisoblanadi. Ushbu yuqori taraqqiy etgan mamlakat, [[Yalpi ichki mahsulot|YaIM]] hajmiga koʻra jahonda [[Amerika Qo'shma Shtatlari|AQSh]] va [[Xitoy]]dan soʻng uchinchi oʻrinni egallaydi.
 
== Siyosiy tuzilmasi ==