Kabarda-Bolqoriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 18:
 
1918 y. 21 martda Shoʻro hokimiyati eʼlon qilindi. 1920 y. mart oxirigacha fuqarolar urushi davom etdi. 1921 y.1 sent.da RSFSR tarkibida Kabarda muxtor viloyati, 1922 y. 16 yanvarda bir-lashgan Kabarda-Balkariya muxtor viloyati tuzildi. 1936 y. 5 dek.da K.-B. Muxtor Respublikasi deb ataldi. K.-B. 1942 y. okt.da nemislar tomonidan bosib olindi. 1943 y. yanvarda ozod etildi. 1944 y.da bolqorlar 2-jahon urushi davrida nemis bosqinchilariga yon bosdi degan tuhmat bilan zoʻrlab Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga koʻchirildi. K.-B. muxtor respublikasi Kabarda muxtor respublikasi deb atala boshladi. 1957 y. bolqor xalqining milliy muxtoriyati tiklandi va Kabarda muxtor respublikasi yana K.-B. Muxtor Respublikasiga aylantirildi. 1991 y. yanvarda K.-B. Oliy Kengashi davlat suvereniteti haqida deklaratsiya qabul qildi, 1992 y. fevral dan K.-B. Respublikasi deb atala boshladi.
 
== Axolisi ==
Aholisi. Tub aholisi — kabardinlar va bolqorlar; ruslar, ukrainlar, osetinlar va b. ham yashaydi. Rasmiy tili — kabarda, bolqor, rus tillari. Kabardin va bolqorlar — musulmon sunniylar. Aholisining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Nalchik, Proxladniy, Baksan.
 
== Xo'jaligi ==