Kabarda-Bolqoriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 29:
== Tarixi ==
{{main|Kabarda-Balkariya tarixi}}
Tarixi. K.-B. hududida mezolit va neolit davrlariga oid yodgorliklar topilgan. Kabardinlarning ajdodlari — adigelar (sind, meot, zix, kerket qabilalari) Azov va Kora dengiz soqillarida yashagan. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida sindlar yagona davlatga birlashdi. Keyinchalik ular Bospor podshohligiga qoʻshildi. 4-a.da xun (gunn) larning bostirib kelishi natijasida adige (adigey)larning rivojlangan xoʻjaligi va madaniyati tushkunlikka uchradi. Shim. Kavkaz va alan qabilalarining bolgarlar va qipchoqlar bilan aralashuvi natijasida bolqor xalqi vujudga keldi.
 
13-a. boshlarida moʻgʻullar bostirib kelgach, bolqorlar togʻlarga koʻchib ketishga majbur boʻlishdi. Moʻgʻullar mahalliy aholidan koʻp kishini qirib yubordi. 13—14-a.larda adigelarning bir qismi kabardinlar deb atala boshladi. 17-a.da Kabarda Katta Kabarda va Kichik Kabardaga boʻlindi. 1557 y. Kabardani Rossiya bosib oldi. 1774 y. Kabarda Rossiyaning ajralmas kismi deb eʼlon qilindi. 1827 y. Rossiyaga Balkariya ham qoʻshib olindi.
 
1918 y. 21 martda Shoʻro hokimiyati eʼlon qilindi. 1920 y. mart oxirigacha fuqarolar urushi davom etdi. 1921 y.1 sent.da RSFSR tarkibida Kabarda muxtor viloyati, 1922 y. 16 yanvarda bir-lashgan Kabarda-Balkariya muxtor viloyati tuzildi. 1936 y. 5 dek.da K.-B. Muxtor Respublikasi deb ataldi. K.-B. 1942 y. okt.da nemislar tomonidan bosib olindi. 1943 y. yanvarda ozod etildi. 1944 y.da bolqorlar 2-jahon urushi davrida nemis bosqinchilariga yon bosdi degan tuhmat bilan zoʻrlab Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga koʻchirildi. K.-B. muxtor respublikasi Kabarda muxtor respublikasi deb atala boshladi. 1957 y. bolqor xalqining milliy muxtoriyati tiklandi va Kabarda muxtor respublikasi yana K.-B. Muxtor Respublikasiga aylantirildi. 1991 y. yanvarda K.-B. Oliy Kengashi davlat suvereniteti haqida deklaratsiya qabul qildi, 1992 y. fevral dan K.-B. Respublikasi deb atala boshladi.