Muhammad Ali Ahmedov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4:
'''Muhammad Ali''' (taxallusi; asl ism-sharifi Ahmedov Muhammad Ali) (1942.1.3, Boʻz tumani) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992), filol. fanlari nomzodi (1992). Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tugatgan (1966). "Sharq yulduzi" jur.da adabiy xodim (1966), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir (1967), boʻlim mudiri (1982), bosh muharrir (1982—85), Oʻzbekiston televideniyesida bosh muharrir (1985— 88), ToshDUda etika va estetika ka-fedrasi mudiri (1994—96), Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda oʻzbek adabiyoti tahririyati mudiri (1997—98), Xalqaro "Oltin meros" xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1999— 2003). 2003 y.dan Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi raisi.
 
M.A.Muhammad Ali "Fazodagi hislar" (1967), "Shafaq" (1968), "Otalar yurti" (1970), "Dostonlar" (1974), "Oq nur" (1977), "Ilhom pariyey" (1980), "Sen bir gulsan" (1989), "Ona duosi" (1994) va b. sheʼriy asarlar muallifi. "Mashrab" dostonida (1966) Boborahim Mashrabning fojiali hayotini tasvirlagan. "Beshgul" (1986), "Zaminda yashaymiz" (1971), "Muxabbat" (1983) dostonlari zamonaviy mavzularda yozilgan. Oʻzbek xalqining 19-a. oxiri — 20-a. boshlaridagi hayotini tasvirlashga bagʻishlangan "Boqiy dunyo" (1981) sheʼriy romanida Jizzax qoʻzgʻoloni voqealari badiiy lavhalarda aks ettirilib, Dukchi Eshon obrazi yaratilgan. "Sarbadorlar" (1989) dilogiyasi M. A. ning prozadagi dastlabki asari. "Ulugʻ saltanat" (1999) tarixiy romanida oʻzbek xalqining 14-a.dagi hayoti tasvirlanarkan, tarixiy hodisalar oqimida Amir Temur obrazining tadrijiy oʻsib borishi, uning harakteridagi adolatparvarlik, halollik, mardlik va vatanparvarlik fazilatlari koʻrsatilgan. M.A.ning davr va tarixning dolzarb masalalariga bagʻishlangan publitsistik asarlari ham bor ("Oshiq boʻlmay Haq diydorin kursa boʻlmas" 1992; "Men koʻrgan Amerika", 2000). Hind eposi "Ramayana"dan parchalar, qoraqalpoq eposi "Shahriyor", R. Berne, G. Tabidze sheʼriy kitoblari, Bayron, Pushkin, R. Hamzatov va b. asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laure-ati (1984), "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (1999)<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
'''Muhammad Ali''' (Muhammad Ali Ahmedov) 1942 yil 1-martda [[Andijon]]ning Boʻz tumanida tugʻlgan. U shoir, yozuvchi, olim, tarjimon, pedagog va jamoat arbobi. Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1966) tamomlagan. Qisqa muddat [[Andijon]] va Fargʻona viloyatlari maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1962-1963). Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, bosh muharrir (1967-1985), O'zbekiston Televideniyesida bosh muharrir (1985-1988), O'zbekiston yozuvchilar uyushmasida Tarjima markazi raisi (1989-1993), Toshkent Davlat Universitetida Etika va Estetika kafedrasi mudiri, professor (1993—1996), G'afur G'ulom nashriyotida o'zbek adabiyoti bo'limi boshlig'i (1997-1999), Xalqaro oltin meʼros hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1999—2003) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003 yildan u halqaro Amir Temur hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi bo'lib ishlagan (2003-2013).