Muhammad Ali Ahmedov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_8=yorit}}
 
'''Muhammad Ali''' (taxallusi;Muhammad asl ism-sharifiAli Ahmedov) Muhammad1942 Ali)yil (1942.1.3,-martda [[Andijon]]ning Boʻz tumani)tumanida tugʻlgan. OʻzbekistonU xalqshoir, yozuvchisiyozuvchi, (1992)olim, filoltarjimon, pedagog va jamoat arbobi. fanlariBekoboddagi nomzodioʻrta maktabni (19921959)., Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyotadabiyot institutini tugatgan (1966) tamomlagan. "SharqQisqa yulduzi"muddat jur.da[[Andijon]] adabiyva xodimFargʻona (1966),viloyatlari Gʻafurmaktablarida Gʻulomoʻqituvchilik nomidagiqilgan (1962-1963). Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir (1967), boʻlim mudiri (1982), bosh muharrir (1982—851967-1985), OʻzbekistonO'zbekiston televideniyesidaTelevideniyesida bosh muharrir (1985—1985-1988), 88O'zbekiston yozuvchilar uyushmasida Tarjima markazi raisi (1989-1993), ToshDUdaToshkent etikaDavlat Universitetida Etika va estetikaEstetika ka-fedrasikafedrasi mudiri, professor (1994—961993—1996), GʻafurG'afur GʻulomG'ulom nomidaginashriyotida nashriyotda oʻzbeko'zbek adabiyoti tahririyatibo'limi mudiriboshlig'i (1997—981997-1999), Xalqaro "Oltin meros"Meros xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1999— 20031999—2003) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003 y.danyildan Xalqarou xalqaro Amir Temur xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi bo'lib ishlagan (2003-2013).
 
Muhammad Ali "Fazodagi hislar" (1967), "Shafaq" (1968), "Otalar yurti" (1970), "Dostonlar" (1974), "Oq nur" (1977), "Ilhom parisi" (1980), "Sen bir gulsan" (1989), "Ona duosi" (1994) va b. sheʼriy asarlar muallifi. "Mashrab" dostonida (1966) Boborahim Mashrabning fojiali hayotini tasvirlagan. "Beshgul" (1986), "Zaminda yashaymiz" (1971), "Muxabbat" (1983) dostonlari zamonaviy mavzularda yozilgan. Oʻzbek xalqining 19-a. oxiri — 20-a. boshlaridagi hayotini tasvirlashga bagʻishlangan "Boqiy dunyo" (1981) sheʼriy romanida Jizzax qoʻzgʻoloni voqealari badiiy lavhalarda aks ettirilib, Dukchi Eshon obrazi yaratilgan. "Sarbadorlar" (1989) dilogiyasi adibning prozadagi dastlabki asari. "Ulugʻ saltanat" (1999) tarixiy romanida oʻzbek xalqining 14-a.dagi hayoti tasvirlanarkan, tarixiy hodisalar oqimida Amir Temur obrazining tadrijiy oʻsib borishi, uning xarakteridagi adolatparvarlik, halollik, mardlik va vatanparvarlik fazilatlari koʻrsatilgan. Yozuvchining davr va tarixning dolzarb masalalariga bagʻishlangan publisistik asarlari ham bor ("Oshiq boʻlmay Haq diydorin ko'rsa boʻlmas" 1992; "Men koʻrgan Amerika", 2000). Hind eposi "Ramayana", qoraqalpoq eposi "Shahriyor", R. Bernesning sheʼrlar kitobi, Bayron, Pushkin, R. Hamzatov va b. asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1984), "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (1999)<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
'''Muhammad Ali''' (Muhammad Ali Ahmedov) 1942 yil 1-martda [[Andijon]]ning Boʻz tumanida tugʻlgan. U shoir, yozuvchi, olim, tarjimon, pedagog va jamoat arbobi. Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1966) tamomlagan. Qisqa muddat [[Andijon]] va Fargʻona viloyatlari maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1962-1963). Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, bosh muharrir (1967-1985), O'zbekiston Televideniyesida bosh muharrir (1985-1988), O'zbekiston yozuvchilar uyushmasida Tarjima markazi raisi (1989-1993), Toshkent Davlat Universitetida Etika va Estetika kafedrasi mudiri, professor (1993—1996), G'afur G'ulom nashriyotida o'zbek adabiyoti bo'limi boshlig'i (1997-1999), Xalqaro oltin meʼros hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1999—2003) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003 yildan u halqaro Amir Temur hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi bo'lib ishlagan (2003-2013).
 
2013 yil 15-fevraldan O'zbekiston yozvuchilar uyushmasi raisi lavozimida ishlamoqda. Muhammad Ali o'n uch yil davomida AQSHning Washington Universitetida oʻzbek tili va adabiyotidan saboqlar bergan (1992—2005).
 
Muhammad Ali nazmda, nasrda, publisistikada koʻplab asarlar ijod etgan. Soʻnggi 35 yil davomida 20 ta sheʼriy toʻplami oʻzbek, rus, qozoq, qoraqalpoq tillarida chop etildi. Uning «[["Boqiy dunyo]]»"(1979) sheʼriy romani adib ijodida muhim oʻrinni eqallaydi. Asar o'zbek xalqining chor mustamlakasiga qarshi ko'tarilgan Andijon (Dukchi Eshon) va Jizzax qo'zg'olonlari tarixiga bag'ishlangan. Unda mustamlaka davrida o'zbek adabiyotida Dukchi Eshon obrazi birinchi marta jasorat bilan yoritib berilgan. She'riy roman rus tiliga tarjima etilib 1984 yilda Toshkentda bosib chiqarildi (tarjimon Marina Kudimova). Ruscha tarjima mashhur shoir Yevgeniy Yevtushenkoning ijobiy taqrizi bilan nashr qilingan edi.
 
Muhammad Ali ijodida Amir Temur davri va shaxsini yoritish asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Adib ijodining dastlabki yillaridanoq bu mavzu tazyiq etilganiga qaramay, u Amir Temur haqida she'rlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan "Gumbazdagi nur" (1967) dostonini yaratdi, romanlar, maqola va esselarni e'lon qildi. Umuman olganda, o'zbek adabiyotida sohibqiron Amir Temur siymosining yaratilishi uni o'quvchi suygan obraz sifatida ifoda etilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir. "Sarbadorlar" roman dilogiyasida (1989) mustamlaka davrida o'zbek adabiyotida birinchi bo'lib nasrda Amir Temur siymosini tasvirlab berdi. Adib dadillik bilan "Ulug' saltanat" epopeyasini yaratishga kirishdi. 2003 yilda epopeyaning birinchi kitobi "Jahongir Mirzo" e'lon qilindi va 2008 yilda turk tiliga tarjima qilinib Istanbul, Turkiyada bosildi (tarjimon A. Yenis Turan). Keyin ikkinchi kitob "Umarshayx Mirzo" (2006) nashr etildi. Uchinchi kitob "Mironshoh Mirzo" romani esa 2010 yilda bosilib chiqdi. Nihoyat, 2013 yilda epopeyaning so'nggi romani "Shohrux Mirzo" yozib tugatildi va chop etildi. O'zbek adabiyotidagi birinchi roman-epopeya deb hisoblanadigan "Ulug' saltanat" epopeyasi ustida yigirma bir yil mehnat qilganini alohida ta'kidlash kerak.