Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti: Versiyalar orasidagi farq
"==Tashkil etilgan yili== 1934-yilda tashkil etilgan O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti respublikamizda folklorshunoslik, adabiyotshun..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi Teg: Mobil qurilma orqali |
(Farq yoʻq)
|
15-Dekabr 2013, 13:19 dagi koʻrinishi
Tashkil etilgan yili
1934-yilda tashkil etilgan O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti respublikamizda folklorshunoslik, adabiyotshunoslik va tilshunoslik yo'nalishlaridagi eng yirik ilmiy markaz hisoblanadi.
Bo'limlari
Institutda 8 ta bo'lim bo'lib, ularda folklorshunoslik, o'zbek adabiyoti tarixi, XX asr o'zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (istiqlol davri adabiyoti), adabiyot nazariyasi, adabiy aloqalar va tarjima nazariyasi, til tarixi, dialektologiya va turkiy tillarni qiyosiy o'rganish, hozirgi o'zbek tili terminologiya, leksikologiya va leksikografiya sohalari bo'yicha fundamental tadqiqotlar olib boriladi. Institutda 60 dan ortiq ilmiy va ilmiy-texnik xodimlar faoliyat ko'rsatadi. Ulardan 1 tasi O'z FA akademiklari, 10 tasi fan doktorlari 24 tasi fan nomzodlari, 11 ta katta ilmiy xodim-izlanuvchilar tahskil qiladi. Institutda adabiyotshunoslik va tilshunoslik ixtisosliklari bo'yicha fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo'yicha D 015.04.01 va DK 015.04.02 raqamli ixtisoslashgan kengashlar faoliyat ko'rsatadi.
Asarlari
Institutda 1958-yildan beri ikki oyda bir marta chiqadigan «O'zbek tili va adabiyoti» ilmiy jurnali chop etiladi. Hozirgi kunda Institutda 15 jildli «O'zbek folklori va adabiyoti tarixi», 3 jildli «Adabiyot nazariyasi», 5 jildli «O'zbek tilining izohli lug'ati», «O'zbek tilining imlo lug'ati», «Ruscha-o'zbekcha, o'zbekcha-ruscha lug'at», «Mumtoz adabiy asarlar tilining qisqacha lug'ati» kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.
==Institutning xalqaro aloqalari==AQSH, Germaniya, Fransiya, Slovakiya, Yaponiya, Rossiya, Eron, Turkiya, O'rta Osiyo davlatlari hamda Qozog'istondagi yetakchi ilmiy markazlarning adabiyotshunos, tilshunos hamda folklorshunoslari bilan olib borilayotgan aloqalar hamda ular ishtirokida ilmiy-nazariy anjumanlar, simpoziumlar va davra suhbatlari tashkil qilinishi Institut faoliyatining muhim jihatlaridandir. ==Shuningdek, institutda== AQSH, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Veytnam singari davlatlarning fuqarolari aspirantura va ilmiy stajirovkada bo'lib, o'zbek tili va adabiyotining turli dolzarb muammolari bo'yicha nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar va bugungi kunda ham ilmiy tadqiqotlar olib borayaptilar. Institut ilmiy salohiyatiInstitutda filol.f.d., prof., O'zR fan arbobi, O'zR Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi T.Mirzayev, filol.f.d., prof., O'zR Fan arbobi, O'zR Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi N.Karimov, akademik B.Nazarov, filol.f.d., prof. E.A.Begmatov, filol.f.d. E.Umarov, filol.f.d., Xalqaro Yassaviy mukofoti sohibi I.Haqqulov, filol.f.d., prof. M.Jo'rayev, filol.f.d., filol.f.d. N.Rahimjonov, filol.f.d. U.To'ychiyev, filol.f.d., filol.f.n. Sh.Turdimov, P.Mirza-Ahmedova, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, B.Yusufov, R.Barakayev, J.Eshonqulov, N.Hasanov, U.Hamdamov, D.Xudoyberganova, Xalqaro Yassaviy mukofoti sohibi S.Rafiddinov singari respublikamizda va xorijda e'tirof etilgan olimlar faoliyat ko'rsatayaptilar.
Hozirgi kunda
Institutda fundamental tadqiqotlar dasturi bo'yicha 2, davlat ilmiy-texnik dasturlari bo'yicha 3, innovaitson loyihalar bo'yicha 1, O'zR FA fundamental tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash fondi loyihalari bo'yicha 1 mavzuda ish olib borilayapti.