Ism: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
'''Ism''', ot — bolaning tugʻilganligi qayd etilayotganda unga beriladigan nom. Ism shaxslarni oila, avlod, mahalla, jamoa doirasida ajratishga imkon beradi. Odatda, chaqaloqqa Ismni otaonasi, qarindosh-urugʻ, oiladagi keksa kishilar tanlaydilar. Qanday Ism qoʻyilishi estetik va etik tamoiillar, Ism tanlovchilarning orzu-istaklari, tasavvur va dunyokarashlari, milliy xu-susiyat va b. bilan bogʻlangandir. Ism qoʻyishda dinning taʼsiri, ayniqsa, kuchli boʻldi. Xristianlik vujudga kelib, monoteistik dinga aylanganidan keyin Bibliyaaagi paygʻambarlarning Ismlari jahondagi koʻpgina xalqlarda ommaviy Ismlar boʻlib qoldi. Islom dinining tarqalishi Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, oʻzbeklarda bu din tushunchalari bilan bogʻliq Ismlarning koʻpayishiga olib keldi. Xalqimiz Qurʼoni karimda tilga olingan Allohning goʻzal ismlarini (q. [[al-Asmo al
Ismga eʼtibor chaqaloqqa Ism tanlashdan va uni tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (metrika)ga yozishdan boshlanadi. Mualliflik huquqiga, oila huquqida merosxoʻrni belgilash va sh. k.dagi bir qancha huquqiy munosabatlar Ism bilan bogʻlangandir. Oʻzbekiston Respublikasining OK bolaning Ism olish huquqini belgilaydi (69-modda). Bu huquq bolaning shaxsiy huquqi doirasiga kiradi. Amaldagi qonunlarga binoan, bolaga Ism ota-onaning keli-shuviga binoan qoʻyiladi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari buni hisobga olishga maj-bur. Bolaga Ism qoʻyishda ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, mazkur nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan bola, shuningdek, uning otaonasi manfaatlarini eʼtiborga olib hal etiladi. Bola Ismini oʻzgartirish tartibi OKda belgilab berilgan (70-mod-da). Unga koʻra, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan, bola 16 yoshga toʻlguncha bola manfaatlarini eʼtiborga olib, uning Ismini oʻzgartirishga hakli. 10 yoshga toʻlgan bolaning Ismini oʻzgartirishga faqat uning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
|