Gretsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 25:
[[File:Greek Colonization.png|thumb|left|Kaloniya davrida Yunoniston hududi [[Arxaiki]].]]
[[File:BattleofIssus333BC-mosaic-detail1.jpg|thumb|200px|[[Aleksandr Makedonskiy]]]]
Hozirgi Yunoniston hududida qadim zamonlarda antik sivilizatsiya mavjud boʻlgan. Mil. 4-asrda Yunoniston Vizantiya tarkibiga kirgan. 14—15-asrlarda [[Usmonlilar imperiyasi|Usmonli turk imperiyasi]] tomonidan istilo etilgan. Yunon xalqi xorijiy bosqinchilarga qarshi bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtardi (1571, 1611-yillarda). [[Buyuk fransuz inqilobi]]dan taʼsirlangan inqilobchi-demokrat Rigas Velestinlis Yunoniston va boshqa Bolqon davlatlari uchun konstitutsiya yozdi. [[1814-yil]] Odesada „Filiki Eteriya“ („Axil jamiyat“) nomli maxfiy inqilobiy tashkilot tuzildi. Bu tashkilotga [[1820-yil]]da rus armiyasi generali, grek aristokrat oilasidan chiqqan A. Ipsilanti rahbar boʻldi. „Filiki Eteriya“ ozodlik harakati bayrogʻini koʻtardi va [[1821-yil]] 25-martda Yunoniston mustaqillikka erishdi. [[1822-yil]] yanvarda Epidvarda chaqirilgan Milliy majlis Yunonistonning birinchi konstitutsiyasini qabul qildi va Yunonistonni mustaqil deb eʼlon qiddi. [[1827-yil]] aprelda grek siyosiy arbobi I. Kapodistriya prezident qilib saylandi. [[Rossiya-Turkiya urushi]] (1828—1829) dan soʻng 3 davlat ([[Angliya]], [[Fransiya|Fransa]], [[Rossiya]]) London konferensiyasi qarorlariga muvofiq, [[1830-yil]]ning 3-fevraldan boshlab Yunoniston mustaqilligi tan olindi. [[1910-yil]]da Krit o. Yunoniston bilan qayta qoʻshildi. 1910—1915 yillar mobaynida Liberallar partiyasi tashkilotchisi E. Venizelos Yunoniston Bosh vaziri lavozimida ishladi. U bir qator islohotlar oʻtkazdi. GretsiyaYunoniston [[1912-yil]]gi Bolqon ittifoqini tuzishda, Bolqon urushlari (1912—1913)da qatnashdi.
 
=== Yunoniston birinchi jahon urushi davrida ===
Qator 35:
 
=== Yunoniston urushdan keyingi yillarda ===
Milliy ozodlik fronti oʻz vaʼdasida turib, ELASni qurolsizlantirdi. Biroq hukumat munofiqona yoʻl tutib, terror muhitida soxta saylov ([[1946-yil]] mart) va plebissit (1946-yil sentyabr) oʻtkazdi hamda mamlakatda monarxiya tuzumini tikladi. Hukumat mamlakatdagi demokratik kuchlarni yoʻqotish maqsadida fuqarolar urushini boshlab yubordi. 1946-yil oktyabrda Yunoniston demokratik armiyasi tuzilib, bu armiya milliy mustaqillik, demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot uchun uch yil mobaynida kurash olib bordi. [[1949-yil]] [[oktyabr]]da demokratik armiya qurolli qarshilik koʻrsatishni toʻxtatdi (ushbu armiya askarlaridan bir qismi [[Oʻzbekiston]]da boshpana topdi, shu yerda yashab, tinch mehnatda qatnashdi. Oʻz vatanida qulay siyosiy vaziyat vujudga kelgach, koʻchib ketdi). Taraqqiyparvar arboblar taʼqibga uchradi. [[1952-yil]] noyabrda marshal A. Papagos boshchiligidagi GrekYunon yigʻini partiyasi hokimiyatni qoʻlga oldi. Shu partiya, soʻngra [[1956-yil]]da uning asosida tuzilgan Milliy radikal ittifoq (ERE) K. Karamanlis boshchiligida mamlakatdagi demokratik kuchlarni bostirishni davom ettirdi. Bu esa xalk, ommasining noroziligini kuchaytirdi. [[1963-yil]] 22-mayda parlament soʻl deputati G. Lambrakis oʻldirilganidan keyin Milliy radikal ittifoq (ERE) partiyasi hukumati isteʼfo berishga majbur boʻldi.
 
1963-yil noyabr — 1964-yil fevral [[parlament]] [[saylov]]lari natijasida [[hokimiyat]] Markaz [[ittifoq]]i partiyasiga oʻtdi. Hukumat rahbari G. Papandreu davlat apparatini qayta tashkil etish bilan bogʻliq tadbirlar belgiladi, [[maktab]]larda bepul oʻqitishni joriy qildi, dehqonlar toʻlaydigan soliqlarni birmuncha yengillashtirdi, ayrim toifadagi xizmatchilar maoshini oshirdi, siyosiy mahbuslarni ozod qildi va [[1965-yil]] 15-iyulda qirolning siquvi natijasida Papandreu hukumati isteʼfo berdi.