Germaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 226:
6—8-asrlarda Olmoniyaning barcha hududini franklar egallab oldi. 9-asrda Olmoniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan soʻng mustaqil olmon davlatiga yoʻl ochildi. Shtaufenlar sulolasi (1138—1268) davrida Olmoniya hududi ancha kengaydi. Ayrim nemis knyazliklari, ayniqsa Saksoniya knyazligi „salib yurishi“ niqobi ostida Elba va Boltiqboʻyi xalqlarining yerlarini bosib oldi.
15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr-zulmga qarshi qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar bilan turli soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi qattiq norozilik tugʻildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat —reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori choʻqqisi 1524—26 yillardagi dehqonlar urushi boʻldi. Bu davrda Sharqiy Olmoniyada oʻz mahsulotini tashqi bozorga moʻljallagan yirik xoʻjaliklar paydo boʻldi. [[1618-yil]]ga kelib katolik va protestantlarning oʻzaro kurashlari Yevropadagi oʻttiz yillik urush (1618—48) kelib chiqishiga sabab boʻldi. Urush oqibatida Olmoniya katta talafot koʻrdi. [[1648-yil]]gi Vestfaliya sulx. shartnomasiga koʻra, Olmoniya bir necha knyazliklarga boʻlindi. Oʻzining muhim geografik oʻrni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi ([[1701-yil]]dan Prussiya qirolligi) eng yirik german davlatlaridan biriga aylandi. 1740-1786 yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi.
Prussiya [[Yevropa]]da buyuk davlatga aylanib, Olmoniyada hukmronlik oʻrnatish uchun [[Avstriya]] bilan kurashni kuchaytirdi. [[1740-yil]] Prussiya qoʻshinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi Olmoniyada feodal krepostnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi. Fransuz burjua inqilobi taʼsirida Olmoniyada dehqonlar harakati avj oldi. Nemis knyaz va feodallari Fransiyadagi inqilobni boʻgʻib tashlashni maqsad qilib olishdi. [[1792-yil]] Avstriya bilan [[Fransiya]] oʻrtasida urush chiqdi. Prussiya Avstriya tomonida turib urushdi. Urushda Germaniya armiyasi yengildi. [[1793-yil]] 18-martda [[fransuzlar]] tomonidan ozod qilingan Mayns shahrida nemis tuprogʻida birinchi demokratik respublika eʼlon qilindi. 1803—1804 yillarda Napoleon Olmoniyadagi mayda davlatlarni tugatib, oʻz hukmronligida Reyn ittifoqi tashkil qildi. [[1812-yil]]gi urushda [[Rossiya]]ning gʻalabasi Olmoniyani Napoleon hukmronligidan xalos qildi. [[1813-yil]]gi Leypsig jangi (xalqlar urushi)dan soʻng Olmoniyaning barcha hududi ozod qilindi. 1814—185 yillar [[Vena]] kongressi qaroriga koʻra, 39 davlatni birlashtirgan Olmoniya ittifoqi tuzildi. [[1834-yil]] 18 davlat ishtirokida Olmoniya bojxona ittifoqi tashkil togshi. Unda Prussiya rahbarlik rolini oʻynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Ayniqsa temir yoʻl qurilishida Olmoniya katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi va [[1850-yil]]ga kelib, Yevropada ikkinchi oʻringa chiqib oldi. 1848—49 yillarda Olmoniyada burjua-demokratik inqilobi boʻlib oʻtdi. Uning maqsadi — mamlakatni birlashtirish, [[monarxiya]] tuzumini tugatish. agrar masalani demokratik asosda hal etish edi. Biroq, burjuaziyaning qoʻrqoqligi va xoinligi, proletariatning zaifligi tufayli inqilob magʻlubiyatga uchradi. Bu Prussiya hukmdorlarini mamlakatni inqilob yoʻli bilan emas, qurol kuchi va urushlar yoʻli bilan birlashtirish kerak degan xulosaga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Fransiya (1870) ga qarshi olib borilgan urushlardan soʻng Mayn daryosidan Shimolgacha boʻlgan yerlarda Shimoliy Olmoniya ittifoqini tuzishga erishdi. [[1871-yil]]gi Fransiya-Prussiya urushidan soʻng Olmoniya pruss militarizmi asosida birlashtiriddi. [[1871-yil]] 18-yanvarda nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli [[Vilgelm 1]] ni GermaniyaOlmoniya imperatori deb eʼlon qildi.
 
=== Olmoniya birinchi jahon urushi davrida ===