Shveysariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 80:
Hududining katta qismida Alp togʻlari joylashgan (bal. 4634 m gacha, Dyufur togʻi). Mamlakat markazida Shveysariya yassitogʻligi, shim. gʻarbida Yura togʻlari bor. Iqlimi nam, moʻʼtadil iqlim boʻlib, Jenevada yanv. oyining oʻrtacha t-rasi 0°, iyul oyining oʻrtacha t-rasi 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 800—2500 mm. Sh.da daryo koʻp. Reyn (Aare irmogʻi bilan) daryosi, Rona, Inn, Tichino daryolarining yuqori oqimi Sh.dan oqib oʻtadi. Jeneva, Boden va boshqalar koʻllar bor. Togʻ qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Mamlakat hududining 24% oʻrmon. Yassitogʻlik va togʻlarda kengbargli hamda ignabargli daraxtlar oʻsadi, baland togʻlar subalp va alp oʻtlokdari bilan qoplangan. Alp togʻlarida muzliklar bor (2 ming km2ga yaqin). Hayvonot dunyosi boy. Togʻlarda sut emizuvchilardan yovvoyi echki, suvsar, quyon, sugʻur, ayiq, tulki va boshqalar, parrandalardan burgut, karqur, togʻchumchuq, daryo va koʻl qirgʻoklarida baliqchi qush uchraydi, suvlarda turli xil baliqlar bor. Togʻlarda turizm, alpinizm, sportning qishki turlari bilan shugullanish uchun sharoitlar yaratilgan. Shveysariya milliy bogʻi, koʻplab rezervat va buyurtma qoʻriqxonalar bor.
 
Aholisi germanolmon-shveysariyaliklar, fransuz-shveysariyaliklar, italyanshveysariyaliklar va reto-romanlardan iborat. Italyan, nemis, ispan, fransuz, portugal va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tillar — nemis, fransuz, italyan va reto-roman tillari. Aholining 67,7% shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning aksariyati katolik va protestantlar. Yirik shaharlari: Syurix, Bazel, Jeneva, Bern, Lozanna.
 
 
== Tarixi ==