Belgiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 33:
B. muhim savdo va aloqa yullari chorrahasida joylashgan. U t. y. (3479 km) va avtomobil yoʻllari (14421 km) tarmogining zichligi jihatidan dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 1,7 ming lokomotiv, 1,8 ming yoʻlovchi tashiydigan va 27,3 ming yuk vagoni. 3,87 mln. yengil va 343 ming yuk avtomobili bor. B. hududidan 1500 km uzunlikdagi ikki daryo — Maas va Lis oqib oʻtadi, ularning yarmisida kemalar qatnaydi. Dengiz savdo flotida 69 kema bor. Asosiy portlari: Antverpen (dunyoda toʻrtinchi, Yevropada ikkinchi oʻrinda turadi, yillik aylanmasi 95 mln. tonna), BryuggeZebryugge, Gent, Ostende. Ichki suv yoʻllarining uz.~ 1515 km. "Sabena" milliy aviakompaniyasi 70 dan koʻproq xalqaro aviayoʻnalishga xizmat qiladi. Bryussel yaqinidagi "Zaventem" aeroporti toʻrt qigadagi deyarli barcha mamlakatlar poytaxtlari bilan bogʻlangan.
 
Chetga avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya sanoati mahsulotlari, dori-darmon, qora va rangli metallar, qimmatbaho toshlar, asosan brilliant chiqariladi. Chetdan asosan mineral mahsulotlar, neft, ruda, paxta tolasi, jun keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari — GermaniyaOlmoniya, Fransiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — B. franki.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==