Facebook: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ikhtiyor (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Ikhtiyor (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 19:
Facebook — dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri. Uni Mark Zukerberg Harvard universitetida oʻqib yurgan kezlarida — oʻquv yurti yotoqxonasidagi hamxonalari — Eduardo Saverin, Dastin Moskovits hamda Kriss Hyuzlar bilan birgalikda [[2004-yil]]da yaratishgan. Saytning butun dunyoda ommalashib ketgani bois, Mark Tsukerberg 23 yoshida sayyoramizning eng yosh milliarderi deya tan olindi.
 
== Tarixi ==
Facebookni yaratish fikri Mark Tsukerbergga Nyu-Hemshirdagi Philips Exeter Academy maktabida oʻqib yurgan kezlarida keladi. Oʻsha vaqtlarda maktabda har yili oʻquvchilarning rasmi va manzili qayd etilgan qoʻllanma chop etilardi. (Tom maʼnoda „yuz kitobi“, „yuz sahifasi“, „face book“). Harvardga oʻqishga qabul qilingan Tsukerberg oliy taʼlim muassasasi maʼmuriytiga analog tarmoq resursini yaratish gʻoyasi bilan chiqadi. Biroq taʼlim muasassasi bu inavatsion gʻoyani baʼzi sabablarga koʻra rad etdi.
Tsukerber 2003-yilning 28-oktabr kuni, Facemash internet sahifasi uchun kod yozadi va unda Harvard universiteti kompyuter tarmogʻiga kirib koʻchirib olingan, shaxsiy rasmlarni nashr qiladi. Facemashda 450 ta tashrif qayd etiladi va tashrif buyurvchilar Tsukerberg tomonidan qoʻyilgan, ikkita rasmni bir biriga qiyoslab, birini tanlash orqali 22 000 ta rasmni koʻrib chiqishadi. Sayt qisqa muddat ichida ommalashib ketadi, biroq Harvard maʼmuriyati tomonidan yopib qoʻyiladi. Tsukerbergni esa maʼmuriyat xavfsizlik qoidalarini buzishda, mualliflik huquqini poymol qilishda hamda insonning shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda ayblab, oʻqishdan haydashga qaror qiladi. Keyinchalik esa ayblov bekor qilinadi. Tsukerber ilk loyihasidayoq hammaning diqqat markaziga tushib qoladi. Facemashda boʻlib oʻtgan loyihani muhokama qilish maqsadida, oʻzining guruhdoshlariga alohida sayt yaratadi.