Niger: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Sociologist (munozara | hissa)
koʻrinishi
Qator 1:
{{Niger_info}}{{Maʼnolari|Niger (maʼnolari)}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{Maʼnolari|Niger (maʼnolari)}}
'''Niger''' (Niger), Niger Respubli-kasi (Republique du Niger) —Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Mayd. 1267 ming km2. Aholisi 10,63 mln. kishi (2002). Poytaxti — Niamey sh. Maʼmuriy jihatdan 7 departamentga, ular okruglarga, okruglar kommunalarga boʻlinadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
N. — respublika. Amaldagi konstitutsiyam 1999 y. 18 iyuldagi referendumda maʼqullangan. Konstitutsiyaga binoan, davlat boshligʻi — prezident. Qonun chiqaruvchi qokimiyatni Milliy majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
N. hududining koʻp qismi Sahroi Kabirda, bal. 200—500 m gacha boʻlgan plato. Eng baland joyi 2022 m (Air platosida, Idukaln-Tages togʻi), jan.-gʻarbi Niger daryosining oʻrta oqimidagi vodiy. N.da oltin, uran, qalay rudalari, volfram, niobiy, temir, koʻmir, fosforit, platina konlari bor. Chad kuli soyligida osh tuzi qatlamlari topilgan. N.ning shim. va shim.-sharqida iklim choʻl tropik, jan. va jan.-gʻarbida subekvatorialdir. Eng salqin oylari — dek., yanvarda oʻrtacha t-ra 20—24°, eng issiq oyi — mayda 32— 34°. Oʻrtacha yogʻin shim. va shim.-sharkda 100 mm dan kam, jan. va jan.-gʻarbda 600—800 mm. Jan.-gʻarbida mamlakatdagi yirikdaryo— Niger oqiboʻtadi. Jan. va jan.-gʻarbida akatsiya, baobab, dum-palma, qovun daraxti va b. oʻsadi. Shim. savanna va choʻl oʻsimliklaridan iborat. Yovvoyi xayvonlardan sher, fil, buyvol, jirafa, kiyik, chiyaboʻri, sirtlonlar bor. "Dubl-Be" ("W") milliy bogʻi tashkil etilgan.
 
 
== Aholisi ==
N.da aholining 50% ga yaqinini xausa elati tashkil etadi. Songay va jerma, kanuru va tubu, tuareg , fulba va b. ham yashaydi. Aholining taxm. 90% i islom diniga, bir qismi xristian diniga, qolganlari esa mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — fransuz tili. Asosiy shaharlari: Niamey, Agades, Zinder, Maradi, Taxva.
 
 
== Tarixi ==
Qator 28 ⟶ 21:
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Taraqqiyot jamiyati milliy harakati — Nassara, 1988 y. 2 avg .da tashkil etilgan; Demokratik va sotsi-al konvent, 1991 y.da tuzilgan; Demokratik tiklanish uchun mustaqil milliy ittifoq, 1996 y.da tashkil etilgan; Milliy ittifoq va taraqqiyot partiyasi — Salama; Demokratik va taraqqiyparvar vatanparvarlar itti-foqi partiyasi. N. mehnatkashlari kasaba uyushmalari birlashmasi, 1960 y.da asos solingan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 34 ⟶ 26:
 
Qishloq xoʻjaligi eng qoloq tarmoq qisoblanadi. Aholining 80% dan koʻprogʻi shu sohada band. Tovar mahsulotining asosiy qismini mayda anʼanaviy yarim natural dehqon xoʻjaliklari beradi. Niamey va uning atro-fida yirik mexanizatsiyalashgan xoʻjaliklar tashkil topa boshladi. De-hqonlarning oʻzaro yordam uyushmalari tashkil etildi. Yer yongʻoq, paxta, sholi yetishtiruvchi kooperativlar paydo boʻldi. Q. x. uchun yaroqli 15 mln. gektar yerdan (mamlakat hududining 12% ga yaqini) 42% haydaladigan va boʻz yerlar, 53% yaylov, 4% oʻrmon. Dehqonchilik mamlakat jan. va jan.-gʻarbida rivojlangan. Atigi 12 ming ga maydon sugʻoriladi, bu joylarda irrigatsiya inshootlari barpo etilgan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, nyebe, maniok, shuningdek, bugʻdoy, makkajoʻxo-ri, shakarqamish, batat va b. N.da koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik ustun. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, ot va eshak boqiladi. Savannalar qovjirashining oldini olish va yaylovlarni saqlab qolish uchun yangi oʻrmonlar barpo etilgan. Niger va Komadugu-Yobe daryolarida, Chad koʻlida baliq ovlanadi.
 
 
== Sanoati ==
Qator 40 ⟶ 31:
 
N.da t. y. yoʻq. Avtomobil yoʻllari uz. 19 ming km, shundan 3 ming km asfalt -. langan. Niger daryosida kemalar katnaydi. Niamey va Agadesda xalqaro aeroport bor. Chetga uran ekstraktlari, ti-rik mol va chorvachilik mahsulotlari, arahis yogʻi, paxta, sabzavot chiqaradi, chetdan neft mahsulotlari, don, transport vositalari va asbob-uskunalar keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Nigeriya, Jazoir. Pul birligi — Afrika franki.
 
 
== Tibbiy xizmati ==
Qator 52 ⟶ 42:
 
Mamlakat poytaxti va uning atrofida, xausa elati istiqomat qiladigan viloyatlarda bosma rangdor naqsh solingan charm buyumlar — xaltalar, egarjabduqlar, shippaklar, idishlar, hatto marjonlar yasaladi. Hamma joyda temirchilik, zargarlik, toʻquvchilik tarqalgan. Bronza va kumushdan qadama naqsh solingan pichoqlar, kumush bilaguzuklar va shokilalar, ot yuganlari tayyorlanadi. Kulolchilik buyumlari orasida botiq naqshli idishlar ajralib turadi. Rangdor (qizil, oq, zan-gori) gazlamalar, qovoq poʻstidan yasalgan idishlar ishlab chiqariladi.
 
 
== Teatri ==
Musulmon bayramlari kunlarida sayoq qiziqchilar qishloklarda yogʻoch qoʻgʻirchoqlarni oʻynatib, mashara-bozlik qilishlari qadimdan davom etib keladi. 20-a.ning 50-y.larida tashkil etilgan madaniyat markazlarida kichik teatr truppalari ishlay boshladi. Niameydagi madaniyat markazining direktori Dandobi Mahaman N.ning dastlabki dramaturglaridandir. Uning "Echkining sarguzashtlari" va "Kabrin Kabra afsonasi" kabi pyesalarini mamlakatning juda koʻp havaskorlik jamoalari sahnalashtirgan. 1964 y.dan buyen har yili oʻtkaziladigan yoshlar haf-tasida mamlakatning barcha viloyatlaridan kelgan drama va folklor truppalari musobaqalashishadi.
 
 
== Kinosi ==
N. mustaqillikka erishganidan keyin kino i. ch. rivojlana boshladi. 1962 y.da "Toʻy" deb atalgan birinchi film dunyoga keldi (rej. M. Alassan). Ushbu rej.ning "Ganjaning oʻlimi" degan multfilm i 1966 y. Dakarda oʻtka-zilgan Jahon afrikalik negrlar sanʼat va madaniyat festivalida sovrin oldi. Shundan keyin "Tovlamachining qaytishi", "Men — nefman", "Kabaskabo", "Uchrashuv", "Qora bulutlar", "Ziyoratchi", "Sexrgar", "Xotin, villa, mashina, pul" kabi filmlar yaratildi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{Niger_info}}
'''Niger ''' (Niger Respublikasi) poytaxti — [[Niamey]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
{{stub}}
 
[[Turkum:Afrika]]