Amerika Qoʻshma Shtatlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 43:
== Sanoati ==
AQSH milliy daromadining 66,3% sanoatda hosil qilinadi. Sanoat i.ch.ning yarmiga yaqini sanoat korporatsiyalari qoʻlida. Ular orasida: "Ekson", "Mobil", "Teksako", "Shevron", "Standard oyl of Kaliforniya", "Standard oyl of Indiana", "Galf oyl" neft, "Jeneral motore", "Ford motor", "Kraysler" avtomobil, "IBM", "Jeneral elektrik", "ITT" elektr mashinasozligi, "YU. S. Stil" poʻlat quyish, "Dyupon de Nemur" kimyo va b. korporatsiyalar bor. Harbiy sanoat korporatsiyalari orasida "Jeneral daynemiks", "Lokxid", "Makdonnel Duglas", "Grumman", "Xyuz eyrkraft" yetakchi oʻrinni egallaydi. Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft kimyosi, atom va energetika sanoati gʻoyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. Elektr energiyaning 74% issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1% GESlarda, 14,1% AESlarda hosil qilinadi. Neft (Meksika qoʻltigʻi sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va oltingugurt (Galf), kumir (Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori koʻl atrofi), fosforit (Florida), uran, rangli metallar, kaliy tuzlari va sh.k. qazib olinadi. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari — Chikago, Pittsburg , Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor, Filadelfiya. Alyuminiy sanoati Galf atrofida hamda Kolumbiya va Tennessi daryolari havzalarida joylashgan. Sanoatning yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik va metallsozlik. Sanoat va energetika asbob-uskunalari, qurilish va q.x. mashinalari i.ch. asosan shim.-sharqiy shtatlarda, elektrotexnika va aloqa vositalari i.ch. shim.-sharq va Kaliforniyada Yoʻlga qoʻyilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt sh. Samolyotlar, raketa va kosmik texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar asosan Los-Anjeles, San-Diyego, Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta va b. shaharlarda joylashgan. Kemasozlik (asosan harbiy kemasozlik) AQSH shim.sharqiy sohili portlarida rivojlangan. Atom sanoatining asosiy markazlari — Ok-Rij, Padyuka, Portsmut, Eyken, Xanford. Kimyo sanoati ximikatlar, plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk, loklar, kir yuvish vositalari, boʻyoqlar, maʼdanli oʻgʻitlar va sh.k.ni ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalari asosan shim.-sharqiy shtatlarda, Meksika qoʻltigʻi sohilidagi shaharlarda joylashgan. Harbiy sanoat asosan Kaliforniya, Nyu-York, Texas, Konnektikut, Missuri, Massachusets, Virginiya shtatlarida. Yengil sanoat tarmoqlaridan eng salmoklisi toʻqimachilik (koʻproq Shim. Karolina, Jan. Karolina va Jorjiya shtatlarida) va tikuvchilik (Nyu-York va jan. shtatlar). Charm-poyabzal sanoati yaxshi rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati oʻz xom ashyosi bilan yaxshi taʼminlangan. Uning yetakchi tarmoqlari — goʻsht, sut, un, yogʻ, qand-shakar, konserva, alkogolli, alkogolsiz ichimliklar, tamaki.
 
 
== Qishloq xoʻjaligi ==