Isfana oʻrta maktabi — versiyalar orasidagi farq

Til
(Til)
 
Maktab yili 1-sentabrdan mayning oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini tanlay olishmaydi. Oʻquvchilar 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. 1 kamdan-kam ishlatiladigan keskin oʻzlashtirmaganlik belgisi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻlishadi (masalan +4, −5), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.
 
== Dars oʻtish tili ==
Isfana oʻrta maktabida darslar [[oʻzbek tili|oʻzbek]] tilida olib boriladi. Oʻzbek tili bilan birga oʻquvchilar [[rus tili|rus]], [[qirgʻiz tili|qirgʻiz]] va [[ingliz tili|ingliz]] tillarini ham oʻrganishadi. Qirgʻizistonndagi boshqa koʻp millatli maktablardagidek, Isfana maktabida oʻzbek tilida oʻqitishning kelajali nomaʼlum boʻlib qolmoqda.<ref>{{cite news|last=Usmon|first=Sarvar|title=The fate of Uzbek-language schools in Kyrgyzstan is uncertain|url=http://www.ozodlik.org/content/article/24356551.html|accessdate=30 October 2012|newspaper=RFE/RL|date=11 October 2011|language=Uzbek}}</ref>
 
Keyingi paytda qirgʻiz rasmiylari oʻzbek tilini cheklashga va oʻzbek maktablarni majburan qirgʻizlashtirishga harakat qilishmoqda.<ref>{{cite news|title=Tajik, Uzbek schools should be shut, Kyrgyz MP says|url=http://www.universalnewswires.com/centralasia/kyrgyzstan/viewstory.aspx?id=11414|accessdate=22 February 2012|newspaper=Universal Newswires|date=17 February 2012}}</ref><ref>{{cite news|last=Wisniewski|first=Dan|title=Uzbek Language Disappearing In Kyrgyzstan|url=http://www.rferl.org/content/uzbek-minority-language-under-threat-in-kyrgyzstan/24725665.html|accessdate=9 October 2012|newspaper=RFE/RL|date=1 October 2012}}</ref><ref>{{cite news|last=Kasym|first=Elmurad|title=Removing Uzbek from Public Life|url=http://registan.net/2012/09/26/removing-uzbek-from-public-life/|accessdate=9 October 2012|newspaper=Registan|date=26 September 2012}}</ref><ref>{{cite news|last=Sherzod|title=What's the purpose? Increasing illiteracy? |url=http://www.ozodlik.org/content/article/24395783.html|accessdate=30 October 2012|newspaper=RFE/RL|date=19 November 2011|language=Uzbek}}</ref> Oʻzbek tilidagi darsliklar yetishmaydi va Qirgʻiziston davlati maktablarni mablagʻ yoʻqligini bahona qilib oʻzbekcha kitoblar bilan taʼminlashni istamaydi.<ref>{{cite news|title=Osh Mulls Ban on Uzbek-Language Schools|url=http://www.tol.org/client/article/22884-kyrgyzstan-education.html|accessdate=22 February 2012|newspaper=[[Transitions Online]]|date=8 December 2011|author=Bakyt Ibraimov|author2=Temir Akmatov}}</ref> Qirgʻiz rasmiylari oʻzbek oʻquvchilarining Oʻzbekistonda chiqqan kitoblardan foydalanishga keskin qarshi boʻlgani uchun hozirda koʻp maktablarda, shu jumladan Isfana oʻrta maktabida ham, aksar darslar oʻzbek tilida ammo qirgʻiz tilidagi darsliklardan foydalanib oʻtilmoqda.
 
== Eʼtiborga loyiq bitiruvchilar ==