Afina (shahar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 44:
== Afina sanoati ==
 
Afina — GretsiyaningYunonistoning asosiy sanoat markazi, mamlakatdagi temir yoʻl, avtomobil va havo yoʻllarining yirik tuguni. Xalqaro Elinikon aeroporti bor. Afinadan 8 km narida mamlakatning eng yirik dengiz porti — Pirey joylashgan. Katta Afina GretsiyaYunoniston umumiy sanoat mahsulotining 2/3 qismini beradi. Afinada toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn poyabzal, oziq-ovqat, kimyo, neftni qayta ishlash, sement, poligrafiya, metallsozlik va mashinasozlik (shu jumladan kemasozlik) sanoati korxonalari bor. Gilam, mebel, chinni buyumlar ishlab chiqariladi. Afina yirik savdo va moliya markazi. Afinada Fanlar akademiyasi (1926), koʻplab oliy oʻquv yurtlari, jumladan Afina universiteti (1837), bir qan-cha tarix, arxeologiya va badiiy muzeylar (Akropol, Agora, Vizantiya) bor. Shaharning asosiy qismi Akropol qoyasi bilan Likavittos balandliklari oʻrtasida boʻlib, yagona meʼmoriy reja asosida qurilgan. Shaharning eng qadimgi qismi miloddan avvalgi 7-asrda shakllangan. Shaharning Akropol atrofidagi qismi meʼmoriy va arxeologiya muzeyi sifatida saqlanmokda. Afinada Afina davlatining tarixiy yodgorliklari bor. Afinaning asosiy yodgorligi — Akropol bal. 156 m li qoyada joylashgan; Agora, Areopag va Pniks tepaliklari — ijtimoiy va siyosiy hayot markazlari. Akropolning bosh inshootlari: Propilei (miloddan avvalgi 437—432 yillar), Nike Apteros ibodatxonasi (miloddan avvalgi 420 yil), Erexteyon (miloddan avvalgi 421—406 yillar). Afinada Olimpiya Zevsi ibodatxonasi (miloddan avvalgi—2-asr milodiy), Lisikrat haykali (miloddan avvalgi 335 yil atrofida), „Shamollar minorasi“ (miloddan avvalgi 1-asr oʻrtalari) va b. ham saqlangan. Oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklaridan Ayos — Elefterios (11-asr), Agoradagi Ayi — Apostollar (11-asr) cherkovlari bor. Yangi inshootlardan — „Olimpiya“ teatri (1951), „Xiltonotel“ (1959—63) qurilgan. Afinada 1896 yil I Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.
 
 
== Qadimgi Afina ==
 
[[Yunoniston]] (hozirgi GretsiyaYunoniston) tarixi va madaniyatida muhim ahamiyatga ega boʻlgan shahar-davlat (polis). Afina Yunonistonning Attika deb atalgan togʻli joyida vujudga kelgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab yashagan. Attikaliklar Afina maʼbudiga sajda qilganlar. Attikadagi qishloklar birlashib Afina shahri vujudga kelgan (miloddan avvalgi 9—8-asrlar). Bu vaqtda (Gomer davri) harbiy demokratiya susayib, urugʻchilik munosabatlari yemirila boshlagan edi. Hokimiyatni urugʻ aristokratlari (evpatridlar) boshqarardilar. Mil. av. 7-asrda Ada evpatridlar siquvi kuchayib dehqonlar ahvoli ogʻirlashgan edi. Mil. av. 594 yilda savdogarlar aristokratiyasidan Solon arxont (hokim) boʻldi. U Afinada ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan oʻzgartiradigan islohotlar oʻtkazdi. Qarzlarni bekor qildi, qarz tufayli qul qilib sotishni taqiqladi, urugʻchilik munosabatlariga uzil-kesil zarba berdi. Siyosiy huquq va lavozimlar kishilarning mol-mulkiga qarab belgilanadigan boʻldi. Aristokrat naslidan boʻlgan Pisistrat oʻz tarafdorlari va yollanma askarlariga tayanib, miloddan avvalgi 560 yilda oʻzini Attika dehqonlarining dohiysi deb eʼlon qildi va Afina ning mustabid hokimi boʻlib oldi. Pisistrat oʻziga qarshi boʻlgan aristokratlarning yerlarini tortib olib dehqonlarga ulashib berdi, ularga davlat hisobidan pul qarz berishni joriy etdi. Pisistrat davrida Afinada savdo munosabatlari rivoj-landi, ibodatxona va b. qasrlar quril-di, suv quvuri oʻtkazildi. Pisistrat va uning oʻgʻillari saroyga eng yaxshi adiblarni toʻpladilar. Gomerning „Odisseya“ va „Iliada“ asarlari yozib olindi. Afina da dastlabki teatr vujudga keldi. Pisistrat vafot etgandan soʻng (miloddan avvalgi 527 yil) hokimiyat uning oʻgʻillari Gippiy va Gipparxga oʻtdi. Pekin mustabid hokimlik uzoq davom etmadi. Gipparx fitnachilar tomonidan oʻldirildi, Gippiy esa hokimiyatdan haydaldi (510 yil). Yirik savdogar va hunarmandlar vakili Klisfen xalq qoʻzgʻoloniga boshchilik qilib, hokimiyatni qoʻlga oldi (508 yil). U toʻrtta urugʻchilik okrugi oʻrniga unta hududiy okrug tashkil etdi. Shu bilan urugʻchilik jamoasi tuzumining soʻnggi qoldiqlariga barham berildi. Mil. av. 5-asr boshida yunon-fors urushlari boshlandi. Marafon jangit (miloddan avvalgi 490 yil) yunonlar forslarga qattiq zarba berdilar. 480 yil Kserksning juda katta qoʻshini Bolqon yarim oroliga bostirib kirdi. Salamin o. yonidagi dengiz jangida yunonlar gʻalaba qildilar. Afinada Egey dengizi davlatlarining birlashuvidan iborat Delos ittifoqi tuzildi. Bu ittifoq keyinroq A ning dengizdagi hukmronli-gini taʼmin etdi. Afina dan tashqariga vino, zaytun moyi, turli hunarmandchilik buyumlari chiqarilar, chetdan asosan, qullar, gʻalla va yogʻoch keltirilar edi. Afinada Perikl davri (miloddan avvalgi 5-asr oʻrtalari) qadimgi quldorlik demokratiyasining namunasi edi. Perikl qonuni boʻyicha hamma ozod aholi ishtirok etadigan Xalq majlisi — oliy organ hisoblanar va u barcha muhim davlat ishlarini muhokama qilardi, chek tashlash yoʻli bilan sayla-nadigan 500 lar kengashi davlatning maʼmuriy-nazorat organi hisoblanar, ijro etuvchi oliy hokimiyat 10 strateg kollegiyasi qoʻlida edi. „Perikl oltin asri“ deb atalgan yillar Afina madaniyatining eng yuksak darajada taraqqiy etgan davri boʻldi. Bu davrda Afinada tarixchi Gerodot, faylasuf Anaksagor, haykaltarosh Fidiy, Esxil, Sofokl va Yevripid kabi adiblar yashagan, katta-katta imoratlar — qasrlar vujudga kelgan. Meʼmorchilik ustalari — Iktin va Kallikratlar Fidiy rahbarligida Afina maʼbudasi ibodatxonasi — Larfenonii bunyod etganlar. Bu kasr kdd. meʼmorlik madani-yatining eng yaxshi namunalaridan biri boʻlib qoldi. Oʻsha vaqtlarda Afina yozuvchilarining tili (attika lahjasi) keng tarqalgan va ellinistik davlatlarda adabiy til hisoblangan. Periklning butun Yunonistonni Afina ga boʻysundirishga qaratilgan tashqi siyosati yunonlar davlatidagi boshqa guruhlarning qarshiligiga duch keldi. Bu guruxlar orasida Sparta boshchi-ligidagi Peloponnes ittifoqiniyat eʼtibori baland edi. Peloponnes ittifoqi demokratik tartibga qarshi oligarxiya tartibini yoklab chiqdi. Oʻrtadagi qarama-qarshilik butun Yunoniston uchun halokatli boʻlgan Peloponnes urushini (miloddan avvalgi 431—404) keltirib chiqardi. Urushda magʻlubiyatga uchragan Afina oʻzining Yunonistonda tutgan yetakchilik mavqeini yoʻqotdi. Lekin bu magʻlubiyatdan soʻng ham Afina davlati yana ancha vaqtgacha qadimgi dunyo madaniyatining eng yirik markazlaridan biri boʻlib keldi. Mil. av. 338 yil Makedoniya podshosi Filipp II Xeroneyadagi jangdan soʻng Yunonistonni oʻziga boʻysundirdi. Afina bilan Rim imperiyasi oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlari miloddan avvalgi 88 yil gacha davom etib keldi. 86 yilning 1-martida rimliklar Afinani bosib oldilar, koʻpgina bino va qasrlar vayron qilindi. Ammo Rim sarkardasi Sulla Afinaning oʻtmishdagi shuhratini eʼtiborga olib, unga „ozodlik“ inʼom etdi.
Mil. av. 27 yil butun Yunoniston Rim imperiyasining mustamlakasiga aylandi. Shunda ham Afina oʻz-oʻzini mustaqil idora etar, Rim noibiga itoat etmas, soliqtoʻlamas edi. Afina ilmiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini yoʻqotmadi, badavlat rimliklar shu yerga kelib maʼlumot olar edilar. Rim imperatorlarining baʼzilari, ayniqsa, Adrian Afinaga alohida ahamiyat berib, unda kurkam imorat, ibodatxonalar qurdirgan, kutubxona va gimnaziyalar tashkil etgan. Mil. 3-asrdan varvarlar istilosi boshlangandan keyin Afina uzil-kesil tanazzulga yuz tutdi. VizantiyaBizantiya imperiyasi barpo etilishi bilan Afina dagi sanʼat va madaniyatning buyuk yodgorliklari Konstantinopolga olib ketildi. 529 yilda Vizantiya imperatori Yustiniannit buyrugʻiga binoan Afinada oxirgi maktablar yopildi. Shu bilan qadimgi Afina madaniy tarixi tugadi.
 
== Afina sanʼati ==