Shayxontohur tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Xusinboy Bekchanov Shayxontohur sahifasini Shayxontohur tumaniga koʻchirdi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Shayxontohur tumani''' — T. dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929 y. Oktyabr tumani nomi bilan tuzilgan. 1992 y.da Shayxontohur (Shayx Xovandi Tohur) tumani deb oʻzgartirilgan. 1978 y.dan hoz. chegarada. Shim.gʻarbda Zangiota tumani, shim.da Sobir Rahimov, shim.sharkda va sharqda Yunusobod, jan. da Chilonzor va Yakkasaroy, gʻarbda Akmal Ikromov tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 2,73 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 0,832 ming ga. Aholisi 263,1 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 622 ta. Asosiy magistrallari: Abdulla Qodiriy, Navoiy, Uzbekistan, Beruniy shohkoʻchalari, Furqat, Uygʻur, Samarkand darvoza koʻchalari. Xalqlar doʻstligi, Xadra, Chorsu, Otstepa maydonlari, 48 ta mahalla bor.
{{birlashtirish|Shayx xovandi tohur}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
Tumanda 3379 korxona va tashkilot mavjud. 9 sanoat korxonasi, shundan "Sharq guli" badiiy, Toshkent tikuvchilik, "Orzu" i. ch. birlashmalari, Toshkent matbaa kti, koʻnmoʻyna zdi va b. ishlab turibdi. 3069 kichik va oʻrta biznes subʼyektlari qayd etilgan. Sh. t. da 18 vazirlik, davlat qoʻmitalari va yirik idoralar, meʼmorlik va shaharsozlik bosh boshqarmasi, 11 loyihalash inti, Oʻzbekiston Respublikasi FAning Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Seysmologiya, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Mikrobiologiya intlari, Arxitektura va qurilish, kimyotexnologiya intlari, 16 oʻrta maxsus oʻquv yurti, 42 umumiy taʼlim maktabi va b. muassasa, tashkilotlar bor. 10 ta oilaviy va stomatologiya shifoxonasi, 18 poliklinika va ambulatoriya, 8 kasalxona xizmat koʻrsatadi. Mustaqillik yillarida tuman hududida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Islom universiteta, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unti qoshidagi akademik litsey qurildi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, "Chorsu" savdo markazi binolari hamda Eski joʻva bozori kayta taʼmirlandi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Shayxontohur''' 1) oʻtmishda Toshkentdagi daha nomi. Shaharning sharqiy qismida (hoz. Shayxontohur tumani hududining bir qismi) joylashgan. Toshkentning 4 dahasidan biri. Sh. hudud jihatdan eng katta, shu bilan birga eng yosh daha hisoblangan. Shim. dan Sebzor (Jangob arigʻidan), jan.gʻarbdan Beshyogʻoch, gʻarb va shim.gʻarbdan Koʻkcha daxalari bilan chegaralangan. Yassaviya tariqati shayxlaridan Shayx Xovandi Tohur nomidan olingan. Sh. daqasi dastlab Shayx Xovandi Tohur meʼmoriy majmuasi (15—16-a.lar) atrofida shakllana boshlagan. 18-a.ning 80y.larida Yunusxoʻja hokimligi davrida Sh. dahasida yangi mudofaa devorlari bilan oʻralgan kichik oʻrda qurilgan. 19-a. boshida Qoʻqon xoni Olimxon Toshkentni egallagan paytda bu oʻrda buzilib, daha hududiga oʻtgan. Anqor kanali chap sohilida yangi oʻrda bunyod etilgan (19-a.ning 30y.larida). Daha yerlari Anhordan bosh olgan ariqlardan sugʻorilgan. Toshkentning 19a. oʻrtalaridagi 12 darvozasidan 3 tasi (Qoʻymas, Qoʻqon va Qashqar) Sh.da joylashgan; 70 masjid, 3 Madrasa, koʻplab karvonsaroylar, tegirmonlar boʻlgan. Sh. 64 ta maqalladan tarkib topgan. Eski juva (Chorsu) bozorining bir qismi ham Sh.ga qaragan. Daha aholisi, asosan, degrezlik, egarchilik, gazmol toʻqish va b.; shahar atrofidagi Yalangʻoch, Qorasuv, Oqqoʻrgʻon, Darxon, Boʻz, Shoʻrtepa, Posira va b. mavzelarda joylashgan dala xrvlilarida esa dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanganlar; 2) Toshkent sh.dagi tumanlardan biri (q. [[Tashkent]]).
 
Eng yirik guzarlari: "Gulzor", "Ipakchi", "Koʻkcha", "Islomobod". Tumanda "Yangi Kamolon", "Huvaydo", "Bogʻkoʻcha", "Choʻponota", "Ipakchi" mahallalarida katta sport maydonlari mavjud. 562 oziq-ovqat, 346 sanoat mollari doʻkonlari, 174 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, "Chorsu" savdo markazi tuman aholisiga xizmat koʻrsatadi.
== Adabiyot ==
* Mallitskiy N. G., Toshkent mahalla va mavzelari, T., 1996; Muhammadjonov A. R., Qadimgi Toshkent, T., 2002.
 
Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Abror Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri, Satira teatri, Rus yosh tomoshabinlar teatri, sirk,"Sanʼat saroyi", "Oʻzkoʻrgazmasavdo" saroyi, 9 madaniyat uyi va muassasasi, Kino uyi, 22 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr va b., "Paxtakor" stadioni, "JAR" sport majmui, "Sharq", "Xadra", "Yoshlar uyi", "Sun Shine Tyron" mehmonxonalari ishlab turibdi. Tuman hududida meʼmoriy yodgorliklaridan Koʻkaldosh madrasasi (16-a.), Yunusxon (15-a.), Shayx Zayniddinbobo (13—14alar) maqbaralari saklangan.
Mashxura Sharipova.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
'''Shayxontohur''' - [[Toshkent]]dagi rayon nomi
 
{{Toshkent tumanlari}}