Rossiya gerbi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
"Россия гербидаги иккибошли бургут сурати асли Византия империясидан мерос бўлган. М..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi |
Amir.Temur (munozara | hissa) Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
{{Vikify}}
Rossiya gerbidagi ikkiboshli burgut surati asli Vizantiya imperiyasidan meros boʻlgan. Mazkur burgut Vizantiyada hukmronlik qilgan Paleolog imperatorlari sulolasi ramzi hisoblangan. Ivan III Sofya Paleologga uylanganidan soʻng, davlat ramzidagi ilonni yanchiyotgan Georgiy Pobedonoses tasviri ikkiboshli burgutga almashilgan. Bu tanazzullikka uchragan Vizantiya imperiyasi qudratining Rus davlatiga meros qoldirganining timsoli edi. Rus davlatini Ivan III boshqargan davrda ikkiboshli burgut knyaz oliylari muhridan oʻrin egallagan. Ivan Grozniy hukmronligi paytida esa ikkiboshli burgut birinchi bor davlat gerbi sifatida qabul qilingan. Keyinchalik burgut koʻkragiga Moskva va Moskva knyazligi timsoli boʻlmish Georgiy Pobedonoses tasviri joylantirilgan.
Podshoh Aleksey Mixaylovich Romanov davrida burgut tasviri davlat ramzi — skipetrga tushirilgan va bu hokimyatning ajralmas atributi sanalgan. Pyotr I davrida burgut qora rangda boʻlgan. Imperator Pavel I hukmronligi chogʻida esa burgut gerbiga Maltiya kresti (xochi) joylashtirilgan.
Oʻtgan asr boshidagi Fevral inqilobidan soʻng ikkiboshli burgut gerbi oʻz ahamiyatini yoʻqotadi. 1918 yili yangi davlat gerbi qabul qilinib, unda oʻroq va bolgʻa tasviri aks topgandi.
Rossiya Federatsisining hozirgi davlat gerbi 1993 yili qabul qilingan. Unda oltin rangida ikkiboshli burgut ramzi tasvirlangan. Dior.production)
|