Rossiya gerbi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{VikifyWikify}}
Rossiya gerbidagi ikkiboshli burgut surati asli Vizantiya imperiyasidan meros boʻlgan. Mazkur burgut Vizantiyada hukmronlik qilgan Paleolog imperatorlari sulolasi ramzi hisoblangan. Ivan III Sofya Paleologga uylanganidan soʻng, davlat ramzidagi ilonni yanchiyotgan Georgiy Pobedonoses tasviri ikkiboshli burgutga almashilgan. Bu tanazzullikka uchragan Vizantiya imperiyasi qudratining Rus davlatiga meros qoldirganining timsoli edi. Rus davlatini Ivan III boshqargan davrda ikkiboshli burgut knyaz oliylari muhridan oʻrin egallagan. Ivan Grozniy hukmronligi paytida esa ikkiboshli burgut birinchi bor davlat gerbi sifatida qabul qilingan. Keyinchalik burgut koʻkragiga Moskva va Moskva knyazligi timsoli boʻlmish Georgiy Pobedonoses tasviri joylantirilgan.
Podshoh Aleksey Mixaylovich Romanov davrida burgut tasviri davlat ramzi — skipetrga tushirilgan va bu hokimyatning ajralmas atributi sanalgan. Pyotr I davrida burgut qora rangda boʻlgan. Imperator Pavel I hukmronligi chogʻida esa burgut gerbiga Maltiya kresti (xochi) joylashtirilgan.