Oʻzgaruvchi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Oshiqcha matn munozaraga olindi
Tarixi
Qator 1:
'''Oʻzgaruvchi''' — [[matematika]]da berilgan masala yoki amallar koʻlami ichida oʻzgaruvchi qiymat, har xil qiymatlar qabul qiladigan miqdor. ''Oʻzgarmas'' yoki ''konstanta'' boʻlsa oʻzgarmaydigan qiymat. Oʻgaruvchi va oʻzgarmas tushunchalari matematikaning koʻp nazariy va amaliy sohalarida ishlatiladi. Oʻzgaruvchi tushunchasi yana [[tabiiy fanlar]], [[texnika]] va [[dasturlash]] kabi sohalarda keng qoʻllaniladi. Oʻzgaruvchilarga misol qilib havo [[harorat]]ini yoki matematik [[funksiya]] parametrini keltirish mumkin. Oʻzgaruvchi olishi mumkin boʻlgan qiymatlarga qarab xarakterlanadi.
 
Oʻzgaruvchilar ''erkli oʻzgaruvchilar'' va ''erksiz oʻzgaruvchilar'' boʻlib ikkiga boʻlinadi. Erkli oʻzgaruvchilar turli qiymatlarni erkin ola oladi. Erksiz oʻzgaruvchilar boʻlsa sistemadagi boshqa qiymatlar oʻzgarishi sabab oʻzgaradi xolos.
 
Matematikada oʻzgaruvchilar odatda bir qismli belgilar bilan ifodalanadi. [[Fransiya|Farang]] [[falsafa|faylasufi]] [[Rene Dekart]]dan oʻrnak olib [[alifbo]] boshidagi harflar konstantalarni, alifbo oxiridagi harflar boʻlsa oʻzgaruvchilarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. Masalan, ''a'', ''b'', ''c'' harflari odatda konstantalarni, ''x'', ''y'', ''z'' va ''t'' harflari oʻzgaruvchilarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. [[Tipografiya]]da konstantalar va oʻzgaruvchilar odatda [[kursiv]] bilan (qiya) yoziladi.
 
== Tarixi ==
[[Oliy matematika]] asoschilari [[Rene Dekart]], [[Gottfried Leibniz]], [[Isaac Newton]], [[Pyer Ferma]] va boshqa olimlarning ilmiy ishlaridan boshlab oʻzgaruvchi deganda oʻzgarish jarayonida turlicha qiymatlarni olishi mumkin boʻlgan muayyan bir kattalik tushunilgan.<ref>{{cite encyclopedia
|last=
|first=
|authorlink=
|editor-first=
|editor-last=
|editor-link=
|encyclopedia= Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
|title= Oʻzgaruvchi
|trans_title=
|url=
|accessdate=
|language=
|edition=
|date=
|year= 2000-2005
|month=
|publisher=
|volume=
|location= Toshkent
|id=
|isbn=
|oclc=
|doi=
|pages=
|quote=
|ref=
}}</ref>
 
Oʻzgaruvchi tushunchasi dastlab harfiy belgilashlar rasm boʻlgandan soʻng analitik [[geometriya]], [[Differensial hisob|differensial]] va [[integral hisob]] yaratila boshlagan davrda maʼlum jarayon davomida oʻzgaradigan miqdorni ifodalab, oʻzgarmas miqdor (''konstanta'')ga qarama-qarshi qoʻyilgan. Bunday maʼnoda talqin qilingan oʻzgaruvchi tushunchasi matematikada [[dialektika|dialektik]] rol oʻynab, [[matematik analiz]]da, shuningdek, [[mexanika]] va [[fizika]] masalalarini matematik tahlil qilishda qulaylik tugʻdirgan.
 
== Erkli va erksiz oʻzgaruvchilar ==