Boris Pasternak — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
k (f-t → fakultet)
[[Fayl:Boris Pasternak cropped.jpg|thumbnail|Pasternak Boris Leonidovich]]
'''Pasternak Boris Leonidovich''' [1890.29.1(10.2), Moskva - 1960.30.5, Moskva viloyati Peredelkino qishlogʻi] — rus shoiri. Sanʼatkor oilasida tugʻilgan. Bolalik va yoshlik yillarida tasviriy sanʼat va musiqa kompozitsiyasi bilan qiziqqan. 1909 y. musiqachilik kasbidan voz kechib, Moskva universitetining tarix-falsafa fakultetiga oʻqishga kirgan. 1912 y. Germa-niyaga borib, Mar-burg universitetida bir semestr oʻqigan. Ammo koʻp oʻtmay, faylasuflik istiqbolidan ham voz kechib, sheʼriyat bilan shugʻullana boshlagan. "Bulutlar orasidagi egizak" (1914) nomli birinchi sheʼriy toʻplami nashr etilgan. 1917 y. toʻntarishi arafasida u futuristlar bilan aloqa oʻrnatib, ular taʼsiriga beriladi. Biroq boshqa futuristlardan farqdi oʻlaroq, P. oʻtmish va "eski" madaniyatdan yuz oʻgirmay, 19-a. rus (M.Yu. Lermontov, F.I.Tyutchev) va nemis (R.M.Rilke) falsafiy li-rikasi anʼanalarini davom ettiradi. "Hayot mening hamshiram" (1917) sheʼrida P. sheʼriyatining muhim xususiyatlaridan biri — tabiat olami, hayot bilan uzviylik ilk bor koʻzga tashlanadi. 20-y.lardan boshlab P. sheʼriyatida li-rikadan epos sari intilish tamoyili seziladi va u "Toʻqqiz yuz beshinchi yil", "Leytenant Shmidt" dostonlarida lirik tafakkurdan epik tafakkurga oʻta boshlaydi. P. urush va inqiloblar davridagi inson taqdiriga ba-gʻishlangan "Samoviy yoʻllar" (1924— 33) nasriy kitobi hamda "Sikorskiy" sheʼriy romanida voqeiy syujetga qarshi oʻlaroq tabiat olami va muhabbat bilan bogʻliq syujetni oʻrtaga tashlaydi. P. bu asarlarida inqilob oldida turgan yuksak maqsadni tan olgani holda maqsadga erishishning inqilobiy zulm va zoʻravonlik yoʻlini keskin inkor etadi. 30-y.larning oʻrtalarida — 40-y.larda yaratgan asarlarida ("Sanʼatkor", 1936; "Barvaqt yurgan poyezdlar", 1931) P. obrazlar tizimini soddalashtirib, rus klassiklariga xos "ravshan uslub"ga oʻta boshlagan.
 
== Manbalar ==
* Stixotvoreniya i poemi, M.—L., 1965;Vozdushnie puti. Proza raznix let, M., 1982.
 
Naim Karimov.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
2 202

ta tahrir