Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Nashriyot: Manba qo'shdim
Oshiqcha linkni o'chirdim
Qator 37:
O‘zMEning 1-jildi 2000-yilda nashrdan chiqdi. O‘zME 1-jildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti [[Islom Karimov]]ning „O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi o‘quvchilari“ga yo‘llagan tabrigi bilan boshlangan. Ensiklopediyaning umumalifbo harfidagi so‘nggi 11-jildining nashri 2005-yilda yakunlandi. Ensiklopediya hozirgi „O‘zbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida bosilgan.
 
Ensiklopediyani tayyorlashda besh mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashgan. O‘zMEning 1-11-jildlarida umumiy hajmi 1600 [[nashriyot-hisob tabog‘i]]ni tashkil etgan qariyb 50 ming maqola berilgan.<ref name="Мир энциклопедий">{{cite web|title=В 2012 году «Узбекская национальная энциклопедия» выпустила 15 изданий|url=http://www.encyclopedia.ru/news/enc/detail/46964/|work=Мир энциклопедий|accessdate=04.02.2014|date=07.01.2013}}</ref> Buning 40 foizdan ziyodi (20 mingdan ortig‘i) O‘zbekiston mavzusiga bag‘ishlangan. Umumbashariy maqolalarning ham anchagina qismi O‘zbekiston bilan uzviy bog‘liq holda yoritilgan.
 
O‘zME 1-11-jildlarida faqat [[adabiyot]] sohasidan 56,124 muallif tabog‘ida 1538 ta maqola (12-jildda bu sohadan 10,3 muallif tabog‘idagi hajmda) maqola o‘rin olgan. [[Tilshunoslik]] sohasidan 22,162 muallif tabog‘i hajmida 538 ta maqola, [[madaniyat]] va [[sanʼat]] sohasidan 94,19 muallif tabog‘ida 4000 dan ziyod maqola berilgan.
Qator 52:
== Nashriyot ==
{{main|Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti}}
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasini [[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti]] tayyorlagan. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti soha [[ensiklopediya]]lari, izohli va ko‘p tilli [[lug‘at]]lar, maʼlumotnomalar tayyorlaaydi va nashr etadi.<<ref>{{cite web|title=За 2012 год в издательстве национальной энциклопедии выпущена литература 15 наименований Read more: http://www.12news.uz/news/2013/01/07/%d0%b7%d0%b0-2012-%d0%b3%d0%be%d0%b4-%d0%b2-%d0%b8%d0%b7%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b5-%d0%bd%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%be%d0%bd%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%be%d0%b9-%d1%8d/#ixzz2sKWiPpqu|url=http://www.12news.uz/news/2013/01/07/%D0%B7%D0%B0-2012-%D0%B3%D0%BE%D0%B4-%D0%B2-%D0%B8%D0%B7%D0%B4%D0%B0%D1%82%D0%B5%D0%BB%D1%8C%D1%81%D1%82%D0%B2%D0%B5-%D0%BD%D0%B0%D1%86%D0%B8%D0%BE%D0%BD%D0%B0%D0%BB%D1%8C%D0%BD%D0%BE%D0%B9-%D1%8D/|work=12news.uz|accessdate=04.02.2014|date=07.01.2013}}</ref> Dastlab O‘zbekiston hukumatining „O‘zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasini tashkil etish haqida“gi qarori (1968-yil 18-yanvar) bilan Toshkentda [[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi]] tarikibida (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining 1965-yil tuzilgan ensiklopediya bo‘limi negizida) O‘zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi nomi bilan tashkil etilgan. 1990-yildan 1997-yilga qadar „Qomuslar Bosh tahririyati“ deb yuritilgan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 154-sonli qarori bilan „O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyotiga aylantirilgan. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi qarori asosida nashriyotga [[Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti]] va [[Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti]] qo‘shilishi munosabati bilan qayta tashkil etilgan. Nashriyotning asosiy faoliyati jamiyat hayotining barcha sohalari bo‘yicha ensiklopedik nashrlar, lug‘atlar, maʼlumotnomalar, [[o‘zbeklar]]ning tarixiy, madaniy merosi, qadriyatlari, [[tibbiyot]]i, [[sport]] va boshqa nashrlarga bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirishdan iborat.