Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Tarixi: Manba qo'shdim
Manbalarni kengaytirdim
Qator 22:
 
== Tarixi ==
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi [[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti]] tomonidan nashr etilgan. 1996-yil 4-sentabrda [[O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi]] „O‘zbekiston Respublikasi Qomusini nashr etish to‘g‘risida“ qaror qabul qilgan.<ref name="O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida">{{cite web|title=O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida|url=http://ensiklopediya.uz/ensiklopediauz.html|work=O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti|accessdate=04.02.2014}}</ref> Shu qaror asosida universal ensiklopediyaning soha soʻzliklarini tuzishga kirishib, [[mezon]]lar ishlab chiqilgan.

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martda „O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida“ 154-qarori qabul qilingach, bu ishni amalga oshirishga kirishilgan.<ref name="O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida"/> Qarorda 12 jildli universal O‘zMEning ilmiy-nazariy va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi belgilab berilgan. Shu qaror asosida O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tuzilgan.
 
O‘zMEning mazmun va mundarijasini belgilashda jahon qomuschiligi anʼanalaridan va mamlakatda orttirilgan ijobiy tajribalaridan foydalanilgan. O‘zME maqsadi va vazifalari uning 1-jildi [[muqaddima]]sida bayon qilingan.
Qator 35 ⟶ 37:
O‘zMEning 1-jildi 2000-yilda nashrdan chiqdi. O‘zME 1-jildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti [[Islom Karimov]]ning „O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi o‘quvchilari“ga yo‘llagan tabrigi bilan boshlangan. Ensiklopediyaning umumalifbo harfidagi so‘nggi 11-jildining nashri 2005-yilda yakunlandi. Ensiklopediya hozirgi „O‘zbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida bosilgan.
 
Ensiklopediyani tayyorlashda besh mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashgan. O‘zMEning 1-11-jildlarida umumiy hajmi 1600 [[nashriyot-hisob tabog‘i]]ni tashkil etgan qariyb 50 ming maqola berilgan.<ref name="В 2012 году «Узбекская национальная энциклопедия» выпустила 15 изданий">{{cite web|title=В 2012 году «Узбекская национальная энциклопедия» выпустила 15 изданий|url=http://www.encyclopedia.ru/news/enc/detail/46964/|work=Мир энциклопедий|accessdate=04.02.2014|date=07.01.2013}}</ref> Buning 40 foizdan ziyodi (20 mingdan ortig‘i) O‘zbekiston mavzusiga bag‘ishlangan. Umumbashariy maqolalarning ham anchagina qismi O‘zbekiston bilan uzviy bog‘liq holda yoritilgan.
 
O‘zME 1-11-jildlarida faqat [[adabiyot]] sohasidan 56,124 muallif tabog‘ida 1538 ta maqola (12-jildda bu sohadan 10,3 muallif tabog‘idagi hajmda) maqola o‘rin olgan. [[Tilshunoslik]] sohasidan 22,162 muallif tabog‘i hajmida 538 ta maqola, [[madaniyat]] va [[sanʼat]] sohasidan 94,19 muallif tabog‘ida 4000 dan ziyod maqola berilgan.
 
O‘zME har bir jildida 125-130 nashriyot-hisob tabog‘ida material berilgan. Bundan tashqari 800-1200 atrofida bezaklar: rangli va oq-qora [[surat]]lar, [[xarita]]lar o‘rin olgan.<ref name="В 2012 году «Узбекская национальная энциклопедия» выпустила 15 изданий"/> Har bir jildni tayyorlashda 800 dan ziyod mualliflar, taqrizchilar qatnashgan.
 
O‘zMEning 12-jildi maqolalari faqat O‘zbekiston haqidadir. 12-jildiga kiritilgan maqolalar, oldingi jildlardagi kabi alifbo tartibida emas, muayyan mavzu bo‘yicha joylashtirilgan. Kitob shartli ravishda 17 bo‘limga bo‘lingan. Har bir bo‘lim o‘zining mohiyatidan kelib chiqib boblarga, ular esa bandlarga ajratilgan. Shu tarzda ensiklopediya bo‘limlaridan muayyan mavzuni ochib beradigan, bir tizimga solingan batafsil axborotlar berilgan. Bu jildda mamlakat tarixi mustaqillik yillarida qabul qilingan davrlashtirish asosida eng qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha [[Xronologiya|xronologik]] tarzda izchil yoritilgan. Ensiklopediya sahifalaridagi maqolalarda mamlakatning bugungi kundagi hayoti, [[oʻzbeklar]]ning bunyodkorlik mehnati va yutuqlari haqida maʼlumot berilgan. Ushbu jildda tegishli maqolalarga monand 800 dan ziyod rangli, oq-qora surat, xarita va boshqa bezaklar bor.
Qator 50 ⟶ 52:
== Nashriyot ==
{{main|Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti}}
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasini [[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti]] tayyorlagan.<ref O‘zbekistonname="За milliy2012 ensiklopediyasiгод Davlatв ilmiyиздательстве nashriyotiнациональной sohaэнциклопедии [[ensiklopediya]]lari,выпущена izohliлитература va15 ko‘p tilli [[lug‘at]]lar, maʼlumotnomalar tayyorlaydi va nashr etadi.<refнаименований">{{cite web|title=За 2012 год в издательстве национальной энциклопедии выпущена литература 15 наименований|url=http://www.12news.uz/news/2013/01/07/%D0%B7%D0%B0-2012-%D0%B3%D0%BE%D0%B4-%D0%B2-%D0%B8%D0%B7%D0%B4%D0%B0%D1%82%D0%B5%D0%BB%D1%8C%D1%81%D1%82%D0%B2%D0%B5-%D0%BD%D0%B0%D1%86%D0%B8%D0%BE%D0%BD%D0%B0%D0%BB%D1%8C%D0%BD%D0%BE%D0%B9-%D1%8D/|work=12news.uz|accessdate=04.02.2014|date=07.01.2013}}</ref> O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti soha [[ensiklopediya]]lari, izohli va ko‘p tilli [[lug‘at]]lar, maʼlumotnomalar tayyorlaydi va nashr etadi.<ref name="За 2012 год в издательстве национальной энциклопедии выпущена литература 15 наименований"/> Dastlab O‘zbekiston hukumatining „O‘zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasini tashkil etish haqida“gi qarori (1968-yil 18-yanvar) bilan Toshkentda [[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi]] tarikibida (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining 1965-yil tuzilgan ensiklopediya bo‘limi negizida) O‘zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi nomi bilan tashkil etilgan. 1990-yildan 1997-yilga qadar „Qomuslar Bosh tahririyati“ deb yuritilgan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 154-sonli qarori bilan „O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyotiga aylantirilgan. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi qarori asosida nashriyotga [[Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti]] va [[Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti]] qo‘shilishi munosabati bilan qayta tashkil etilgan. Nashriyotning asosiy faoliyati jamiyat hayotining barcha sohalari bo‘yicha ensiklopedik nashrlar, lug‘atlar, maʼlumotnomalar, [[o‘zbeklar]]ning tarixiy, madaniy merosi, qadriyatlari, [[tibbiyot]]i, [[sport]] va boshqa nashrlarga bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirishdan iborat.