Chavgon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
'''Chavgon''' (fors. — uchi egri tayoq) — otda oʻynaladigan jamoaviy sport oʻyini. Qad. Sharqda Ch. chorvadorlar oʻyini sifatida paydo boʻlgan. Keyinroq otliq askarlarning mashgʻulotiga aylangan. Sharq xalqlari Ch. toʻpini "goʻy", egri tayogʻini "chavgon" deyishgan. Shu bois bu oʻyin "goʻychavgon" deb ham atalgan. Bu tarixiy qoʻlyozmalarda oʻz ifodasini topgan. Maxmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk", Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Abdurazzoq Samarqandiyning "Majlai saʼdayn va majmai bahrayn", Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari va b. manbalarda Ch. oʻyiniga oid kimmatli maʼlumotlar bor. Ayniqsa, Abdulqosim Firdavsiyning "Shohnoma", Unsur alMaoliyning "Qobusnoma" asarlarida Ch. oʻyini mufassal berilgan. 16-a. miniatyura maktabiga mansub nomaʼlum musavvirning "Chavgon oʻyini" asarida bu oʻyinning qizgʻin lahzasi tasvirlangan. Abu Abdulloh Rudakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy Ch. oʻyinidan ilhomlanishgan va ajib oʻxshatishlar yaratishgan. Bu anʼana Sharq adabiyotida hamon davom etib keladi. Yozuvchi Primqul Qodirovning "Humoyun va Akbar" tarixiy romani boburiy malikalarning Ch. oʻyiniga tayyorgarligini tasvirlashdan boshlanadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Ch. oʻyini aynan boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng ommalashgan.
 
1850 y.da Hindistonda xizmat qilayotgan ingliz otliq askarlari Ch. oʻyiniga qiziqib qolishgan va dastlabki musobaqalarni oʻtkazishgan. 1871 y.da Buyuk Britaniyada Ch. (polo) musobaqasi tashkil qilingan. Shu tariqa Ch. oldin Yevropa, keyin Amerika davlatlariga tarqalgan. 1900, 1904, 1920, 1924 va 1936 y.larda boʻlgan olimpiada oʻyinlari dasturidan ham joy olgan. Zamonaviy Ch. oʻyini (hoz. koʻplab davlatlarda "polo" deb ataladi) maydonning oʻlchami 274x182 m, yogʻochdan tayyorlanadigan toʻpining diametri 8 sm, ogʻirligi 120—135 g , ikki yondagi darvozalarining eni 8 m dan, oʻyin vaqti 56 min. (7 min.dan 8 boʻlim). Musobaqalashayotgan ikki jamoadagi 4 tadan otliq oʻyinchi qoʻllaridagi uchi egri tayoq (klyushka) yordamida toʻpni raqib darvozasiga kiritishga harakat qiladi. Oʻyinchilarga uchrashuv davomida otlarini oʻzgartirishlariga ruxsat etiladi. Hoz. kunda Ch. oʻyini Ozarbayjon, Fransiya, Argentina, AQSH, Meksika, Buyuk Britaniya, Italiya davlatlarida rivojlangan.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->