Mongoliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Mongoliya''' (Mongol Uls) - Markaziy Osiyoda joylashgan davlat. Mayd. 1565 ming km2. Aholisi 2 mln. 655 ming kishi (2001). Poytaxti — Ulan-Bator sh. Maʼmuriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoklar somon (tuman)larga boʻlinadi. Ulan-Bator, Darxan va Er-denet sh.lari mustakil maʼmuriy birlik boʻlib, bevosita markaziy hokimiyat organlariga boʻysunadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
M. — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 y. 13 yanvarda qabul qilingan va 12 fevralda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (1997 y. dan Nadagiyn Bagabandi), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi, ya na bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Buyuk davlat xurali (parlament) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni hukumat boshqaradi. Hukumat bosh vazirning taklifiga binoan, prezident bilan kelishilgan holda Buyuk davlat xurali tomonidan tuziladi. Vazirlar mahkamasi boshligʻining nomzodini prezident Buyuk davlat xurali muhrkamasiga taqdim etadi.
 
 
== Tabiati ==
Qator 16 ⟶ 14:
 
Aholisining 90% dan ortigʻi mongollar. Mamlakat shim.da buryatlar, shim.-gʻarbda qozoqlar, tuvalar yashaydi. Rasmiy tili — mongol tili. Dindorlar budda dinining lamaizm yoʻnalishiga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 60%. Yirik shaharlari: Ulan-Bator, Darxan, Erdenet.
 
 
== Tarixi ==
Qator 34 ⟶ 31:
 
Siyosiy partiya va tashkilotlari, kasaba uyushmalari M. xalq-inqilobiy partiyasi, 1921 y.da tuzilgan, 1999 y. martda M. xalq partiyasi uning tarkibiga kirgan; M. milliy demokratik partiyasi, 1992 i. okt.da tashkil etilgan; M. birlashgan konservativ partiyasi, 1993 y.da asos solingan; M. demokratik uygʻonish partiyasi, 1994 y.da tuzilgan; M. "koʻkatparvarlar" partiyasi, 1990 y.da asos solingan; M. ishchi partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; M. res-publikachilar partiyasi, 1992 y.da tashkil etilgan; M. sotsialdemokratik partiyasi, 1990 y.da tuzilgan; M. demokratik ittifoqi, partiyalar bloki, 1990 y.da asos solingan; "Vatan", koalitsiya, 1999 y.da tuzilgan, Yangi demokratik sotsialistik partiya bilan M. ishchi partiyasini birlashtiradi; Toʻrt ittifoq federatsiyasi, 1993 y.da tashkil etilgan (M. demokratik ittifoqi, Yangi taraqqiyparvar ittifoq, M. yoshlari ittifoqi va M. talabalari ittifoqidan iborat). M. erkin kasaba uyushmalari ittifoqi, 1990 y. tuzilgan; M. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1927 y. tashkil etilgan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
M. — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 34%, q.x.ning ulushi 16%.
 
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Qator 44 ⟶ 39:
 
lariga qadar iqtisodiyotning birdan bir tarmogʻi mavjud boʻlib, u ham boʻlsa koʻchmanchi yaylov chorvachiligi edi. Astasekin q.x.ning boshqa tarmoqlari, jumladan, dehqonchilik vujudga keltirildi. Bugʻdoy, kartoshka, sabzavot, yem-xashak yetishtirila boshladi. Chorvachilikda qoʻychilik yetakchi oʻrinda; qoramol, echki, tuya, yilqi, mamlakatning ayrim joylarida qoʻtos, bugu, shahar atrofida choʻchqa va parranda boqiladi. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan chorva mol jihatidan M. du-nyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. 1991—92 y.larda sobiq 255 q.x. birlashmasi (q.x. kooperativlari) ak-siyadorlik kompaniyalariga (salkam 400 ta) aylantirildi. Mamlakatda chorvani xususiylashtirish asosan tugallandi. Chorva mollarning 90% xususiylashtirildi. Ilgari dehqonchilik hamda sof zotli va duragay chorva mollari yetishtirish bilan shugʻullanib kelgan koʻp davlat xoʻjaliklari oʻrniga ham aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etildi.
 
 
== Sanoati ==
M.da dastlab yengil va oziqovqat sanoati, 20-a.ning 40—60-y.larida ogʻir sanoat (konchilik, energetika, yogʻochsozlik, qurilish ashyolari, metallsozlik) rivojlandi. Ke-yingi yillarda konchilikka koʻproq eʼtibor qaratildi. M. yer ostida foydali qazilma xazinalari koʻp. Hozircha 30 dan koʻproq turdagi foydali kazilmalarning 500 dan ziyod koni aniqlangan, ular orasida toshkoʻmir, qoʻngʻir va kokslanuvchi kumir, uran, oltin, kumush, mis, molibden, kalay, flyuorit, temir rudasi, fosforit, qimmatbaho toshlar va b. konlar ochilgan. Turli qurilish ashyolari, keramzit va keramika gillari, ohaktosh, qum, shagʻal, kaolin, ganch, alebastr, marmar, granit va sh.k.ning katta zaxiralari topilgan. Neft konlari qidirilmoqda. 400 dan koʻproq issiq va sovuq maʼdanli suv manbalari topilgan va urganilgan. Ulardan foydalanish uchun koʻpgina qoʻshma korxona va birlashmalar barpo etilgan. Elektr energiyasi GESlarda hosil qilinadi. Yiliga oʻrtacha 2,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya ishlab chiqariladi. Birlashgan energiya tizimi barpo etilgan. I.ch. sanoatida gusht, un k-tlari, non z-di, gilam f-kasi, poʻstin-moʻyna, oyna va chinni korxonalari, bosmaxonalar bor. Sement, gʻisht, uy bloklari, doridarmon, poyabzal, jun- gazlama ishlab chikariladi.
 
 
== Transporti ==
Koʻp yuklar t.y. va avtomobil transportida tashiladi. T.y. uzunligi — 1,8 ming , avtomobil yoʻllari uz. — 46 ming km. Xubsugul koʻli, Selenga va Orxon daryolarida kema qatnaydi. Havo floti 1956 y.dan ishlaydi. Eng katta aeroporti Ulan-Batorda.
 
 
== Tashqi savdosi ==
Qator 80 ⟶ 72:
 
Teatrning kelib chiqish ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Xalq tomoshalarining shakllari xilma-xil boʻlgan. Xonandalarni xurch, baxshilarni uligerch deb ataganlar. Yaxshi niyat tilaguvchi yorolch va magtalchlar baland ovozda gapirayotganda raqs ijro etib turilgan. Biyeleg raqslarida teatr unsurlari koʻzga tashlanadi. Toʻylar, farzand tugʻilishiga bagʻishlangan marosimlar, hosil bayramlarida voqeiy tomoshalar koʻrsatilgan. 17-a.dabu joylarda buddaviylik yoyilishi munosabati bilan vujudga kelgan sam deb atalgan diniy teatrlarga va dunyoviy saroy teatrlariga ham ushbu teatr shakllari kirib keldi. Yangi yil bayrami kunlari koʻchalarda qoʻgʻirchoq spektakllari koʻrsatiladi. 20-a. boshlarida havaskorlik toʻgaraklari rivojlana boshladi. 20-y.larda Ulan-Batorda tashkil etilgan drama toʻgaraklari asosida professional teatrlar vujudga keldi. 1930 y. poytaxtda teatr studiyasi ochildi va oʻsha yiliyoq uning negizida Davlat musiqali drama teatri tashkil etildi. 1948 y.dan Ulan-Batorda qoʻgʻir-choq teatri, 1950 y.dan Markaziy bolalar teatri ishlaydi. Ularda mongol xalqining tarixi va hozirgi hayotini aks ettiruvchi pyesalar bilan bir qatorda jahon klassikasi durdonalari ham oʻrin olgan.
 
 
== Kinosi ==
1935 y. Ulan-Batorda " Mongolkino" studiyasi tashkil qilingach, kino sanʼati rivoj topdi. 1936 y.dan hujjatli filmlar chiqarila boshladi. "Norjmaning yoʻli" birinchi badiiy filmi 1938 y.da suratga olinds. "Boʻri galasi" (1939), "Birinchi saboq" (1940), "Ikki chorvador" (1955), "Yoʻlimizdagi toʻgʻanoqlar" (1956), "Qalb amri" (1966), "Toshqin" (1966) kabi filmlar mongol xalqining hayotini tasvirladi. Keyingi yillarda "Kuyov", "Visol", "Motor shovqini", "Dovon ketidan dovon" filmlari yaratildi. Yiliga bir necha badiiy film, 30 ga yaqin qisqa metrajli hujjatli film ishlab chiqariladi.
 
 
== Oʻzbekiston — Moʻgʻuliston munosabatlari ==
Qator 92 ⟶ 82:
'''Moʻgʻuliston''' (Mongoliya) poytaxti — [[Ulan-Bator]] shahri. [[BMT]] aʼzosi. Rossiya va Xitoy oraligìdagi davlat.
{{stub}}
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
 
{{Osiyo mamlakatlari}}
{{Markaziy Osiyo}}
{{Shanxay Hamkorlik Tashkiloti}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Moʻgʻuliston| ]]
[[Turkum:Osiyo]]
[[Turkum:Davlatlar]]
Qator 104 ⟶ 100:
{{Link FA|mk}}
{{Link FA|tt}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}