Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 4:
Qayerda va nima uchun ishlatilishiga qarab G.ning qiymati har xil boʻlgan: Xorazmda G. ikki xil oʻlchovga ega boʻlgan: yer oʻlchash uchun, mato oʻlchash uchun, yaʼni 1 yer G.i=49 barmoq, 1 mato G.i=28 barmoq; 1 barmoq Xorazmda 2,078 sm ekanligi hisobga olinsa, 1 yer G.i=101,882 sm; 1 mato G.i=58,184 sm ekanligi kelib chiqadi. Agar 1 barmoqni 2,18 sm ga teng deb olinsa, unda 1 yer G.i=49-2,18=106,82 sm; 1 mato G.i=28-2,18=61,04 sm ekanligi kelib chiqadi. Buxoroda ham ikki xil G. oʻlchami qoʻllanilgan. Birinchisi — oddiy G. 24 barmoqqa teng . Har bir bar-moq (Xorazmdagidek) 2,078 sm ga teng kilib olingan. Shunda 1G.=24 barmoq = 49,875 sm boʻlgan. Ikkinchisi Buxoro qarisining uchdan biriga teng boʻlgan. Buxoro shoh G.i 106,82 sm ga teng . Yana G.ning ikki shoh G.iga teng boʻlgan qiymati ham boʻlgan va u xalq orasida katta G. deb ham yuritilgan. Buxoroda 1740 y.dan boshlab qiymati 36 barmoqqa teng boʻlgan G. ham qoʻllanilgan. Uning qiymati 1G.=36barmoq = 36-2,18=78,48 sm boʻlgan. Samarkand, Toshkent va Fargʻonada ham G.ning ikki xil qiymati qoʻllanilgan. Ulardan biri 40 barmoqqa, ikkinchisi esa 49 barmoqqa teng boʻlgan. 1 barmoq = 2,18 sm ekanligidan birinchisi — 1G.=40 barmoq = 87,2 sm; ikkinchisi — 1G.=49 barmoq=106,82 sm. G. amadda ming yillardan beri qoʻllanib kelingan Xoz. kunda ham G. xalq orasida, ya-vni muomalada miqdori 0,71 m boʻlgan uzunlik oʻlchovi birligi sifatida qoʻllanilmoqda; 2) azaldan xalq orasida qoʻllanib kelingan, uzunlik jihatidan 0,71 m ga teng boʻlgan arshin yoki olchin kabi uzunlik oʻlchov vositasi — reyka; 3) Oʻzbekistonning baʼzi joylarida G. hajm oʻlchov birligi. Mac, G. bilan moy hajmi oʻlchangan, 1G. hajm = 310-=-325 kub sm ga teng boʻlgan, bu esa 0,310+0,325 l ga toʻgʻri keladi; 4) toʻqimachilikda — polotno oʻrishda toʻqilgan yengil shoyi gazlama; harir G.dan durra, sharflar tikiladi.
 
_SENTR CITY_ +998905796343
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* Ahrorov N., Qadimiy oʻlchov birliklari, T., 1996.
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->