Organik kimyo: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
k 195.189.123.172 tahrirlari DastyorBot versiyasiga qaytarildi |
||
Qator 1:
'''Organik kimyo''' — uglerodning bosh-qa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu birikmalarning
Organik birikmalarga tavsifli xossa — uglerod atomlarining bir-biri bilan oddiy, qoʻsh yoki uch bogʻ orqali toʻgʻri chizikli, zanjirsimon, 1, 2, 3 va koʻp halqali (yadroli) yoki karkasli birikmalar hosil qila olishidir. Bunday birikmalar asosini ochik, zanjirli uglevoddan oʻzga atomlarga almashtirilishi mumkin. Bu atomlar geteroatomlar deb ataladi (mas, kislorod, azot, oltingugurt). Strukturasiga koʻra, organik birikmalar alifatik birikmalar (ochik, zanjirli uglevodorodlar va ular hosilalari)ga, yopiq uglerod zanjirli karbotsiklik birikmalar (alitsiklik birikmalar, aromatik birikmalar) va geterotsiklik birikmalarga boʻlinadi. Zanjirida qoʻsh bogʻ yoki 3 bogʻi boʻlmagan uglevodorodlar va ularning hosilalari toʻyingan birikmalar, qoʻshbogʻ yoki 3 bogʻ tutganlari — toʻyinmagan birikmalar hisoblanadi.
Qator 9:
Molekulasida uglerod va vodorod atomlari hamda organogen atom (Hal, O, N, 8)lardan tashqari uglerod bilan bogʻlangan elementlari boʻlgan birikmalar elementorganik birikmalar hisoblanadi.
O.k.ning rivojlanishida rus olimlaridan V. V. Markovnikov, N. N. Zinin, A. Ye. Favorskiy, S. V. Lebedev, N. D. Zelinskiy, A. N.
O.k.ning rivojlanishida Oʻzbekiston kimyogarlarining ham katta hissa-si bor. 20-a.ning 20-y.larida Oʻrta Osiyo universiteti kimyo f-tida prof. S. N. Naumov boshchiligida xinon va toluxinon — dibromidlar tuzilishini aniqlash ustida kuzatuvlar amalga oshiriddi (1933). 2, 3-siklogeksandion 1,4-dikarbon efiri tuzilishi oʻrganildi. Mazkur modda hosilalaridan xinoksalin, monoksalin, dioksim, monogibrazon, pi-razolon, bipirazolon, oazonlar olindi, shoʻrsuv nefti tadqiq qilinib, uning tarkibidagi uglevodorodlar va oltingugurt mikdori aniqlandi.
40-y.larda O. S. Sodiqov boshchiligida organik kislotalar, biologik stimulyatorlar, RR vitamini, xinozidin va b. olish yoʻlga qoʻyildi. 50-y.larda S. Yu. Yunusov Oʻzbekiston oʻsimliklari tarkibidagi noyob organik moddalarni ajratib olish va tarkibini oʻrganishga kirishdi. Aromatik birikmalarni alkillash va alsillash amalga oshirildi (I. P. Sukervanik va b.). Aproton va proton kislotalar alkillash reaksiyalarida katalizatorlar sifatida qoʻllandi, l-atsetilanizol olish usuli sanoatga tatbiq etildi. Ortotsiklogeksilfenol sintez qilin-di (prof. A. R. Abdurasulova). Turli organik birikmalarni alkillash reaksiyalari, gumin kislotalari hosilalari oʻrganildi (prof. A. B. Qoʻchqorov). A. S. Sultonov neftni qayta ishlash sohasi uchun samarali katalizatorlar sintez qilib amaliyotda qoʻlladi. Uning shogirdlari M. F. Obidova bilan prof. A. Abduqodirov ham organik kataliz rivojiga katta hissa qoʻshdilar.
Metallorganik birikmalar (prof. 3. M. Minulkin) va kumir kimyosi (prof. D. T. Zambramskiy) rivojlantirildi. Gumin kislotalarini elektrolitlar bilan choʻktirish orqali fraksiyalarga ajratish usuli qoʻllanishga tavsiya etildi. Organik birikmalarni karbonillash reaksiyalari tadqiq qilindi (Yo. Yu. Aliyev).
Keyingi 30 y. davomida fosfororganik birikmalar, fiziologik faol moddalar, elementorganik birikmalar, kompleksonlar va organomineral oʻgʻitlar kimyosi tez rivojlandi. Bu borada A. A. Abduvahobov, Sh. I. Solihov, S. Iskandarov va b.ning ishlari tah-singa sazovordir.
/1L:Dyur M., Dyugerti R., Teoriya vozmusheniy molekulyarnix orbitaley v organicheskoy ximii, M., 1977; Braun T., Lemey G. Yu., Ximiya v sentre nauk, t. 1 — 2, M., 1983; P yetrov A. A. idr., Organicheskaya ximiya, M., 1985; Iskandarov S, Sodiqov B., Organik ximiya nazariy asoslari, T., 1987.
Qudrat Axmerov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
|