Tokio — versiyalar orasidagi farq

k
qisqa izoh tahrirlanmadi
k
'''Tokio''' — Yaponiyaning poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy, moliyaviy va madaniy markazi. Aholisining soni va sanoatning oʻsish surʼatlari boʻyicha dunyodagi yirik shaharlar orasida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Xonsyu o.ning jansharqiy qismida, Kanto tekisligida, Edogava, Arakava, Sumida, Tama daryolarining Tokio qoʻltigʻiga quyilish yerida joylashgan. Iqlimi subtropik, mussonli, eng sovuq oy — yanv.ning oʻrtacha trasi 3,G, eng issik, oy — avg .niki 25,6°. Yillik yogʻin 1343 mm. Seryogʻin mavsumda tez-tez tayfun boʻladi. T. seysmik faol zonada joylashgan.
 
Aholisi 813,123 mln. kishi (20002013 1 apr ). Poytaxt prefekturasi (Syutoken) yoki Katta T. tarkibiga 4 ta prefekturaning shahar va shaharchalari kiritiladi, aholisi 28 mln. kishidan ziyod. Mamlakat milliy daromadining 1/5 kismi T.ga toʻgʻri keladi.
 
T.ga 15-a.ning oʻrtalarida asos solingan. 1457 y.da Edo qasri qurilgan boʻlib, uning atrofida savdogar va hunarmandlarning uylari koʻpayib bordi. 1590 y.da Edo sh. Tokugava sulolasining qarorgohiga aylandi. Yaponiyaning rasmiy poytaxti esa oʻsha vaqtda Kioto sh. edi. 18-a.da Edo jahonning eng yirik shaharlaridan biriga aylandi. 1869 y.da hokimiyat boshqa sulola vakili imperator Mutsixito qoʻliga oʻtgach, poytaxt Edoga koʻchirildi va T. ("sharqiy poytaxt") deb ataldi. 19-a.ning 2yarmida T.da ipak, lokboʻyoq, chinni sanoatlari, 19-a.ning oxiridan mashinasozlik va kemasozlik sanoatlari rivojlana boshladi. 1923 y. 1 sent.dagi zilzila va uning okibatlarida kelib chiqqan yongʻin tufayli T.ning koʻp qismi vayron boʻldi. 2jahon urushi vaqtida T. AQSH aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingan.
55

ta tahrir