Fuqarolar urushi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Fuqarolar urushi''' - — bir mamlakat ichidagi ijtimoiy guruhdar oʻrtasida [[davlat]] hokimiyati uchun olib boriladigan qurolli kurash. Fuqarolar urushi ijtimoiy keskinliklar zaminida vujudga keladi. Tarixda Fuqarolar urushi turli shakl va koʻrinishda namoyon boʻlgan:
* qullar qoʻzgʻoloni,
* dehqonlar urushi,
* partizanlar urushi,
* xalqning hukumatga qarshi qurolli kurashi va h.k.
 
Fuqarolar urushi davlatlar oʻrtasidagi urushlar, chet el bosqinchilariga qarshi kurash va milliy ozodlik harakati bilan qoʻshilib ketishi mumkin. Hokimiyatdagi hukmron guruhdar bir-biriga qarshi turgan Fuqarolar urushi ham boʻladi (Rim respublikasining agʻdarilishi davridagi Fuqarolar urushi, [[Angliya]]dagi Qizil gul va Oq gul urushlari).
 
Fuqarolar urushi [[etnik]] (2000—2003 y.larda [[Ruanda]]da), [[separatistik]] (2000—2002 y.larda Serbiyada), [[konfessional]] (bir necha bor [[Shimoliy Irlandiya]]da) sabablarga koʻra kelib chiqishi mumkin. Fuqarolar urushida ishtirok etayotgan tomonlarning biri diniy, ikkinchisi dunyoviy shiorlar ostida ([[Tojikiston fuqarolar urushi|1992—95 yillarda]] [[Tojikiston]]da) harakat qilishi mumkin. Fuqarolar urushi iqtisodiy boʻhronlar, koʻplab odamlarning qurbon boʻlishiga olib keladi.
 
 
== Shuningdek qarang ==
* [[Tojikiston fuqarolar urushi]]
* [[Afgʻon urushi ((1979—1989)]]
{{stub}}