Koreya Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 164:
[[Tasvir:Hynix HY57V64820HG.jpg|left|thumb|200px|Janubiy Koreyada dunyodagi xotira chiplarining 45%i ishlab chiqariladi.<ref>[http://www.globalsources.com/gsol/I/Memory-chip/a/9000000089299.htm Memory chip output value to hit $6.96 billion]</ref>]]
 
Janubiy Koreyaning elektronika va mashinasozlik shirkatlari jahonda yetakchi oʻrinlardadir; ular qatoriga [[LG]], [[Samsung]] va boshqalar kiradi. Butun dunyodagi [[LCD]] monitorlarning 50%i aynan Janubiy Koreyada tayyorlanadi.<ref>[http://www.koreatimes.co.kr/www/news/tech/2008/11/133_27908.html Outlook Dims for LCD Manufacturers]</ref> Samsung va LG [[mobil telefon]] ishlab chiqaruvchilari orasida dunyoda yetakchi shirkatlardandir. monitorl
 
Janubiy Koreya aholisi elektronikadan eng koʻp foydalanuvchi xalqlar qatoriga kiradi. Internetdan foydalanuvchilarning foiz nisbatdagi soniga koʻra birinchi oʻrinda turadi.<ref>[http://www.nationmaster.com/graph/int_bro_acc_percap-internet-broadband-access-per-capita Broadband access (per capita) (most recent) by country], ''NationMaster''</ref> 2020-yilgacha har bir koreys xonadonida kamida bitta [[robot]] boʻlishi rejalashtirilgan.<ref>[http://news.nationalgeographic.com/news/2006/09/060906-robots.html A Robot in Every Home by 2020, South Korea Says]</ref> Bu reja orqali Koreya aholisining keksayishi va shu tufayli ishchi kuchi hamda askarlar soni kamayishi muammolari qisman hal qilinishi koʻzda tutilgan.