Koreya Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 213.230.75.244 tahrirlari Xusinboy Bekchanov versiyasiga qaytarildi
Qator 145:
== Iqtisodiyoti ==
 
Janubiy Koreyaning 1997-yildagi inqirozgacha boʻlganbʻlgan ildam iqtisodiy rivoji "Sharqiy Osiyo Moʻjizasi" deb atalgan. Uch [[dekada]] shiddatli iqtisodiy rivojlanish kambagʻal agrar mamlakatni dunyodagi oʻn ikkinchi iqtisodiy-eksport davlatiga aylantirdi. 1996-yil [[12-dekabr]]da Koreya Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT)ga qabul qilinishi haqiqatan Koreya iqtisodiyotining avjiga chiqqan payti boʻldi. Koreyaning bunday tez rivoji yuqori darajadagi jamgʻarma va sarmoyaga katta yordam berdi, shuningdek milliy taʼlimning taraqqiy topishiga ragʻbat boʻldi. Shuning evaziga bugungi kunda bir qancha yosh oʻgʻil-qizlar dunyoning eng nufuzli oliygohlarida taʼlim olishmoqda.
 
Lekin rivojlanishga boʻlgan yoʻl oson boʻlmadi. Bu yoʻlga erishish turli qiyinchiliklarni yengib oʻtishni talab etdi. 1945-yili Yaponiya qaramligidan ozod boʻldanidan soʻng milliy iqtisodiyotni rivojlantirish xalqning hayot-mamot masalasiga aylandi. Tabiiy boyliklarning cheklanganligi, ichki bozorning zaifligi va iqtisodiy rivojlanish tajribasiga ega boʻlmasligiga qaramay, Koreya milliy iqtisodiyotning barqaror va mustaqil rivojlanishini amalga oshirdi.