Ofshor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
Offshor kompaniyasi — bu imtiyozli [[soliq]] toʻlash (yoki umuman toʻlamaslik) hududida bunyod etilgan [[korxona]] boʻlib, u roʻyxatga olingan joyda barqaror turmaydigan shaxslarga tegishlidir.
Odatda, ofshor korxonasi [[masʼuliyati cheklangan jamiyat]] yoki kompaniya shaklida tashkil etiladi. Ammo, offshor faoliyati uchun boshqa tashkiliy — huquqiy shakllar ham yoʻq emas, masalan shirkatchilik, xorijiy kompaniyaning shaxobchasi shaklida boʻlishi mumkin. <ref>Шомирзаев Э.А., Маҳмудова Н., Раҳимов Қ.Э., Нугманова Г. Қурилиш индустрияси корхоналарини ташкил этиш фанидан ўқув қўлланма</ref>
[[Fayl:Offshore financial centers.png|thumbnail|Offshor hudud deb hisoblangan moliyaviy markazlar]]
 
Offshor kompaniyasining soliq toʻlash tartibiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy shart bu uning [[rezident]] va rezident emaslik maqomidir. Bunda nazarda tutilayotgan narsa korxona boshqaruv idoralarining, uning roʻyxatdan oʻtgan hududiga nisbatan uzoqda joylashgan joyidir. Rezidentlardan farqi shundaki, ular oʻzlari joylashgan hududdan tashqaridan turib boshqariladi. [[Norezident]] kompaniyalar amalda [[mahalliy soliq]] toʻlash tizimidan butunlay chiqariladi. Bu kabi kompaniyalarning oʻzlari roʻyxatdan oʻtgan joyda oʻziga tegishli ofisi boʻlishi shart emas, baʼzi bir davlatlarda esa, buxgalterlik hujjatlarini olib borishdan va [[hissador]]lar reestrini yuritishdan ham ozod qilingan. Bu holda, korrespondensiyalarni qayta ishlash va yillik moliyaviy hisobotlarni tayyorlash majburiyatlari maxsus firmalar zimmalariga yuklatiladi. Kompaniyani uning egasi er sharining har qanday nuqtasidan turib bevosita boshqarishi mumkin.