Ukraina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ukraina''' (Ukraina) — Yevropaning jan.sharqida joylashgan davlat. Mayd. 603596,706 ming km2. Aholisi 45 553 ming. kishi (2013.01.15). Poytaxti — Kiyev sh. Maʼmuriy jihatdan Qrim Muxtor Respublikasi va 2423 viloyat — Vinnitsa, Volin, Dnepropetrovsk, Donetsk, Jitomir, Zakarpatye, Zaporojye, IvanoFrankovsk, Kiyev, Kirovograd, Lugansk, Lvov, Nikolayev, Odessa, Poltava, Rovno, Sumi, Ternopol, Xarkov, Xerson, Xmelnitskiy, Cherkassi, Chernovsi, Chernigov viloyatlari, Kiyev va Sevastopol sh.lariga boʻlinadi.
 
 
Qator 18:
gʻarbida Zakarpatye pasttekisligi yotadi.
 
Geologik tuzilishi jihatidan U. hududi Sharqiy Yevropa platformasining jan.gʻarbiy qismidan hamda uni oʻrab turgan Karpat va Krim burmali togʻlaridan iborat. Platformada Ukraina kristalli massivi (qalqoni), VolinPodoliya platosi, Lvov botigi, Donetsk avlakogeni, DneprDonetsk, Qora dengiz boʻyi botiqlari ajralib turadi. Togʻli Qrim va Sharkiy Karpat togʻlarining bir qismi Alp geosinklinal (burmali) oblastiga kiradi. Foydali qazilmalardan toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, neft, tabiiy gaz, temir, marganets, titan rudalari, simob, boksit, toshtuz va kaliy tuzlari, grafit, oltingugurt, qurilish materiallari va b. bor. Mineral suvli bulok, koʻp.
 
Iklimi, asosan moʻʼtadil kontinental. Gʻarbdan sharqqa tomon iklimning kontinentalligi kuchayadi. Shim.dan jan.ga tomon yoz bilan qishning temperaturadagi farqi ortib, qor qoplamining qalinligi va saklanish muddati, yogʻin miqdori, nisbiy namlik kamayib boradi. Krim ya.o. ning jan. sohilida subtropik, Oʻrta dengiz iklimi ustun. Yanv.
 
ning urtacha t-rasi shim.sharqda —7°, —8° , Qrimning jan. sohilida 2—4°; iyulda shim.gʻarbda 18—19°, jan.sharkda 23—24°. Yillik yogʻin shim.gʻarbda 600—700 mm, jan.sharkda 300 mm gacha, Qrim togʻlarida 1000—1200 mm, Ukraina Karpat togʻlarida 1200—1600 mm.
 
U. dare shoxobchalarining jami uz. 170 ming km ga yaqin. Koʻp daryolari Kora va Azov dengizlariga quyiladi. Eng katta daryosi — Dnepr. Yirik daryolari — Dnestr, Jan. Bug , Severskiy Donets, Prut, qisman Dunay. Ularning kupi qishda muzlaydi. Yirik daryolarida GESlar kurilgan. 7 mingdan ortiq koʻl bor. Yiriklari: Yalpug , Katlabux, Sassiq, Shagani, Alibey, Sinevir va b. Suv omborlari: Kremenchug (2250 km2), Kaxovka (2155 km2), Kiyev (922 km2), Dneprodzerjinsk (567 km2) va b.
 
Tuproklari xilmaxil. Mamlakat shim. qismida chimlipodzol tuproklarning turli tiplari uchraydi, oʻtloqibotqoq va torfli botqoq tuproqlar ham tarqalgan. Oʻrmonli dasht zonasida sur tusli oʻrmon tuproklari, podzollashgan va haqiqiy qora tuproklar, dasht zonasida oddiy va jan. qora tuproq, dengiz sohilida toʻq kashtan tuproklar koʻproq. Ukraina Karpat togʻlarida ajriqli podzol tuproqlardan tortib qora qayin oʻrmon mintaqasi, togʻ oʻtloqlari va togʻ torfzorlarida podzollashgan qoʻngʻir tuproqlargacha uchraydi. Qrim togʻlarida aksari qoʻngʻir oʻrmon va togʻoʻtloqi tuproklar, Qrim ya.o.ning jan. sohillarida esa, qizil qoʻngʻir va jigarrang tuproklar bor. U.da oʻsimliklarning 16 mingga yaqin turi mavjud. Shim.dagi aralash oʻrmon zonasida qaragʻay, emanqaragay, oʻrmonli dasht zonasida grabeman, eman, zarangjoʻka oʻrmonlar oʻrmonsiz yaydoq maydonlar bilan almashinib turadi. Umuman U. oʻrmon fondining umumiy mayd. 9990 ming ga. Kora dengiz boʻyi subtropik oʻsimliklar bilan qoplangan. Oʻrmonlarda ayiq, los, bugʻu, toʻngʻiz, oʻrmonli dasht zonasida bugʻu, boʻri, suvsar, olmaxon va b., qushlardan chil, xakka, zargʻaldoq, dasht zonasida yumronqoziq, qoʻshoyoq, sichqon, toʻrgʻay, bedana va h.k. yashaydi. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Tabiiy oʻsimliklar va hayvonot dunyosi 20 ta qoʻriqxonada saqlab qolingan. Yiriklari: Ukraina dasht, Kora dengiz biosfera, Polesye, Yalta togʻoʻrmon, Karpat biosfera, AskaniyaNova, Lugansk qoʻriqxonalari.
 
 
Qator 42:
19-a.ning 20—30-y.larida U.da milliy uygʻonish jarayoni boshlandi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida siyosiy partiyalar tuzila boshladi. Rossiyada 1917 y. okt. toʻntarishi roʻy berib, Rossiya va AvstriyaVengriya imperiyalari barbod boʻlgach, ukrain siyosiy harakati qatiy talablar bilan maydonga chiqdi va milliy ozodlik kurashi davri yoki 1917—21 y.lardagi ukrain inqilobi boshlandi. Oʻsha davrda U.da Ukraina Markaziy Radasi, getman Pavel Skoropadskiy boshliq Ukraina Davlati, Ukraina Xalq Respublikasi Direktoriyasi ukrainlarning oʻz davlatini tuzishga intildilar. Ammo murakkab tashqi va ichki siyosiy sharoit, avvalo Sovet Rossiyasi qoʻshinlarining bostirib kirganligi ukrain inqilobining magʻlub boʻlishiga olib keldi. 1921 i. Ukraina SSR eʼlon qilindi va u 1922 y. 30 dek.da SSSR tarkibiga kirdi, Gʻarbiy Ukraina yerlari Polsha tarkibida krldi. Avvaliga, 20-a.ning 20-y.larida sovet U.sida ukrainlashtirish siyosati oʻtkazildi. Biroq 20-y.larning oxiri — 30-y.larning boshlarida bu siyosat toʻxtatildi. Ukrain milliy ziyolilari ommaviy qatagʻon va qirgʻin qilina boshladi. 20-a.ning 30—40-y.lari U. tarixidagi eng fojiali yillar boʻldi. 192123, 193233, 194647 y.larda U.da ham ocharchilik hukm surdi, ukrainlar ommaviy ravishda Sibir, Oltoy, Uzok, Sharqqa, Qrim aholisining bir qismi — Qrim tatarlari 1944 y. Oʻrta Osiyoga surgun qilindi. 1954 y. Qrim viloyati RSFSR tarkibidan U. tarkibiga oʻtkazildi.
 
20-a.ning 50—70-y.larida U.da keng miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar roʻy berdi, jumladan, sanoat rivojlanib, shaharlar kengaydi. 80-y.lar oxirida qayta qurish siyosati boshlanishi bilan muxolifat harakati kuchaydi, yangi tuzilgan siyosiy tashkilotlar suverenitetga erishish, demokratiyani rivojlantirish, milliy va fuqarolik huquqlari uchun kurasha boshladi. Nihoyat, 1991 y. 24 avg . kuni U. mustaqilligi eʼlon qilindi. U. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR mustaqilligini 1992 y. 24 yanvarda tan olgan va oʻsha yil 25 avg .da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 24 avg . — Mustaqillik kuni (1991). 2014 yil mart oyida Qrim muxtor respublikasi va Sevastopol shahri RFR tarkibiga qo'shib olindi.