Katta sakkizlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
"'''Katta Sakkizlik''' yoki '''Sakkizlik Guruhi G8''' (ing. ''Group of eight G8'' - Katta Sakkizlik G8 xalqaro klub maqomiga ega boʻlib, A..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

26-Mart 2014, 08:43 dagi koʻrinishi

Katta Sakkizlik yoki Sakkizlik Guruhi G8 (ing. Group of eight G8 - Katta Sakkizlik G8 xalqaro klub maqomiga ega boʻlib, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Olmoniya, Rossiya va Yaponiya hukumatlarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek ushbu tashkilotni xalqaro muammolarni hal qiluvchi jamiyat, yaʼni norasman ushbu mamlakatlar boshliqlari forumi (Yevropa Komissiyasi ishtirokida) deb ham atashadi.

Katta Sakkizlik xalqaro tashkilot hisoblanmaydi, ushbu jamiyat xalqaro kelishuvga ham asoslanmagan va sekretariat ustaviga ega emas. Sakkizlik qarorlari majburan qoʻllanilishi kerak boʻlgan qonun hisoblanmaydi.

Nomining kelib chiqishi

«Katta Sakkizlik» termini «Katta Yettilik»ning logik jihatdan davomi hisoblanadi. G7ning ingliz tilidan oʻgirganda «Great Seven» deb ataladi, aslida G7 bu «Group of Seven» yaʼni Yetti Guruhi deyilganidir. Ushbu tarjimani G8 ga ham qoʻllash mumkin.