Fayzulla Xoʻjayev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Mobil qurilma orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Mobil qurilma orqali
Qator 8:
== Hayotiy faoliyati ==
 
Fayzulla Xoʻjayev [[1896-yil]]i [[Buxoro]] Amirligining]] yirik savdogar oilasida tugʻilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida oʻqigan. 1907—1912-yillarda F.Xoʻjayev [[Moskva]]da shaxsiy oʻqituvchilardan taʼlim olgan. [[1913-yil]]dan jadidlar safida faoliyat koʻrsatgan va xalq orasida [[ma'rifat]] tarqatish bilan shugʻullangan. 1917-yildan u „Yosh buxoroliklar“ partiyasi tashkilotchilaridan biridir. Buxoro jadidlari soʻl qanotining inqilobiy ruhdagi aʼzolaridan boʻlib, [[1920-yil]]da Buxoro amiri [[Said Alim|Said Olimxon]]ni taxtdan agʻdarishga harakat qiladi.
 
1920-yilda [[Turkiston]]da [[muhojir]]likda boʻlib, „Yosh buxoroliklar“ partiyasining [[Turkiston byurosi]]ni tashkil qilgan. F.Xoʻjayev tomonidan tuzilgan partiyaning dasturi [[shariat]] asosida boʻlib, xalqning milliy anʼanalari va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda Buxoroda [[xalq demokratik respublikasi]]ni tashkil etishni maqsad qilib qoʻygan edi.