Repressiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
ning 40—50-y.larida taslimchilik, antisovetchilik bahonasida oʻzbek ziyolilariga qarshi navbatdagi R.ni qoʻlladi. 80-y.larda katta shovshuv ostida "Paxta ishi" nomi bilan yangi R. boshlanib, minglab begunoh kishilar qatagʻonga uchradi.
 
Prezident I. Karimov Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi arafasidayoq shoʻro tuzumi davom ettirib kelayotgan adolatsizliklarga barham berish, haqiqatni tiklash, begunoh qatagʻon qilinganlarni oqlash choralarini koʻrdi. Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoyishi (1999 y. 12 may)ga muvofiq mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish jamoatchilik komissiyasi, Vazirlar Mahkamasining "Vatan va xalq ozodligi yoʻlida qurbon boʻlgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida"gi qarori (1999 y. 22 iyul) va shu qarorga muvofiq, "Shahidlar xotirasi" xayriya jamgʻarmasining tuzilishi va Toshkentda "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuining barpo etilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qatagʻon qurbonlarini yod etish kunini belgilash toʻgʻrisida"gi farmoni (2001 y. 1 may) va unga binoan "Qatagʻon qurbonlari xotirasi" muzeyini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaror (2001 y. 1 may) R.ga uchragan xalqimiz asl farzandlari xotirasini tiklash ishiga katta hissa boʻlib qoʻshildi. Har yili Mustaqillik bayrami arafasi — 31 avgustda Oʻzbekistonda qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni nishonlanadigan boʻldi<ref>Sirojiddin Ahmedov. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
Sirojiddin Ahmedov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==