Sankt-Peterburg: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Mobil qurilma orqali
Qator 49:
S.P.da Rossiya FAning ilmiy markazi, koʻp sonli ilmiy tadqiqot intlari, 43 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, untlar, konservatoriya faoliyat) koʻrsatadi. Shaharda 20 teatr (shu jumladan, Mariinskiy, M. P. Musorgskiy nomidagi opera va balet teatrlari, Katta dramatik teatr va b.), filarmoniya, sirk, 47 muzey (shu jumladan, Ermitaj, Rus muzeyi, Sankt-Peterburg tarixi muzeyi, Rossiya FAning Buyuk Pyotr nomidagi antropologiya va etnografiya muzeylari) ishlab turibdi. S.P.da 18—19 a.larga oid meʼmoriy ansambllar: Petropavlovsk qalʼasi majmuasi, Aleksandr Nevskiy lavrasi, Smolniy, Vasiliy oroli yoyi (Birja binosi bilan birga), Qishki saroy, Aleksandr ustuni va Bosh shtab arkasi bilan birga Saroy maydoni, Pyotr I ga oʻrnatilgan haykal va Isaakiyevskiy sobor bilan birga Dekabristlar (avvalgi Senat) maydoni; Nevskiy prospekt ansambli: Kozon sobori, meʼmor Rossi koʻchasi bilan birga Rossiya akademik drama teatri va Rossiya milliy kutubxonasi, Mars maydoni, Yozgi bogʻ va muhandislik qasri mavjud. Klassitsizm va ampir uslubida qurilgan yodgorliklardan: Tasviriy sanʼat akademiyasi, Konchilik inti, Narva darvozalari binolari, koʻpriklar saqlangan. 1960 y.da Piskaryov qabristonida meʼmoriymemorial majmua bunyod etildi. S.P. atrofida: Petrodvorets (Petergof), Pushkin (Sarskoye Selo), Pavlovsk, Gatchinada saroypark ansambllari (18— 19-a.lar) bor. S.P. — Rossiya va xalqaro turizmning muhim markazi. 2003 y.da S.P.ning 300 y.lik yubileyi keng nishonlandi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Yana
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
== Ilovalar ==