Bedil: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Bedil''' (taxallusi; asl ismi '''Mirzo Abdulqodir''') ([[1644]], [[Bengaliya]], [[Azimobod]] sh. — [[1721]], [[Dehli]]) — shoir, mutafakkir. Harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan. Ota-bobosi [[kesh]] ([[shahrisabz]])lik, turkiy [[barlos]] urugʻidan. Yoshligidan turli fanlarga qshiqqan. Shayx Kamol, shoh Fozil va Mirza Abdulqosim kabi olimlardan taʼlim sshgan. Hindiston boʻylab koʻp sayohat qilgan, 1685 y.dan umrining oxirigacha Dehpida yashagan. Fors tilida ijod qilgan. Arab, fors, hind, urdu tillarini mukammal bilgan, sharq xalqlari ada-biyotini, tasavvuf va yunon falsafasini, ayniqsa Aristotel falsafasini at-roflicha oʻrgangan. 10 yoshlaridan badiiy ijod bilan shugʻullangan. 20 yoshida sheʼrlarini saralab toʻplashga kirishgan. Mu-rakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda yashab ijod qilgan shoir oʻz davriga befarq qaramagan, hinllar va musulmonlarning tinch-totuv yashashligini, yurtni obod, xalqni tinch-osoyishta, faro-gʻatda, hamjihatliqda koʻrishni orzu qilgan. Inson erkinligi, tafakkuri haqida falsafiy fiqolar bayon etgan. Uning fal-safiy-axloqiy qarashlari tasavvuf aqidalari taʼsirida shakllangan. B.Bedil du-nyoqdrashi tasavvufning vahdat ul-vujud taʼlimotiga asoslanadi, yaʼni olamni Allohning koʻzgusi, inson qalbini shu koʻzguning markazi deb biladi. Inson qal-bi qanchalik sayqal topsa, u shuncha Alloh nurini aks ettiradi. Shu bois Inson buyuk va qudratlidir. Ammo buni uning oʻzi anglashi lozim, deydi.
 
B.Bedil 120 ming misradan ortiq sheʼriy, koʻpgina nasriy asar yozgan. Gʻazal, ru-boiy, qasida, qitʼa, tarjiʼbandlarining oʻzi 75 ming misrani tashkil etadi. Yirik asari "Chor unsur" ("Toʻrt unsur", 1703) nasrda yozilgan boʻlib, sheʼrlar ham ilova qilingan. Kitob-iing dastlabki boblarida B.Bedil oʻz hayoti haqida hikoya qiladi. Soʻnggi ikki bobda esa toʻrt unsur — havo, suv, yer, olov toʻgʻrioida; oʻsimliklar, hayvonlar va odamning paydo boʻlishi haqida soʻzlaydi. Mutlaq ruh, ruh va narsa toʻgʻrisida gapiradi, din hamda ruhoniylarning oʻrni haqidagi oʻz fiqolarini ifodalaydi. Kitobda parilar, jinlar, uyqu, tush koʻrish va b.Bedil haqida hikoya va afso-nalar ham mavjud.
 
B.Bedil "Irfon" ("Bilim", 1711 — 12; "Komde va Mudan", "Nukot" asarlari ham shuning tarkibida) dostonida falsafa, tarix, tabiiyot, adabiyot va ilohiyotning xilma-xil masalalariga toʻxtalgan. Asarda borliq, materiya, zarrachalar, jonli mavjudot va narsalar tabiati haqida, nabotot toʻgʻrisida soʻzlaydi. Borliq, yoʻkliq, fano, baqo singari falsafiy masalalar haqida fikr bildiradi. Til va tilning xizmati, ahamiyatini talq-in etadi, hissiy va aqpiy bilish man-bai, tuygʻu, tushuncha, aqd hakdaa muhokama yuritadi. U hind falsafasidagi "tanosux" nazariyasi hamda islom falsafasidagi "tavakkul" taʼlimotini tanqid qiladi. Tabiat hodisalarini tabiatning oʻzini oʻrganish yoʻli bilan tushuntirish lozim deb biladi. Uningcha, dunyo abadiy boʻlib, toʻxtovsiz harakat qiladi va oʻzgarib turadi. "Komde va Mudan" dostonida doʻstlik, muhabbat, vafodorlik, adolat, ilm-maʼrifat masalalari aks etgan. "Nukot" ("Hikmatli soʻzlar") asarida esa B.Bedil qarashlarini yakunlab, umumlashtirgan. Bunda B.Bedil oʻz taʼlimoti asoslarini ham qisqacha bayon qilgan.
 
"Tilsimi hayrat" (1669), "Muhiti aʼzam" ("Buyuk okean", 1681), "Turi maʼrifat" ("Maʼrifat togʻi", 1687), "Gʻazaliyot", "Ruboiyot" va b.Bedil asarlarida ham ijtimoiy masalalar yoritilgan. Sheʼrlaridatarbiya, xulq-axloq toʻgʻrisidagi oʻz fiqolarini bildiradi, jamiyatdagi jabr-zulm, adolatsizlik kabi illatlarni qoralaydi.
 
B.ningBedilning ijtimoiy masalalarga oid qarashlarida maʼrifatparvarlik, muruvvat va odamiylik asosiy oʻrinni egʻallaydi. Asarlarining koʻpchiligi 16 jildli "Kulliyot"iga kirgan (Bombay, 1882).
 
Hindiston bilan Turkiston qadimdan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqada boʻlgan. Bu Turkistonda B.Bedil asarlarining tarqalishiga keng yoʻl ochgan, ammo turli ijtimoiy guruh vakillari shoir merosidan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalandilar. B.Bedil asarlaridaTurkiston va Hindiston xalqlari oʻrtasidagi aloqaga doir maʼlumotlar ham koʻplab uchraydi. U "Chor unsur" asari da Jayxun (Amudaryo), Turkiston toʻgʻrisida, Samarqanddan Hindistonga qavmqarindoshlari kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keltiradi.
 
B.Bedil asarlari ayniqsa 19-a.dan Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Ular falsafiy fikrga boyligidan B.Bedil Turkistonda "Abulmaʼoniy" ("Maʼnolar otasi") degan nom olgan. Uning kitoblarini oʻqib beruvchilar "bedilxonlar" deb atalgan. Furqat, Muqimiy, Avaz, Ahmad Donish, Hislat va b.Bedil oʻz ijodida B.ningBedilning ilgʻor fiqolaridan foydalanganlar. Ahmad Donish B.ningBedilning ilgʻor ijtimoiy-falsafiy gʻoyalarini oʻrgangan, ulardan ijtimoiy hayotdagi kamchiliklarga qarshi olib borgan kurashida foydalangan, ilgʻor gʻoyalarni ommalashtirishni oʻz burchi deb bilgan. Furqat B.ningBedilning fan, maʼrifat, xalqlar oʻrtasidagi hamkorlik haqidagi gʻoyasini oʻrgangan, ulardan dunyoviy bilimlarni oʻrganish, xalqni maʼrifatga chor-lash haqidagi asarlarida samarali foydalangan. B.ningBedilning ijtimoiy tuzum haqidagi qarashlari Muqimiy, Asiriy va b.Bedil mutafakkirlarni ham qiziqgirgan. Ular B.Bedil ijodining murakkab uslu-bi va ziddiyatli tomonlari, ilgʻor ji-hatlariga munosib baho berganlar. O'zbekistonda B.Bedil ijodi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar (Gʻ. Gʻulom, I. Moʻminov va b.Bedil) olib borildi.
 
== Manbalar ==