Osiyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 9:
 
 
== Umumiy maʼlumot ==
Osiyo Shimoliy yarim sharning barcha geografik mintaqalarini oʻz ichiga oladi; Malay arxipelagi qisman Janubiy yarim sharga kirib borgan. Osiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari: [[shimol]]da [[Chelyuskin burni]] (77°43’ sh.k.), [[janub]]da [[Piay burni]] (26°10’ shq.u.), [[sharq]]da [[Dejnyov burni]] (169°40’ gʻ.u.) [[gʻarb]]da [[Bobo burni]] (26°10’ shq.u.).
 
Osiyo [[shimol]]dan [[Shimoliy Muz okeani]], [[sharq]]dan [[Tinch okean]], [[janub]]dan [[Hind okeani]], janubiy-gʻarbdan [[Atlantika okeani]] [[dengizlari]] (Oʻrta, Egey, Marmar, Qora, Azov) va [[Kaspiy dengizi]] bilan oʻralgan. [[Bering dengizi]] Osiyoni Amerikadan ajratib turadi.
 
[[Suvaysh]] boʻyni Osiyoni [[Afrika]] bilan tutashtiradi. [[Yevropa]] bilan Osiyo chegarasi shartli ravishda [[Ural]] va [[Mugʻojar]] togʻlarining sharqiy etagidan, [[Emba daryosi]], [[Kaspiy dengizi]], [[Kuma]] va [[Manich]] daryolari boʻylab oʻtadi.
 
Maydoni 43,4 mln. km2 (Kavkaz bilann);
 
shundan 8 mln. km2 yarim orollar (Yamal, Tay-mir, Chukotka, Kamchatka, Koreya, Hindixitoy, Hindiston, Arabiston, Kichik Osiyo), 2 mln. km2 dan ortigʻi orollardir (Severnaya Zemlya, Novaya Sibir, Vrangel, Kuril, Saxalin, Yapon, Rkjyu, Tayvan, Xaynan, Malay arxipelagi, Andaman, Shri Lanka, Kipr).
 
Osiyo dunyoda mutlaq balandliklari katta farq qiladigan qitʼadir. Dunyodagi eng baland choʻqqi (Himolay togʻlaridagi Jomolungma choʻqqisi, 8848 m), eng chuqur botiqlar — koʻl boʻlib qolgan bo-tiqlar ham (eng chuqur joyi 1620 m boʻlgan Baykal koʻli, dengiz satxidan 392 m past boʻlgan Ulik dengiz), ochiq botiklar ham (mutlaq belgisi — 154 m boʻlgan Turfon soyligi) Osiyodadir (7-jild 472-betdagi Osiyo haritasiga q.).
 
==Tabiati==
Orografiyasining asosiy xususiyatlari. Osiyo maydonining 3/4 qismi togʻlar va yassitogʻlardir. Eng baland togʻlar Markaziy va Oʻrta Osiyodadir. Tibet, Tyanshan, Po-mir, Himolay, Hindukush, K°Ra~ qurum va Oʻrta Osiyodagi bir qancha togʻ tizmalarining bal. 7000 m dan oshadi. Kichik O.dagi, Ar-maniston, Eron togʻliklari, Hin-dixitoy ya.o., Yapon o.lari va b. orollardagi togʻlar ham ancha baland. Keng Oʻrta Sibir yassi-togʻligi jan.dan Oltoy, Gʻarbiy va Sharqiy Sayan togʻlari bilan oʻralgan; undan sharkda Baykal-boʻyi va Zabaykalye togʻlari, Stanovoy va Aldan togʻliklari joylashgan. RFning shim.-sharqida Yuqori Yana, Cherskiy tizmalari, Kolima togʻligi, Chukotka va Kamchatka togʻlari bor. Kamchatkada, Sha-rqiy Osiyo orollarida va Malay arxipela-gida soʻnmagan vulkanlar bor.
 
Qator 47:
Qozogʻiston, Sibir, Xitoy, Shim. Koreya, Hindistonda. Hindiston, Zakavkazyeda yirik marganets konlari bor. Xrom rudasi konlari — Krzogʻiston shim.-garbi, Turkiya, Filippin, Eronda. Nikel — Norilskda, mis rudasi — Qozogʻiston (Jezqazgʻan, Qoʻngʻirot va b.), Sibir shim., Yaponiyada; polimetall rudalari — Oʻrta Osiyo (Kr-ramozor, Qoratov va b.), Rudali Oltoy, Yaponiya, Sharqiy Xitoy, Myanma, Vyetnamda. Boksit — Krzogʻiston, Krasnoyarsk oʻlkasi, Hindiston, Myanma, Indoneziyada; fosforit — Qozogʻiston; qalay — Sharqiy Sibir, Uzoq Sharqda. Oltin — Shim.Sharqiy Sibir, Aldan, Lena daryosi bosh tomoni, Amur-boʻyi, Qozogʻistonning shim., Oʻzbekiston, Koreya ya.o., Yaponiyada va h.k. Olmos konlari Yakutiyaning gʻarbiy Femida ishga tushirilgan.
 
== Iqlimi ==
 
Quruqyaik maydonining kengligi, togʻ toʻsiqlari va berk botikdarning koʻpligi, quyosh radiatsiya-si, atmosferadagi harakatlar ikdimning xilma-xil boʻlishiga imkon bergan. Osiyoda barcha iklim zonalari — tundra ikdimi zonasidan ekvatorial va jan. tropik iklim zonalarigacha uchraydi. Osiyo koʻp qismining iklimi kontinental. Atlantika havosi Osiyoga yetganda kontinental havoga aylanadi. Tinch okeanning dengiz havosi Osiyoning sharqiy chekkasiga taʼsir etadi. Shim.dan O.ga Arktika havosi bemalol kirib keladi. O. jan.da tropik va ekvatorial havo massalari hukmron. Yozda suv yuzasiga nisbatan qurukdikning tezroq isishi va qishda kuchliroq sovishi atmosfera harakatlarida mavsumiy oʻzgarishlarga olib keladi. Qurukdikning qishda sovib keti-shi Shim. va Markaziy Osiyoda koʻp oylar davomida ayozli antitsiklon turishiga sabab boʻladi. Eng past t-ra Shim. yarim sharning sovuqlik qutbi joylashgan shim.-sharqdadir (Verxoyansk, Oymyakon), bu yerda ayrim hollarda sovuq —70° ga yetadi, yanv.ning oʻrtacha t-rasi —50° dan ham past. Yezda Gʻarbiy, Oʻrta va Markaziy Osiyoda jazirama va quruq kon-tinental tropik havo tarkib topadi. Yezda butun Osiyo ustida, xususan, jan. qismida bosim past boʻladi. Osiyo depressiyasi (past bosim) markazi Hindiston ya.o.ning gʻarbiy qismidadir. Depressiyaning jan. chetlari boʻylab, Osiyoga yozgi musson kirib kelib, Hindiston ya.o., Himolay jan. va Hindixitoy ya.o.da koʻplab yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi. Sharqiy Osiyo yozda Tinch okean qutb fron-ti taʼsirida turadi. Yozgi musson koʻplab yogin olib keladi. Kuzda sharqiy Osiyo qir-gʻoklari yaqinida qattiq dovul — tropik siklon (tayfun) turib, jala yogʻadi.
Qator 53:
Sibirning koʻpgina qismida yanv.ning oʻrtacha t-rasi —20°, Verxoyanskda —50°, Tinch okeanning Shim. Osiyo qir-gʻoklari yaqinida esa —15°, —5°. Osiyo yanv. izotermasi Samarkand, Nankin va Tokiodan oʻtadi. Tropiklarda qishda t-ra 20°—25°. Iyulda Gʻarbiy Osiyo va Oʻrta Osiyo (oʻrtacha t-ra 30° va undan baland), Taklamakon va Tar choʻllari ayniqsa isib ketadi. 20° izoterma 55—60° sh.k. gacha yetib bo-radi. Shim. Osiyoda doimiy toʻng yer koʻp. Ekvatorial mintakada yiliga 2000 mm, Jan. va Sharqiy Osiyoning dengiz so-hilidagi shamolga roʻpara yon bagʻirlarda 2000 — 3000 mm (baʼzi joylarda 8000-12000 mm) yogʻin yogʻadi. 1861 y. Che-rapunjida 22900 mm yogʻin yoqqan. Shar-qiy Sibirda 350 mm dan kam, Oʻrta, Markaziy va Gʻarbiy Osiyo choʻllarida 150— 200 mm, baʼzi joylarda 100 mm dan kam yogʻin yogʻadi.
 
=== Ichki suvlari ===
Osiyo — azim daryolar oʻlkasi. Ob (Irtish b-n), Yenisey (Angara b-n), Lena (Aldan, Vilyuy b-n), Yana, Indigirka, Kolima Shim. Muz okeaniga, Anadir, Amur (Sungari, Ussuri b-n), Xuanxe, Yanszi, Sits-zyan, Mekong , Menam Tinch okeanga, Saluin, Iravadi, Brahmaputra, Gang , Hind, Shatt ul-Arab Hind okeaniga quyiladi. Osiyoda kichikroq daryolar Azov, Qora, Oʻrtadengizlargaquyiladi. Kura, Amudaryo, Sirdaryo, Ili daryolari Kaspiy, Orol dengizlari va Balxash koʻliga quyiladi. Berk havza daryolarining bir qismi koʻllarga quyiladi, bir qismi qum yoki shoʻrxoklarga singib ketadi yoki butunlay sugʻorishga sarf boʻladi (Tarim, Chuy, Hilmand).
 
Qator 60:
Osiyoning daryo va koʻllari muhim transport yoʻllaridir. Koʻpgina daryolar katta gidroenergiya zaxirasiga ega. RF, Tojikiston, Yaponiya, Koreya va Xitoyda energiyadan, ayniqsa, koʻp foydalaniladi.
 
===Tuproqlari===
Osiyoda Yer sharidagi barcha tuproq tiplari uchraydi. Shim.dan jan.
 
ga tomon issiklikning orta borishi va namlik rejimining oʻzgarishi bilan tuproqlar ham almashina boradi. Osiyoda podzol tuproq ayniqsa koʻp maydonni egallagan. Gʻarbiy, Markaziy va Oʻrta Osiyoda boʻz tuproklar, qoʻngʻir oʻrmon tuproklari eng koʻp maydonni egallagan. Subtropik togʻlarda va moʻʼta-dil mintaqaning jan. qismi, sharqi va garbida togʻ oʻrmon koʻngʻir tuproklari, Tibet togʻligida baland choʻl tuproklari va togʻ oʻtloqi tuproklari asosiy tup-roqtiplaridir. Xitoyning chekka jan.-sharqida Yaponiya, Xindiston, Hindi-xitoy va Indoneziyada kizil tuproklar asosiy oʻrin tutadi. Vodiylar va deltalarda oʻtloq va allyuvial oʻtloqi tuproklar keng maydonni egallagan.
 
== Oʻsimliklari ==
Osiyo ikki fitoge-ografik oblastga — Golarktika oblasti bilan Paleotropik oblastiga kiradi. Paleotropik flora doimiy issiq ikdim sharoitida rivojlangan boʻlib, turlarga nihoyatda boy. Golarktika flo-rasi muz bosishlar, togʻ koʻtarilishlari taʼsiridan ancha kamayib ketgan. Shim.dan janubga tomon iklimning uzgari-shi bilan oʻsimlik tiplari ham oʻzgara bo-radi — bu yerda tundradan tortib Jan. yarim shardagi sernam ekvatorial urmonlar va savannalargacha uchraydi.
 
Chekka shim.da tundra zonasi joylashgan. Tundrada oʻrmon yoʻq. Tundra bugʻular yaylovi (lishaynikli tundra — qishki yaylov, oʻtli va butali tundra —yozgi yaylov) hisoblanadi. Tundradan jan.da oʻrmonli tundra joylashgan; oʻrmonli tundrada tundra bilan birga siyrak pakana yel oʻsadigan oʻrmonli joylar ham uchraydi. Undan jan.da oʻrmonlar zonasi joylashgan; urmonlar zonasi aksari tayga urmonlaridan iborat; mayda bargli va keng bargli oʻrmonlar (sharqda) kamroq maydonni egallagan. Sibirning jan.gʻarbiy hududlarida, Zabaykalye va Mongoli-yaning shim. qismlarida, shuningdek, Xitoyning shim.-sharqida oʻrmonli dasht va dasht oʻsimliklari; Kozogʻis-tonning jan.da, Oʻrta va Markaziy Osiyoda, shuningdek, Gʻarbiy Osiyo togʻliklarida va Arabiston ya.o.da chala choʻl va choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Osiyoning gʻarbiy qismlarida Oʻrta dengiz tipidagi oʻsimliklar uchraydi. Sharqiy Osiyoning subtropiklarida doim yashil va aralash musson oʻrmonlari hamda savannalar tarqalgan, dengiz sohilidagi shamolga roʻpara yon bagʻirlarni doim yashil oʻrmonlar qoplab olgan. Togʻlarda oʻsimliklar balandlik mintaqalarini hosil qilgan, togʻ tundrasi, togʻ taygasi, togʻ oʻrmonlari, togʻ dashtlari va choʻllari, togʻ subtropik va tropik oʻsimliklari uchraydi.
 
==Hayvonot dunyosi==
==Hayvonot dunyosi== Osiyo faunasi materik faunasidan iborat. Endemik hayvonlardan hind fili, ulkan panda, ikki oʻrkachli tuya, Tailand gʻorlarida juda kichik koʻrsichqon-uzuntumshuq, Yaponiyaning jan. sohillari yaqinida changallari uz. 2 m li oʻrgimchak va b. bor. Koʻpgina hayvonlari Yevropa, Shim. Amerika va Afrika hayvonlariga oʻxshaydi. Arabiston ya.o.ning janubi Afrika bilan birgalikda Efiopiya zoo-geofafik oblastiga kiradi. Fil, karkidon, bugʻu, tovuslar ana shu oblastga xos hayvonlardir. Kichik Zond o.lari Avstraliya zoogeografik oblasti tarkibida. Jan. Osiyoning boshka r-n- lari Hindiston-Malay oblastiga kiradi. O.ning qolgan qismi Golarktika oblastining Yevrosiyo qismiga — Palearktikaga mansub. Shim. soxillar, tundra, tayga, dasht, choʻl, togʻ choʻllari, Markaziy Osiyo togʻlari, Uzok, Sharkning keng bargli va subtropik oʻrmonlari, Jan. Osiyo tropik oʻrmonlari zoogeofafik zonalari bor. Keng maydonlarda inson taʼsirida hayvonot dunyosi oʻzgarib, kamayib qolgan (Shar-kiy Xitoy, Hindiston, Yava o., Gʻarbiy Sibirning jan.). Keyingi vaqtda amalga oshirilgan tadbirlar bir qancha noyob hayvonlar (sobol, saygʻoq, los va b.)ni koʻpaytirish va areallarini tiklashga imkon berdi. Oʻrta Osiyoda asosan, choʻl hay-vonlari yashaydi. Bu yerda YUNESKOning „Kizil kitobi“ga yozilgan noyob xayvonlardan kulon, Buxoro bugʻusi — xongul, oq tirnoqli ayiq, menzbir sugʻuri qoʻrikdanadi.
 
Qadim zamonlarda os-suriylar, bobilliklar, hindlar, xitoylar, misrliklar va b. Osiyo geo-grafiyasidan ozmi-koʻpmi tasavvurga ega boʻlganlar. Qad. Misr, Yunoniston —Fors urushlari (mil. av. 477—449), M akedoniyal ik Aleksandr yurishlari (mil.av. 4-a.), Misrning Hindiston bilan dengiz or-qali savdo ^lishi, Xitoy elchisi Chjan Syanning Oʻrta Osiyoda boʻlishi (mil.av. 2-a.), Ipak yoʻlining ochilishi, rimliklarning harbiy yurishlari natijasida Osiyo toʻfisida maʼlumotlar toʻplandi. Oʻrta asrlarda Osiyo haqida oʻrta-osiyoliklar va arablar (Masʼudiy, Idrisiy, Beruniy, Mahmud Koshgʻariy, Muhammad Xo-razmiy, Ibn Bat-tuta va b.), xitoylar (Syuan-Szan va b.), yevropaliklar (salib yurishlari, Karpini, Rubruk) anchagina maʼlumotlar ber-dilar. Xususan, 10-a. oxirida yozilgan „Xudud ul olam“ asarida Osiyo geografiyasi oʻsha zamonga nisbatan ancha toʻgʻri bayon etilgan. 13-a. oxirida venetsiyalik Marko Polo Markaziy Osiyoni kesib oʻtdi va oʻz safarlari haqida asar yezdi. Shim. Muz okeanining Osiyo sohilini ruslar oʻrgandi. 1441—44 y.larda Abdurazzoq Samarqandiy Hirot sh.dan Eron orqali Hindistonga sa-far qilgan va koʻrganlarini yozib qoldirgan. Rus savdogari Afanasiy Nikitin ham 1466—72 y.larda Erondan oʻtib, Hindistonga bordi. Portugallar dengiz orqali Hindistonga (1498, Vas-ko da Gama), Yaponiyaga (1542) bordilar, 1520 y. Makaoda oʻrnashib qoldilar. 1521 y. Magellan Filippin o.lariga yetib bordi. Zahiriddin Boburning „Boburnoma“ asarida hoz. Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Hindiston geografiyasi batafsil va qiziqarli tasvirlangan. 1581—82 y.larda Yermak Sibirga yurish qildi. 1639 y. I. Moskvitin Oxota dengiziga, 1643 y. V. Poyarkov Amur daryosiga yetib bordi. 1649—52 y.larda Ye. Xabarov Amur boʻylab sayohat qildi. 1697—99 y.larda V. Atlasov Kamchatkani tadqiq qildi. 17-a.ning 2-yarmida P. I. Godunov va S. U. Remezov Sibirning dastlabki haritalarini tuzdilar. 1768—74 y.larda Rossiya akademik ekspeditsiyasi Shim. Osiyo va Kavkazni oʻrgandi. Eversman (1820—25) va G. S. Karelin (1832—42) Oʻrta Osiyo tekisliklarini, A. F. Middendorf (1877—78) Fargʻona vodiysini oʻrgandi. 1848—63 y.larda A. I. Butakov Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryo haqida asar yozdi. 19-a. oʻrtalaridan turli ilmiy tashkilotlar va harbiy muassasalarda tadqiqot ishlari rivojlana boshladi. Osiyoning ayrim oʻlkalari haqida davriy nashrlar va monografiyalar soni koʻpaydi. Rossiya Geogr. jamiyati to-monidan Sibir, Uzoq Sharq, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Oʻrta Osiyoga koʻplab ekspeditsiyalar uyushtirildi va bu oʻlkalar tabiati ancha mukammal 19-a. oxiri va 20-a. I. V. Mushketov, L.S.Bergning Oʻrta Osiyo, V. A. Obruchevning Sibir, V. L. Komarovning Kamchatka, A. N. Krasnov va A. I. Voyeykovning Sharqiy va Jan. Osiyoga doir tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega.
Qator 75 ⟶ 77:
20-a.da tadqiqotlar natijasida Osiyoda bir qancha muhim kashfiyotlar qilindi. Osiyoning Arktika kismi tabiati mukammal oʻrganildi (Arktikada bir qancha orollar kashf etildi, Shim.-Sharkiy Sibir, Pomirning orografik sxema-si yangidan tuzildi va h.k.).
 
==Aholisi==
Osiyoda 3720 mln. aholi yashaydi (2001), bu Yer shari aholisining 60,6 %ni tashkil etadi.
 
===Antropologik tarkibi===
===Antropologik tarkibi=== Gʻarbiy Osiyo, Jan., Sharqiy va Jan.-Sharqiy Osiyoning asosiy qismlarida insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq odamlar yashagan, kuyi paleolit davrida Jan.-Gʻarbiy Oda ehtimol, hoz. tipdagi odam (Homo Sapiens) tarkib topgan. Osiyoning katta qismida odamlar yuqori paleolit va mezolit davridan yashay boshlagan. Osiyodan odamlar Amerika, Avstraliya, Okeaniyaga oʻtgan. Osiyoda yevropoid, mongoloid, avstroloid irklari kelib chiqqan. Aholining koʻp qismi 55,4 % mongoloid irkining turli guruxlariga kiradi. Gʻarbiy Osiyo, Shim. Hindiston, Oʻrta Osiyo xalklari (tojiklar) yevropoid irqiga mansub. Bir kancha kam sonli xalkdar avstroloid irqi vakillaridir. Gʻarbiy Sibir past-tekisligi, Jan. Ural, Oltoy, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Shim. Hindistondagi bir qancha xalklar (30 mln.ga yaqin) yevropoid-mongoloid aralash irkiga mansub.
 
Osiyo aholisining etnik tarkibi nihoyatda xilma-xil. Bu yerda koʻplab til oilalari va guruxlariga mansub bir necha yuz xalq yashaydi.
Qator 83 ⟶ 87:
Aholisining joylashishi. Osiyoda aholi notekis joylashgan. 1 km2 da aholining oʻrtacha zichligi 87 kishi. Yaponiya (1 km2 da 336 kishi), Livan (430 kishi), Koreya Respublikasi (493 kishi), Shri Lanka (295 kishi), Hindistonda (314 kishi) aholi zich. Jan. va Markaziy Xitoydagi sohillar va yirik daryolarning vodiylari, Yaponiyaning jan. qismida, Gang daryosi boʻyida va Brahmaputra etaklarida, Hindiston ya.o.ning sharqiy sohili, Mekong daryosi vodiysi, Yava o.da 1 km2 ga 1000—1500 kishi, baʼzi joylarda undan ham koʻp kishi toʻgʻri keladi. Shu bilan bir qatorda Markaziy Osiyo, Shim. va Gʻarbiy Osiyoning koʻp joylarida aholi juda siyrak. Choʻllarda (Rub ul-Holiy, Dashti Kabir, Taklamakon, Gobi) va Tibet, Himolay, Hindukush togʻlarining baland joylarida aholi deyarli yashamaydi.
 
===Demografik tarkibi===
===Demografik tarkibi=== 2000— 01 y.larda har 1000 kishi hisobidan tugʻilish 22, oʻlim 8, tabiiy oʻsish 14 nafarni tashkil qildi. Yevropada esa tabiiy koʻpayish —1 ga, Afrikada +24 ga, Amerikada +13 ga, Okeaniyada +11 ga, butun dunyo boʻyicha esa +13 ga teng . Osiyoda oʻrtacha umr uzunligi erkaklarniki 65 va ayollarniki 68 yosh. Lekin bolalar orasida oʻlim ancha yuqori: har 1000 ta bolaga 55 ta toʻgʻri keladi (qiyoslash uchun: Afrikada 88 ta, Amerikada 25 ta, Okeaniyada 28 ta, Yevropada 9 ta). Osiyoda 15 yoshgacha boʻlgan bolalar butun aholining 30 %ni, Yevropada 18 %ni, Amerikada 28 %ni, Afrikada 43 %ni tashkil etadi. 64 yoshdan katta kishilar Osiyoda 6 % boʻlgani holda Yevropada 15 %, Amerikada 8 %, Afrikada 3 %, Okeaniyada 10 %dir.
 
==Siyosiy bulinishi==
==Siyosiy bulinishi== Ilk sivilizatsiya markazlari qadimda Osiyoda yuzaga kelgan. Bu yerda asrlar davomida buyuk davlatlar (Bobil, Shumer, Ossuriya, Harap-pa, Urartu va b.) hamda saltanatlar (Boburiylar, Usmonlilar) yuzaga kelgan va parchalanib ketgan. 19-a.larda Osiyo hududidagi bir qancha mamlakatlar yev-ropaliklarning mustamlakalari boʻlgan. Osiyo siyosiy haritasida 20-asrda juda katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Milliy ozodlik kurashi oqibatida Mongoliya (1921), Vyetnam (1945), Koreya (1948), shuningdek, Britaniyaning sobiq mustamlakalari mustaqillikka erishdi (Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Shri Lanka, Iordaniya, Maldiv o.lari, Malayziya, Singapur, Yaman, Indoneziya, Suriya, Livan, Laos, Kambodja). Falastinning bir qismida Isroil davlati va Falastin muxtoriyati paydo boʻldi. 1971 y. Abudabi, Dubay, Sharja, AlFujayra, Umm al-Kayvayn, Ajman amirliklarining birlashuvidan BAA davlati tuzildi. 1991 y.da Rossiya imperiyasining parchalanib ketishi oqibatida Oʻrta Osiyoda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻiston Respublikalari mustaqillikka erishdi. Osiyo hududining 1/4 qismidan koʻprogʻi, uning shim. qismi RF tarkibida. 2000 y.da Sharqiy Timor davlati tashkil topdi.