Osiyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MrErgashev (munozara | hissa)
Qator 27:
Osiyo maydonining 1/4 qismi tekisliklardan iborat. Eng yirik tekisliklari: Gʻarbiy Sibir, Turon, Buyuk Xi-toy, Hind-Gang , Mesopotamiya. Togʻlar orasidagi balandroq tekisliklar — Qashqar, Jungʻoriya, Gobi, Saydam va Fargʻona vodiylari.
 
===Relyefi===
===Relyefi=== Togʻlar va tekisliklarning asosiy xususiyatlari mezozoy va alp togʻ burmalanishlarida tarkib topgan. Neogen va antropogen davrlardagi vertikal harakatlar Markaziy Osiyoda, ayniqsa, kuchli boʻlgan (Pomir, Tibet, Himolay togʻlari 4000 m dan koʻproq koʻtarilgan, materikning sharqiy chek-kasi 700 m gacha choʻkkan). Kopetdogʻ, Fa-rgʻona tizmalari, Tyanshan, Hisor-Olay togʻlari ham anchagina koʻtarilgan. Eroziya taʼsirida koʻpgina qad. yassitogʻliklar juda oʻydimqir togʻli oʻlkalarga aylanib qolgan. Oʻrta va Markaziy Osiyoda keng maydonlar lyoss bilan qoplangan.
 
Antropogen davrida shim.-gʻarbiy Osiyoning 60° sh.k.dan shim. qismini yoppasiga bir necha bor muzlik bosgan va qaytgan. Oʻsha zamonlarda togʻlarni muz qoplagan. Qoraqurum, Pomir, Tyanshan, Hindukush, Himolay togʻlarida hozir ham muzliklar bor. 47° sh.k.gacha zamin qishin-yozin muzlab yotadi. Osiyo relyefining tarkib topishida vulkan hodisalari katta rol oʻynagan. Hindiston ya.o. va Oʻrta Sibir qad. vulkan jinslari (trapplar) yer yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy Osiyodagi qator orollarda, Kamchatka ya.o., Filippin, Katta va Kichik Zond o.larida yosh vulkan relyefi shakllari va zamonaviy vulkanizm hodisalari uchraydi.