Toshkent tarixi — versiyalar orasidagi farq

 
=== Toshkent Shayboniylar davlati tarkibida ===
[[Toshkent]] [[1503-yil]]da [[Shayboniyxon]] va Koʻchkunchixon tasarrufiga oʻtdi. 16-asrda Toshkent yana obodonlashib, [[Turkiston]]ning hunarmandlik, savdo-sotiq va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Shahar yangi devor bilan oʻraldi. Meʼmorlik obidalari qad koʻtardi, ularning ayrimlari (Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, Koʻkaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi) bizning davrimizgacha yetib kelgan. Hunarmandlikning taraqqiyoti savdo-sotiq aloqalarining kengayishiga olib keldi. [[1558-yil]]da Toshkent qirgʻiz-qaysoqlar qamaliga bardosh berdi. 16-asrning 2-yarmida Qozon va Astraxon xonliklarining Rus davlatiga boʻysundirilishi natijasida Toshkent bilan [[Moskva]] oʻrtasida savdo aloqasi rivojlandi, har ikki tomon bir-biriga elchilar yubordi.
 
=== Toshkent Buxoro xonligi tarkibida ===