Adam Smith: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 32:
 
== Hayoti va ijodi ==
Adam Smith 1723-yil iyun oyida tugʻilgan (aniq tugʻilgan kuni aniq emas) va 5-iyun Kerkkoldi shahrining Fayf okrugida choʻqintirilgan,uning otasi bojxona hodimi boʻlib ishlagan.Adamning otasi uning tugʻilishiga 6 oy qolganda olamdan oʻtgan.4 yoshligida siganlar tomonidan oʻgʻirlanib ketilgan,lekin tezda togʻasi uni qidirib topib, onasiga qaytarib olib kelgan.Tahminlarga koʻra, Adam oilada yagona farzand boʻlgan, uning akalari yoki opalari haqida hech qanday yozma manbalar topilmagan.
Adam Smith 14 yoshida [[Glazgo Universiteti]]ga oʻqishga kirgan, Frensis Xatchenova rahbarligi ostida ikki yil falsafa faninining etik asoslarini oʻrganadi. 1746-yilda Oksforddagi Beylliol – Kollege ga oʻqishga kirgan va 1746 - yilda oʻqishni tamomlagan. Lord Keyms koʻmaqi bilan Adam Smith 1748-yilda Edinburgda ma'ruza oʻqishni boshlagan.Uning ma'ruzalari [[ritorika]], xat yozish san’atiga bagʻishlangan va keyinchalik “boylikka erishish” fani boʻyicha ham ma'ruzalar oʻqigan. Aynan ana shu fanda birinchi marta “tabiiy erkinlikning oson va yorqin ifodasi” iqtisodiy falsafasi mazmunini ochib bergan,bu esa oʻz navbatida uning taniqli asari “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari”da oʻz aksini topgan.
1750-yillarda Adam Smith oʻzidan oʻn yosh katta boʻlgan [[David Hume]] bilan tanishadi.Ular qarashlarining oʻhshashligi ularning qoʻyidagi fanlarda birga olib borgan izlanishlarida oʻz aksini topgan: [[tarix]], [[siyosat]], falsafa, iqtisodiyot va [[din]]. Bu shuni koʻrsatadiki ular birga intellektual alyans tashkil etishgan, bu esa Shotlandiyaning uygʻonish bosqichida muhim rol tutgan.
 
1751-yilda Adam Smithga [[mantiq]] fani boʻyicha Glazgo Universitetida [[professor]]lik unvoni berilgan. Smith etika, ritorika, huquqshunoslik va siyosiy iqtisodiyot boʻyicha ma`ruzalar oʻqigan.1759 - yilda A.Smit ma`ruzalar toʻplamidan iborat maqolani chop etgan.A.Smit oʻzining bu maqolasida etik hulq qoliblari toʻgʻrisida gapirib oʻtgan va uni aholini muqobil holatda ushlab turuvchi qurol sifatida ko’rsatib oʻtgan.
 
Adam Smit 1776-yilda chop etilgan [[“Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari”]] kitobi tufayli dunyoga tanilgan.
 
Adam Smit 1776-yilda Londonga kelgach, bu erda oʻz “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari” asarini chop etgan. Bu asarda Iqtisodiy erkinlikning oqibatlari toʻgʻrisida izchil koʻrsatmalar berilgan.Shu bilan birga u bu asarda laissez – faire, egoizmning roli,mehnat taqsimoti, bozor funksiyalari va erkin iqtisodiyotning halqora tushunchasi toʻgʻrisada ham muhokamalar olib borgan. Aholi daromadlari iqtisodiyotni fan sifatida namoyon etdi va erkin tadbirkorlik nazariyasiga asos soldi.
Smit shunday intelektual sistemani koʻrsatdiki,bu sistema erkin bozorning ishlash mexanizmini ochib berdi va hozirgi kunga qadar bu mexanizm iqtisodiy bilimlarning asoslaridan biri hisoblanadi. Smitning eng taniqli aforizmi – bu [[bozorning koʻrinmas qoʻli]] – u bu tushunchani egoismni tushunturish, resurslar taqsimotining samarali richagi sifatida koʻrsatadi.
 
1778-yilda Adam Smit Edinburg, Shotlandiya bojxona boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan. Adam Smit shu erda uzoq davom etgan kasalligi tufayli 17- iyul 1790 - yilda vafot etgan.
 
== Havolalar ==