Muhammad Fuzuliy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Fuzuliy Muhammad Sulaymon''' (1498 Karbalo sh., Iroq 1556) — ozarbayjon shoiri va mutafakkiri. Ozarbayjon, fors va arab tillarida ijod qilgan. Otasi Bayet kabilasidan boʻlib, 15-a. oxirlarida Ozarbayjondan Bagʻdodga koʻchib borgan. Bagʻdod madrasalarida tahsil olib, oʻzi ham mudarrislik qilgan. Uzoq vaqt Bagʻdodda yashagan. Ozarbayjon hukmdori shoh Ismoil 1 Safaviy va Turkiya sultoni Sulaymon 1 Qonuniy shoirni moddiy jihatdan bir oz taʼminlab turganlar. Lekin uning turmushi koʻp vaqt qiyinchilikda va kambagʻalchilikda oʻtgan. Iroqning Bagʻdod, Hilla, Najaf kabi shaharlarida bir qancha muddat yashagan F.Fuzuliy ona shahri Karbaloga qaytib, shu yerda vabo kasalidan vafot etgan.
 
F.Fuzuliy boy adabiy anʼanaga ega boʻlgan forsiy va turkiy adabiyotning Xoqoniy Shirvoniy, Mujrim Baylagani, Nizomiy Ganjaviy, Saʼdiy Sheroziy, Salmon Sovajiy, Hofiz Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy ijodini mehr bilan oʻqiboʻrganib, ularning mahorat sirlaridan bahramand boʻlgan. Shoir ijodiga, ayniqsa, Lutfiy bilan Navoiy kuchli taʼsir koʻrsatgan.
 
F.Fuzuliy devon tuzib, uni "Muhabbatnoma", "Farzandi dilband" deb taʼriflagan. Shoir ishqiy lirikasida insonning maʼnaviy olami, joʻshqin histuygʻular tugʻyoni, olijanoblik bilan jaholat, ochkoʻzlik oʻrtasidagi kurash, insonga samimiy, yuksak muhabbat bilan bogʻliq botiniy kechinmalar aks ettirilgan. F.Fuzuliy poetik meʼrosining asosiy qismini gʻazal va qasidalar tashkil etadi. Lutfiyning (16-a.) yozishicha, gʻazaliyotda F.ning "Navoiyga oʻxshash gʻaroyib bir yoqimli yoʻli va ajoyib bir uslubi bor" boʻlgan. Sheʼrlarida lirik qahramonoshiqning ruhiy kechinmalarini, qalb sirlarini butun ichki qaramaqarshiliklari bilan mumkin qadar teran tasvirlashga erishgan. Bunda oshiq oʻz mahbubi yoʻlida har qanday azobuqubatlarni yenguvchi, komil inson sifatida namoyon boʻladi.
 
F.Fuzuliy ijodining choʻqqisi "Layli va Majnun" dostoni (1536—37)dir. Asar lirikepik xarakterda boʻlib, Sharqda mashhur boʻlgan anʼanaviy syujet va obrazlar asosida yaratilgan va turkiyzabon xalkdar oʻrtasida keng tarqalgan. Saʼdiyning "Guliston" va "Boʻston", Hofizning "Devon", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Navoiyning "Chor devon" kitoblari qatorida, F.Fuzuliy asarlari ham madrasalarning oʻquv dasturiga kiritilgan. F.ningFuzuliyning "Matlaʼ uleʼtiqod" falsafiy risolasi, "Hadiqat ussuado", ("Baxtiyorlar bogʻi"), "Suhbat ulasmor" ("Mevalar munozarasi"), "Shikoyatnoma", "Bangu boda" ("Bang va boda"), "Anisulqalb", ("Qalb doʻsti") "Yetti jom" yoki "Soqiynoma", "Rindu Zohid", "Sihhat va Maraz" ("Sogʻlik va bemorlik") kabi nazmiynasriy, falsafiydidaktik asarlari ozarbayjon adabiyotining eng nodir durdonalari hisoblanadi. Badiiy yuksak asarlari bilan ozarbayjon adabiyotini yangi bosqichga koʻtargan F. sheʼrlarining asosiy mavzusi ham, harakatlantiruvchi kuchi ham, bu sheʼrlarni ichdan nurlantirib turgan quvvat manbai ham ishq. Mutasavvif shoir sifatida ilohiy muhabbatni ulugʻlagan, dunyoga berilishni qoralagan. Insonni kamolotga olib boradigan fazilatlarni tarannum etib, uni tubanlashtiradigan illatlarni tanqid qilgan.
 
F.Fuzuliy oʻzidan keyingi barcha turkiyzabon shoirlar, jumladan, oʻzbek shoirlariga ham kuchli taʼsir koʻrsatgan. F.Fuzuliy taʼsirida, unga ergashib sheʼrlar bitish, shoir gʻazallariga naziratatabbuʼlar yozish, muxammaslar bogʻlash deyarli barcha shoirlar ijodida uchraydi. F.ning ozarbayjoncha devoni oʻzbek xalqi orasida 18— 19-a.
 
lardayoq keng tarqalgan va bir necha bor oʻzbek tilida nashr qilingan. Gʻazal, murabbaʼ va muxammaslari kuyga solinib, asrlar davomida xonandalar tomonidan kuylanib kelmokda ("Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor oʻlandan soʻr..." va b.). Atoqli ozarbayjon bastakori Uzayr Hojibekov 1908 y. "Layli va Majnun" dostoni asosida birinchi ozarbayjon operasini yaratgan. 1958— 61 y.larda Hamid Arasli tahririda F. asarlarining toʻla ilmiytanqidiy nashri yaratildi. Devonining 1581 y. koʻchirilgan nusxalaridan biri Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saklanadi.