Mehnat shuhrati ordeni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k ishoratlar -> havolalar, kategoriya -> turkum
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''"Mehnat shuhrati" ordeni''' — [[Oʻzbekiston Respublikasi]]ning 1995 y. 30 avg . Qonuni bilan taʼsis etilgan. Bu orden bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saklanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. Orden 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Orden markaz qismidan nurlar taralib turgan yashil dafna novdalari bilan oʻralgan boʻrtma notoʻtri ellips shaklidadir.
[[Oʻzbekiston Respublikasi|Oʻzbekiston]] ordeni
 
I va II darajali "Soglom avlod uchun" ordeni — Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 7 may Qonuni bilan taʼsis etilgan. Bu orden bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sogʻlom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni taʼminlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadilar. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan kishilar ham mukofotlanishlari mumkin. I darajali orden yuqori darajali hisoblanadi. Mukofotlash, qoida tariqasida, quyidagi tartibda: avval II darajali, oradan kamida 3 yil oʻtgandan keyin I darajali orden bilan taqdirlash tarzida amalga oshiriladi. I darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni oltin suvi yugurtirilgan 925 probali qumushdan tayyorlanib, 34 mm diametrdagi toʻgʻri doira shakliga ega. II darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni 925 probali kumushdan tayyorlanadi.
 
I va II darajali "Shonsharaf" ordeni — Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avg . Qonuni bilan taʼsis etilgan. Bu orden bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda fidoyilik va mardlik uchun, Oʻzbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquqtartibotni taʼminlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. "Shonsharaf" ordeni 2 darajadan iborat: I darajali "Shonsharaf" ordeni; II darajali "Shonsharaf" ordeni. Ordenning oliy darajasi I darajadir. Mukofotlash, qoida tariqasida, kamida 3 yil oralatib: II darajali va I darajali navbatida amalga oshiriladi. I darajali "Shonsharaf" ordeni 0,25 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi. II darajali "Shonsharaf" ordeni 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Har ikkala darajali ordenning asosi xiyol boʻrtma shakldagi 8 qirrali yulduz koʻrinishida boʻlib, uning markazidan uchi tugal nurlar taralib turadi.
 
== Nomaʼlum ==