Xuroson (tarixiy viloyat): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Yangi
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Maʼnolari|Xuroson}}
[[Fayl:IranKhorasan.png|right|200px|Xuroson]]
'''Xuroson''' (fors. — kun chiqish, sharq) — Eronning shim.sharqiy qismidagi tarixiy viloyat. Parfiya podsholiginint markazi (mil. av. 250 — mil. 224). X. nomi sosoniylar davridan maʼlum. X. 3-a.dan 18-a. oʻrtalarigacha hoz. Eronning shim.sharqiy qismi, Marv vohasi, hoz. Turkmanistonning jan. qismi va Afgʻonistonning shim. va shim.gʻarbini oʻz ichiga olgan. Mashhad, Nishopur, Marv, Balx, Hirot, Tuye, Saraxs, Obivard, Niso, Sabzavor X.ning muhim shaharlari boʻlgan. 7-a. oʻrtalarida uni arablar egallagan. Arab xalifaligi tanazzulga uchragach, X. Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Hulokuiylar, Kurtlar davlati tarkibiga kirgan (9 — 14-a.lar). 8-a.dan 13-a.ning 20-y.larigacha X. Yaqin va Oʻrta Sharqda iqgisodiy jihatdan eng rivojlangan oʻlkalardan biri boʻlgan. U qoʻshni davlatlarga q.x. mahsulotlari, mevalar, ipak, jun, moʻyna chiqargan. Shuningdek, X.da kumush, qoʻrgʻoshin, mis va temir rudalari, oltin, oltingugurt, toʻtiyo, margimush, marmar, malaxit va b. qazib chiqarilgan, toʻqimachilik avj olgan. 1220 va 1223 y.larda X.ga moʻgʻullar hujum qilib, vayron etgan; aholisining koʻpchiligi qirib tashlangan. Shundan keyin X. avvalgi mavqeiga chiqa olmagan. 14-a. oxirida Amir Temur X.ni oʻz davlatiga qoʻshib olgan, keyinchalik Shayboniylar, 1510 —1736 y.lar Safaviylar davlatlariga tobe boʻlgan. Keyinchalik X.ning bir qismi (Hirot viloyati va Balx) Afgonistonga, bir qismi Eronga qoʻshilgan.